Xalqaro huquq
Download 3.36 Mb.
|
Xalqaralıq huqıq, 2018
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lukash uk 1.1., Saidov A. X. Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asosiari. Darslik. -T.: Adolai, 2006. - B.314.
- Qurolsizlanish va qurollarni cheklash
Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT) doirasida umumiy xavfsizlik muammolari bo'yicha ish olib borish bilan birga (qurol-aslahalarni nazorat qilish bo'yicha muzokaralar o'tkazish, qurolsizlanish va xavfsizlikka bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, nizolar kelib chiqish xavfini kamaytirish va boshqalar). mahalliy va mintaqaviy mojarolarni tartibga solish va oldini olish bo‘yicha ham ma’lum ishlar qilinmoqda. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashining (YXHK) 1992-yil 9-10-iyulda bo'lib o'tgan Xelsinkidagi YXHKga a’zo davlatlar davlat va hukumat boshliqlarining uchrashuvida YXHK doirasida tanglikdan chiqarish tizimini yaratish, jumladan, tinchlikni saqlash uchun operatsiyalar o'tkazish uchun bir qancha qarorlar qabul qilingan edi.
Tang vaziyatlami tartibga solishning birinchi bosqichida faktlami o'rganish bo‘yicha missiya, maxsus ma’ruzachilar missiyasi va nizolarni tinch yo!l bilan hal qilishning yangi mexanizmidan foydalanish belgilab olindi. Mojarolar kuchayib ketganda tinchlikni saqlash bo'yicha operatsiyalar o'tkazish haqida qaror qabul qilinishi mumkin. Bunday qaror Vazirlar Kengashining yig'ilishida yoki uning agenti sifatida harakat qiladigan Rahbariy kengashda qabul qilinadj. Operatsiyani o'tkazishda manfaatdor tomonlaming roziligi kerak bo'ladi. Operatsiya harbiy kuzatuvchilar guruhi yoki tinchlikni saqlash uchun kuchlar toborishni nazarda tutadi. Bu operatsiyada ishtirok etuvchi shaxsiy tarkibni YXHTga a’zo davlatlar taqdim etadi. Operatsiyalar ikki davlat o'rtasida chiqqan nizolarda ham, bir davlatning ichki nizolarida ham amalga oshirilishi mumkin. Bu operatsiyalaming asosiy vazifasi - o‘t ochishni tugatishni nazorat qilish, qo'shinlarning olib chiqib ketilishini kuzatish, qonuniylik va tartibni saqlashga yordam berish, gumanitar yordamlar berish va boshqalar. Bu operatsiyalar majburlov harakatlarini nazarda tutmaydi va beg‘araz amalga oshiriladi. Rahbariy kengash tinchlikni saqlash bo'yicha operatsiyalar ustidan umumiy siyosiy nazoratni olib boradi va rahbarlik qiladi. MDH singari YXHT ham operatsiyalami BMTning rolini hisobga olgan holda olib boradi. Jumladan, Xelsinki qarorlarida YXHK raisi YXHKning operatsiyalari haqida BMT Xavfsizlik Kengashini to‘liq axborot bilan ta’minlaydi, deyilgan. Tinchlikni saqlash bo'yicha operatsiyalar o‘tkazishda YXHT mavjud tashki 1 otlar - EI, NATO, MDH, G‘EI kabilarning tajribasi va resurslaridan foydalanishi mumkin. Har bir holatda YXHT bunday tashkilotlaming yordamidan foydalanish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 1994-yilgi davlat va hukumat boshliqlarining Budapesht sammitida Xavfsizlikning harbiy-siyosiy jihatlari bo‘yicha axloq Kodeksi qabul qilindi va u 1995-yilning 1-yanvaridan kuchga kirdi. Bu hujjatda asosiy e’tibor YXHT mintaqasi va undan tashqarida xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash asosida milliy xavfsizlikni ta’minlashga qaratildi. Unda xavfsizlik bir butun ekanligi, har bir ishtirokchi davlatning xavfsizligi boshqa ishtirokchi-davlatlaming xavfsizligi bilan chambarchas bog'liqligi qayd qilindi. Davlatlar o‘z xavfsizliklarini boshqa davlatlaining xavfsizliklari hisobiga mustahkamlamasdan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish majburiyatini oldilar.1 Bu yo‘nalishda YXHT o‘mi alohida ekanligi qayd etib o‘tildi. Hujjatda xavfsizlikni ta’ininiashning birgalikdagi va milliy choralarining quyidagi yo‘nalishlari: qurolsizlanish, terrorizmga qarshi kurash, individual va kollektiv o‘zini o‘zi mudofaa qilish huquqi, ishonchni mustahkamlash, sog'lom iqtisodiy va ekologik muhitni yaratish kabilar ko‘rsatib o‘tilgan. YXHT doirasida kuzatuvchilar guruhi Dnestrbo'yi, Tog'li Qorabog', Checheniston, Abxaziya va Gurjistonda, tinchlikni saqlash kuchlari Albaniyada tinchlikni saqlash operatsiyalarini o‘tkazdi. Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlab turishga da’vogar yana bir tashkilot bu Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti (NATO) dir. Bu tashkilot 1949-yiining 4-aprelida tashkil topgan bo'lib, davlatlararo Shimoliy Atlantika shartnomasi hisoblanadi va shu yilning 24-avgustidan kuchga kirgan. Shimoliy Atlantika shartnomasini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, uning matni BMT Ustavi qoidalari asosida tuzilgan bo‘lib, shartnomadagi atamaiar BMT Ustavidagi atamalarga o'xshashdir. NATOning maqsadi tinchlik va xavfsizlikni saqlash va kollektiv mudofaani tashkil qilish uchun ’ Lukash uk 1.1., Saidov A. X. Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asosiari. Darslik. -T.: Adolai, 2006. - B.314. uning a’zolari kuchlarini birlashtirish hisoblanadi. Ularning o‘zaro yordam ko!rsatish va qurolli kuchlarni qo'llash bo'yicha majburiyati Shartnoma asosida o’rnatiladi. Bu tashkilotning Yevropadagi yoki Shimoliy Amerikadagi bir yoki bir necha a’zolariga uyushtirilgan qurolli hujum shartnomaga a’zo barcha davlatlarga qarshi qaratilgan hujum deb hisoblanadi (shartnomaning 5-moddasi). Bunda ular BMT Ustavining 51- moddasiga asosan individual yoki kollektiv mudofaani amalga oshirish huquqidan foydalanib harakat qiladilar. Shimoliy Atlantika shartnomasi ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari BMT Ustavidagi huquq va majburiyatlariga zid emas yoki Xavfsizlik Kengashining xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlashdagi bosh mas’uliyatiga zarar keltirmaydi. Shartnoma ishtirokchilari xalqaro munosabatlarda BMT maqsadlariga to‘g‘ri kelmaydigan tarzda kuch ishlatish yoki kuch hilan tahdid qilishdan o'zini tiyib turish majburiyatini olganlar, barcha nizolami tinch vositalar bi Ian hal qilish, xalqaro munosabatlarning tinch va do'stona rivojlanishiga yordamlashishga kelishib olishadi. Shimoliy Atlantika shartnomasi o‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun murakkab siyosiy va harbiy tuzihnani yaratgan. NATOning oliy organi Shimoliy Atlantika Kengashi (SHAK) hisoblanadi, u turli darajada: davlat va hukumat boshliqlari, tashqi ishlar vazirlari, doimiy vakil qilingan eichilar darajasida amal qiladi. So'nggi holatda u Doimiy kengash sifatida ish ko’radi. Kengash doirasida tashqi aloqalar masalaiari bo'yicha keng siyosiy maslahatlar olib boriladi, xavfsizlikni ta’minlash, harbiy hamkorlik. xalqaro tinchlikni saqlash masalaiari ko‘rib chiqiladi. Qarorlar bir ovozdan qabul qilinadi. Doimiy ishchi organ - Kotibiyat tuzilgan ЬоЧІЬ, u NATO Bosh kotibi boshchiligida faoliyat yuritadi. Siyosiy va ijtimoiy sohalarda NATOga a’zo mamlakatiarning hamkorligini tashkil etish uchun Siyosiy va Iqtisodiy qo'mitalar tuzilgan. Shimoliy Atlantika shartnomasi Tashkiloti bilan NATOga a’zo bo‘lmagan davlatlar o'rtasidagi hamkorlikni ta’minlash uchun 1991-yili “Tinchlik yo‘lida hamkorlik” (TYH) dasturi va bu dasturga rahbarlikni amalga oshirishga qaratilgan Shimoliy Atlantika Hamkorligi Kengashi (SHAHK.) tuzilgan edi. 1993-yildan boshlab 0‘zbekiston Respublikasi NATO bilan “Tinchlik yo'lida hamkorlik” dasturi doirasida hamkorlikni amalga oshirib kelmoqda. Bryusselda (Belgiya) NATOning qarorgohida 0‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolarxonasi faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirgi vaqtda NATOda bo'lgan o‘zgarishlar tufayli TYH dasturida ham yangi o'zgarishlar boTdi. Bu NATOga a’zo va a’zo bo‘Imagan davlatlar bilan mudofaa va harbiy sohada hamkorlikning yanada faolroq bo‘lishini ta’minlaydi, buni biz Deyton bitimini (IFOR) bajarishni ta’minlash bo’yicha tashkil qilingan kuchlar hamda Bosniya va Gersegovinadagi vaziyatni barqarorlashtirish bo'yicha tashkil qilingan kuchlar (SFOR) misolida ko‘rishimiz mumkin. Bu doirada NATOga a’zo va a’zo bo’lmagan davlatlar ishtirokida inqirozlarning oldini olish uchun operatsiyaiar o‘tkazishda ko‘p millatli operativ kuchlar (KOK) va hamkorlarning shtab unsurlarini (HSHU) tuzish nazarda tutilgan. 1997-yilning 30-mayida NATO Kengashi sessiyasida 44 ta davlatni o‘z ichiga olgan Yevro-Atlantika Hamkorlik Kengashi (YAHK) tuzildi, unga NATOga a’zo davlatlardan 16tasi, sobiq Ittifoq respublikalarining barchasi, sobiq Varshava shartnomasi ishtirokchilarining barchasi, shuqingdek Avstriya, Finlyandiya, Shveysiya va Shveysariya davlatlari kirdi. БАНК maqsadi tinchlikni saqlash uchun operatsiyaiar o'tkazish, inqirozlarning oldini olish, xavfsizlik siyosati va boshqa ko'plab o'xshash masalalami hal etish bo‘yicha ko‘p tomonlama maslahatlashuvlar o'tkazish hisoblanadi. Qurolsizlanish va qurollarni cheklash Download 3.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling