Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet146/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Xalqaro huquq subyekti - bu xalqaro huquqdan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarga ega bo‘luvchi, uni himoya qiluvchi hamda xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan xalqaro munosabatlarga kirishuvchi hisoblanadi.
Xalqaro huquq subyektliligi - bu u yoki bu tuzilmaning unga xalqaro huquq subyekti maqomini beruvchi yuridik xossasidir.
Xalqaro huquq tizioii - xalqaro-huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi bir-biriga bog liq norma va prinsiplar yig'indisi.
Xalqaro huquqning asosiy prinsiplari — xalqaro munosabatlar subyektlarining xalqaro hayotdagi to'plangan eng muhim masalalarga oid ifodalangan hamda umumlashtiiilgan umume’tirof etilgan yurish-turish normalaridir.
Xalqaro kanaliar - bu okean va dengizlami birlashtiruvchi va quruqlik hududini kesib o‘tuvchi hamda xalqaro kemaiar harakatlanishi yo'lda foydalaniladigan sun’iy gidrotexnik qurilmalar.
Xalqaro tnunosabatlar — bu xalqaro buquq subyektlari o'rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy, huquqiy, diplomatik, harbiy va boshqa turdagi aloqalar va munosabatlar majmuidir.
Xalqaro odatlar- xalqaro huquq normalarini tashkil etib, u shunday yurish-turish qoidasiki, unda xalqaro huquq subyektlarining har doim takrorlanuvchi bir turdagi o‘xshash xatti-harakatlarining mahsuli sifatida namoyon bo'lib huquqiy norma sifatida tan olinadi.
Xalqaro rejimli hududlar deganda, davlat chegarasidan tashqaridagi quruqliklar va suvlar, ya’ni hech bir davlatning suvereniteti ostida bo'lmagan quruqliklar, ochiq dengiz, va uiar ustidagi havo bo'shtigi, kontinental shelfdan tashqarida joylashgan dengiz osti hududlar tushuni ladi.
Xalqaro shartnomalar - bu davlatlar va xalqaro huquqning boshqa subyektlari tomonidan yozma shaklda tuzilgan, bunday kelishuv bitta, ikkita hujjatda yoxud bir nechtasida o*z ifodasini topganligidan, shuningdek uning aniq nomlanishidan qat’i nazar, xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan kelishuv hisoblanadi.
Xabeas korpus” taomili - bu hibsga olingan shaxsni qamoq ostida ushlab turishga javobgar bo'igan mansabdor shaxsga yo‘naltirilgan sud buyrug'ining an'anaviy nomi. Ushbu taomil birinchi marta Angliyada 1679-yilda joriy etilgan — Habeas Corpus Act. “Xabeas korpus” taomili kontinental Yevropadagi deyarli barcha mamlakatlarda qo'llaniladi.

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling