Erkin shahar — bu xalqaro shartnomaga asosan iqtisodiy, ma’muriy va madaniy xalqaro-huquqiy munosabatlarda qatnashish imkonini beruvchi xalqaro-huquqiy maqom berilgan o‘zini o‘zi boshqaruvchi siyosiy tuzilma.
Filiatsiya deb, jismoniy shaxsning kelib chiqishiga qarab, ya'ni inson tug'ilganida mazkur tug‘ilgan jismoniy shaxsning xohish-istagidan qat'i nazar, davlat tomonidan fuqarolik avtomatik ravishda taqdim etilishi hisoblanadi.
Fuqarolikdan mahrum qilish — asosan jismoniy shaxsning ixtiyoriga qarshi amalga oshiriladi va uning ma’lum bir xatti-harakatlarini natijasida davlat tomonidan qo'Ilaniladi.
Hudud deb, xalqaro huquqda boshqa maydonlarda ma’lum yuza (chegara) bilan chegaralangan, yuridik maqom va shunga mos ravishda huquqiy tartibga ega bo‘lgan yer maydoni. shuningdek yerdan tashqaridagi kosmik maydon tushuniladi.
Imperativ va dispozitiv normalari — davlatlaming xalqaro hamjamiyati tomonidan qabul qilingan va tan olingan umumiy xalqaro huquq normasi bo’lib, undan og‘ishga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlatlar o‘zaro kelishuv asosida ulardan voz kechishi mumkin, agarda ushbu chekinish boshqa davlatlaming huquqlari va qonuniy manfaatlariga zid bo‘lmasa.
Inson huquqlari bo'yicha kengash — BMT tizimidagi xalqaro huquqni himoya qilish organ], u Inson huquqlari bo'yicha komissiya o'miga tashkil etilgan. BMT Bosh Assambleyasining yordamchi organi sanaladi. Inson huquqlari bo'yicha kengash BMT . Bosh Asambleyasi tomonidan 2006-yil 15-martda 60/251-rezolutsiyasi bilan ta’sis etilgan. BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashini tashkil qilish to'g'risidagi rezolutsiyasida keltirilishicha: “Kengash a’zolari inson huquqiarini rag'batlantirish va himoya qilish borasida eng yuqori standartlami qo'llab- quvvatlashlari lozim”. Kengash a’zolaridan birortasi inson huquqiarining qo'pol va tizimli ravishda buzilishini qat’iy sodir etgan bo'lsa, Bosh Assambleya, a’zolarining uchdan ikki qismining ovoz berishi orqali. uning huquqiarini va imtiyozlarini to'xtatib qo'yish vakolatiga ega. . .
Do'stlaringiz bilan baham: |