Xalqaro huquq
Download 3.36 Mb.
|
Xalqaralıq huqıq, 2018
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mintaqaviy xavfsizlik
Preventiv diplomatiya tomonlar о 'rtasida paydo bo ‘ladigan kelishmovchiliklarni oldini olishga, mavjud nizolami mojarolarga aylanib ketmasligiga qaratilgan va mojarolar paydo bo'lganida, ularning ko'lamini cheklashga qaratilgan harakat deb tushuniladi. Uning doirasida ishonchni inustahkamlash choralaridan keng foydalanishni. tinchlikka xavf tug'ilganida uning oldini olish tizimi va faktlarni yig‘ish bo'yicha missiya tuzishni, BMT quroili kuchlarini preventiv ishga solish, qurol): kuchlar va qurol-aslahalardan xoli zonalardan preventiv (ehtiyot oldini olish) choralar sifatida foydalanishni taqozo qiladi.
Tinchlikni la 'minlash - bu BMT Ustavining i-T bobida ко 'rsatib, о 'lilgan muzokaralar va boshqa tinch vosilalar yordamida bir-biriga dushman tomonlarni murosaga chaqirlshga yo 'nallirilgan harakatdir Tinchlikni saqlash mojarolarning oldini olish va tinchlikni о ‘rnatish uchun harbiy personal yordamida operatsiyalar о ‘tkazishni nazarda tutadi. Mojarolardan keying! tinchlikni ta'minlash - hu mojarolardan so ‘ng tegishli tuzilmalarni yaratish va ularni qo ‘llab-qvvvatlashga qaratilgan harakatlar bo lib, ular mojarolarni kellirib chiqargan kuchlarni tugatish orqali tinchlikni saqlash va mustahlutmlashga yordam beradi,. Tinchlikni saqlash hozirgi zamon konsepsiyasining eng muhim unsurlaridan biri sifatida BMT Ustavidagi qoidalarni rivojlantirishda BMTning mintaqaviy tashkilotiar bilan о‘гаго yaqin hamkorligi va aloqasi hisoblanadi. BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan 1994-yilning 9-dekabrida qabul qiiingan BMT bilan mintaqaviy organlar o‘rtasidagi hamkorlikni takomillashtirish to‘g‘risidagi Deklaratsiya xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash sohasida ana shunday hamkorlikning turli shakllaridan foydalanishni nazarda tutadi: o;zaro axborot almashish va maslahatlashuvlar, BMT organlari faoliyatida ishtirok etish. moddiy, personalga oid va boshqa tusda yordam berish, tinchlikni saqlashni kuchaytirish borasida BMT tomonidan mintaqaviy sa’y-harakatlarni qo'llab-quwatlash. Mintaqaviy xavfsizlik BMT Ustavi xalqaro xavfsizlikning umumiy tizimidan tashqari, xalqaro tinchlikni saqlashning mintaqaviy tizimini yaratish imkoniyatini ham nazarda tutadi. Ustavning 52-moddasida belgilab qoyilganidek, mintaqaviy organlaming xalqaro tinchlik 'va xavfsizlikni saqlash borasidagi faoliyati BMT Ustavining tamoyillari va maqsadlariga muvofiq bo‘lsa, Ustav bunday mintaqaviy bitim va organlarning mavjud bo'lishiga to'sqinlik qilmaydi. Yuqoridagi fikrdan shunday xulosa kelib chiqadiki, xavfsizlikning mintaqaviy tizimlari yalpi xavfsizlik tizimining bir qismi hisoblanadi. BMT Ustavi mintaqaviy bitim va organlar bilan Xavfsizlik Kengashi oTtasida o'zaro aloqa o'rnatdi. Bunday bitim va organlar doirasida davlatlar mintaqaviy nizolarni Xavfsizlik Kengashi ko'rib chiqqunga qadar tinch yo'llar bilan hal etish uchun o'zlarining butun kuchlarini ishga solishlari lozim. O‘z navbatida, Xavfsizlik Kengashi mintaqaviy nizolarni mintaqaviy bitim va organlar yoki manfaatdor davlatlaming tashabbusi yoxud o‘z tashabbusi bilan tinch hal etilishini qo‘llab-quvvatlashi darker. Albatta, bu hoiat Xavfsizlik Kengashi tomonidan nizoning har qanday bosqichida, bu nizo xaiqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid solayotgani yuzasidan tekshiruv o‘tkazilishiga to‘sqinlik qila olmaydi. Xavfsizlik Kengashi o'z rahbarligi ostida majburiy harakatlar olib borishi uchun mintaqaviy organ va bitimlardan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. Ammo mintaqaviy organlarning Xavfsizlik Kengashidan vakolat olmasdan turib majburiy harakatlarni olib borishga haqqi yo'q. Ikkinchi jahon urushi davrida Germaniyaga qarshi koalitsiya davlatlariga qarshi urush olib borgan davlatlar bundan mustasnodir. Mintaqaviy tashkilotlar — ADL (Arab davlatlari Ligasi), ABT (Afrika birligi Tashkiloti), ADT (Amerika davlatlari Tashkiloti) ta’sis aktlarida ulaming a’zolariga qarshi qurolli hujum bo'lganda kollektiv choralar ko'rish to'g'risidagi qoidalar mavjud. Masalan, O'zaro yordam to'g'risidagi 1947-yilgi Amerika davlatlari shartnomaning (Rio-de-Janeyro Pakti) muqaddimasida umumiy mudofaa va o'zaro yordam majburiyati ko'rsatib o'tilgan va Shartnoma “har qanday Amerika davlatlariga qarshi qurolli hujumda o'zaro samarali yordam va bu davlatlarga qarshi agressiya tahdidining oldini olish” uchun tuziladi. Shartnomada Amerika davlatlarining birortasiga qarshi qaratilgan qurolli hujum barcha Amerika davlatlariga qarshi qaratilgan qurolli hujum deb qaraladi, shu sababli barcha ishtirokchi-davlatiar qarshi kurash uchun yordam berishga majburdiriar. Shu davrga qadar mintaqaviy tashkilotlarning amaliy faoliyatida kollektiv mudofaa tartibida biror-bir qurolli kuchlar birlashmalari tuzilgani yo'q. Buning o'rniga ular tinchlikni saqlash uchun kuch tuzishga kirishdilar. Masalan, 1971-yili Arab davlatlari Ligasi Liviyadagi turli diniy guruhlar o'rtasidagi to'qnashuvlarga barham berish uchun Arab kuchlarini tuzdilar. 1981-yili ABT Chad guruhlari o'rtasidagi bitimlaming bajarilishini kuzatishga mo'ljallangan, Tinchlikni saqlash uchun Afrika kuchlarini tuzdilar. Bu ikki operatsiya muvaffaqiyatsizlikka uchragan. MBH Nizomida Tinchlikni saqlash kollektiv kuchlari va harbiy kuzatuvchifar guruhi to'gTisidagi 1992-yilning 20-martidagi Bitim hamda Kollektiv xavfsizlik to'gTisidagi 1992-yil 15-maydagi Shartnomadan kelib chiqib, nizolarni hal etish va mojarolaming oldini olish to‘g‘risida hamda kollektiv xavfsizlik to'gTisidagi qoidalar o‘z ifodasini topgan. MBH Nizomining 12-moddasi BMT Ustavining 51-moddasidagi kollektiv va individual tarzda o‘zini o‘zi mudofaa qilish huquqini amalga oshirish uchun zarur hollarda Birlashgan qurolli kuchlardan foydalanish huquqini, shuningdek tinchlik operatsiyalarini o‘tkazishni nazarda tutadi. Download 3.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling