Xalqaro huquq
'UN Reports. S/25704. 1993. 3 May. P 7
Download 3.36 Mb.
|
Xalqaralıq huqıq, 2018
'UN Reports. S/25704. 1993. 3 May. P 7 1990-yilda qabul qilingan. Komissiya bunday xalqaro jinoyat sudini tashkil qilish masalasini ko'rib chiqqan edi1.
BMT Bosh Assambleyasi ushbu masalani nazorat qilgan holda 1990-yil 28-noyabrdagi 45/41 va 1991-yil 9-dekabrdagi 46/54-rezolutsiyalarida takroran Xalqaro jinoyat sudini yaratishga faol amaliy harakat qilish talabi bilan chiqdi. Xalqaro huquq komissiyasi 1991-1992-yillarda qabul qilingan Insoniyat tinchligiga va xavfsizligiga qarshi qaratilgan jinoyatlar kodeksi ustida faol ish olib borib, Xalqaro jinoyat sudini yaratish masalasini ko‘ri.b chiqdi. Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun Xalqaro jinoyat sudi yaratilishi lozim degan fikrga kelgan ishchi guruh ko'p tomonlama shartnoma maqomidagi loyihani qabul qilgan. 1992-yilda BMT Bosh Assambleyasi Xalqaro huquq komissiyasi ma’ruzasiga asosan 47/33-rezolutsiyasida qaror qabul qilgan va davlatlarga BMT Bosh Kotibiga ishchi guruhning ma’ruzasi yuzasidan yozma ravishdagi mulohazalarini taqdim etishni taklif qildi. O‘z navbatida, Xalqaro jinoyat sudini tashkil qilish to‘g‘risida ko‘p tomonlama shartnoma ishlab chiqish loyihasi ustida faol ish olib borayotgan Xalqaro huquq komissiyasini qo'llab-quvvatlash maqsadida mazkur masalaga urg‘u bergan. 1994-yilda Xalqaro huquq komissiyasi ishchi guruh tomonidan tayyorlangan loyihani qabul qilib oldi va, o'z navbatida, bu loyihani ko'rib chiqish, Xalqaro jinoyat sudini tashkil etish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyani qabul qilish uchun diplomatik konferensiya tashkillashtirish taklifini berdi2. Shu tariqa, BMT Xalqaro huquq komissiyasi avval mavjud bo'lmagan Xalqaro jinoyat sudi, yangi tizim yaratish yo‘lidan borgan. BMT Bosh Assambleyasining 1996-yil 15-dekabrdagi 51/207-rezolutsiyasida 1998-yilda Xalqaro jinoyat sudini tashkil etish to‘g‘risida konvensiya qabul qilish va loyihani yakunlash maqsadida diplomatik konferensiya o‘tkazishni belgiladi. Italiya hukumati Xalqaro jinoyat sudi tashkil qilish to‘g‘risidagi masalalami hal etish bo‘yicha Diplomatik konferensiyani aynan o‘z hududida 1998-yil 15-iyun-17-iyulda bo‘lishiga chin dildan xohish bildirdi va Bosh Assambleya o‘zining 1997-yil 15-dekabrdagi 52/60-rezolutsiyasida BMTga teng huquqli a’zo davlatlaming Xalqaro Download 3.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling