Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet138/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Qurolsizlantirish (demilitarizasiya) - bu ma'him hudud yoki makonda o‘matilgan xalqaro-huquqiy lartib bo'lib, bu joydan tinchlik davrida harbiy maqsadlar uchun foydalanish shartnomaga ko'ra taqiqlanadi. Bunday chora o‘sha joydagi harbiy istehkom va inshootlami yo‘q qilishni nazarda tutadi va u yerda qurolli kuchlaming joylashishini taqiqlaydi.
Neytrallashtirish deganda, ma 'lum hudud va makonda harbiy harakatlar olib borilishi va bu joydan harbiy operalsiyalarda baza sifatida foydalanilishi shartnoma asosida laqiqlanishi tushiniladi. Neytrallashtirishdan maqsad - neytrallashtirilgan hududda urush boshlanib ketishining oldini olish yoki o‘sha hududga yaqin joyda urush harakatlarining oldini olish yoki neytrallashtirilgan hududda harbiy harakatlar boshlanib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikdir.
Qurolsizlantirilgan va neytralllashtirish amalga oshirilgan hududlarga misol tariqasida Yer sharining Antarktika qismini ko‘rsatishimiz mumkin. Ominaviy qirg‘in qurollarining barcha turlariga nisbatan qisman demilitarizatsiyaga misol qilib shunday qurollami dengiz tubiga joylashtirish va o'matishning taqiqlanganini ko‘rsatishimiz mumkin. To‘liq yoki qisman yadroviy demilitarizasiya va neytralizatsiyaning aniq shartnomaviy-huquqiy choralari Lotin Amerikasi, Tinch okeanining janubiy qismi, Janubi-Sharqiy Osiyo va Afiikada o‘rnati]gan, boshqacha aytganda, u yerlarda yadrosiz zona barpo qilingan. Ular tomonidan o'matilgan rejimning samaraii amal qilishi Yerning janubiy yarim sharida yadrosiz zonalar paydo bo'lishiga olib keldi. Markaziy Osiyoda ham Birinchi Prezidentimiz LA. Karimovning sa’y-harakatlari bilan yadroviy quroldan xoli zonani barpo etish davom etmoqda.
Qurolsizlanish va qurollanishni cheklash choralariga xavfsizlik va ishonchni mustahkamlash choralari tutashib ketadi. Xavfsizlik va ishonchni mustahkamlash choralari maxsus, shartnomaviy yoki boshqa shakllarda bo‘lishi mumkin va bunda bir tomonning harakati ikkinchi tomonga hech qanday ziyon yetkazmasligiga ishonch tug ilishi kerak.
Xavfsizlik va ishonchni mustahkamlash choralari qurolsizlanish choralari bo4masa-da, bu choralar qurolsizlanish uchun sharoit tug‘dirib berishi mumkin, bunday choralar ochiq muzokaralar olib borish uchun qulay sharoit yaratib beradi va boshlangan muzokaralaming muvaffaqiyatli tugashiga ko'maklashadi. Vujudga kelishida xavfsizlik va ishonch choralari tomonlar o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilash, dengizda suzish xavfsizligini ta’minlash uchun xizmat qilgan bo‘lsa, hozirga keiib harbiy faoliyat haqida axborot olish, harbiy faoliyat o‘tkaziladigan joylarga kuzatuvchilar guruhini jo'natish, havodan kuzatish olib borish imkoniyatini yaratib bermoqda. Qurol-aslahalarni qisqartirish va cheklash choraiari to'g'risidagi shartnomalar asosida tuziladigari organlar isbonchni mustahkamlash funksiyalarini ham bajaradi.
O‘zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasida 0‘zbekiston Respublikasi qo'shni davlatlardagi qurolli mojarolarga va keskinlik o‘choqlariga tortilishining oldini olish yuzasidan siyosiy, iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlarni ko‘radi, shuningdek o‘z hududida xorijiy davlatlaming harbiy bazalari va obyektlari joylashtirilishiga yo‘l qo'ymasligi ta’kidlanadi.
BMTning Narkotik va jinoyatchilikka qarshi kurash tashkilotining mintaqaviy vakolatxonasi noqonuniy giyohvand moddalar aylanishi, jinoyatchilik. giyohvand moddalar savdosi, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashga yo'naltirilgan loyihalami amalga oshirish yo'li bilan aholi, ayniqsa, yoshlar salomatligini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash bo'yicha masalalarni hal etishda O‘zbekistonda 1993-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.
Hozirgi kunda ushbu tashkilot bilan hamkorlikda quyidagi qo‘shma loyihalar amalga oshiri]ib kelinmoqda:

  1. “Giyohvand vositalar. psixotrop moddalar va ularning prekursorlarining qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishiga qarshi kurashish bo'yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtirish markazi (CARICC)ni tashkil etish” Mintaqaviy loyihasi (loyihaning umumiy qiymati — 15,4 mln. AQSH doll.).

  2. “Treatment II — narkotik moddalarga qaramlikning oldini olish va uning sogliq uchun salbiy oqibatlari” Mintaqaviy loyihasi (loyihaning umumiy qiymati - 1 mln. 490 ming AQSH doll ). Sog'likni saqlash, Mehnar va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirliklarining 7 ta mutaxassislari loyiha doirasida 2009-yil 24-avgustdan 17-sentabrgacha Toshkent shahrida o'tkazilgan mintaqaviy treninglarda o’qitildi.'2010- 2011-yillarda loyihani amalga oshirish dasturiga muvofiq o'qitish treninglari tashkillashtirildi.

  3. “Oilaviy hayot ko'nikmalarini shakllantirish dasturi vositasida yoshlar o'rtasida psixoaktiv moddalarning noqonuniy iste'mol qilinishi, O1V/OITS va jinoyatchilikning oldini olish” Mintaqaviy loyihasi. O'zbekiston ushbu ioyihada 2017-yilga qadar ishtirok etadi. ....

  4. “Chegara punktlarini mustahkamlash orqali Afg‘onistonning shimoliy marshrutlari orqali o'tuvchi noqonuniy opiumiaming aylanishiga qarshi kurashish” Mintaqaviy loyihasi (loyihaning umumiy qiymati - 1,3 mln. AQSH doll.).

  5. “BMTning Narkotik va jinoyatchilikka qarshi kurash tashkiloti (UNODC) va Butunjahon bojxona tashkilotining konteyner tashilmalarini nazorat qilish bo'yish global dasturi”. Konteyner tashilmalarini nazorat qilish bo‘yicha global dastur (GPCT) 2004-yilda BMTning Narkotik va jinoyatchilikka qarshi kurash tashkiloti (UNODC) va Butunjahon bojxona tashkiloti tomonidan bojxona va boshqa huquqni niuhofaza qiluvchi organlar faoliyatini birlashtirish orqali bu kabi jinoyatchilik faoliyatiga chek qo'yish maqsadida ishiab chiqilgan.

  6. “Markaziy Osiyo mintaqasi va Ozarbayjondagi prekursorlar ustidan nazorat qilish” Mintaqaviy loyihasi (loyihaning umumiy qiymati - 6 mln. AQSH doll.).

  7. “Markaziy Osiyo va Afg'oniston Islom Respublikasi davlatlari huquqni muhofaza qilish organlari shaxsiy tarkibini narkotik moddalarga qarshi kurash sohasida malakasini oshirish”, Rossiya—NATO Kengashi Mintaqaviy loyihasi (loyihaning umumiy qiymati - 2.140.000 AQSH doll.)1.


Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling