Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet140/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Absolut apatrizm - jismoniy shaxsning tug'ilgan vaqtdan boshlab yuzaga keladi
Anklav - boshqa bir davlatning hududi ichida har tomonidan o‘ralgan va dengizga chiqish imkoni bo'lmagan ikkinchi davlatning hududi.
Anneksiya - bu bir davlat tomonidan ikkinchi davlatning butun hududini yoki bir qismini egallab olish va bir tomonlama tartibda o‘z hududiga qo'shib olish.
Antarktika deb, xalqaro huquqda Antarktida qit’asi va unga tutash bo'lgan orollar, muzliklar, ochiq dengiz suvlari va dengiz tubi hisoblanadi.
Apatrid - fuqaroligi bo'lmagan shaxs.
Aralash rejimli hudud — milliy va xalqaro rejimga ega bo'lgan hududlar. • ■’ ■
Aholi deganda, ma’lum bir davlat hududida yashab kelayotgan va ushbu davlatning yurisdiksiya ostidagi barcha jismoniy shaxslar nazarda tutiladi.
Bipatrid - ikki davlat fuqaroligiga ega bo‘lgan shaxs.
Boshpana berish deganda, o'z fuqaroligi bo'lgan davlat tomonidan siyosiy. diniy qarashlari yoki ilmiy ishlari, adabiyot asarlari uchun ta’qib etilayotgan shaxsga boshqa davlat o‘z hududiga qirib kelishi va boshpana berishi nazarda tutiladi.
Chet el fuqarosi - ma’lum bir davlatning fuqarosi bo'lmagan, ammo uni hududida doimiy yoki vaqtincha ravishda istiqomat qiladigan va, albatta, boshqa bir davlatning fuqaroligiga ega bo'lgan jismoniy shaxsdir.
Daryo farvateri - daryodagi kemalar harakati uchun mo'ljallangan, navigatsiya uchun xavfsiz bo'lgan va daryo talvegasidan (eng chuqur joylaridan) o'tgan yo'i.
Daryo talvegasi - daryodagi eng chuqur bo'lgan joylar.

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling