Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet122/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Kiniyvviy tenwi:ni. Kimyoiviy quiollar - yadreviy va baktenolvgik qni'bllaiga j nistaian tenordulik opnatsiyalamii olib bonsh vositasi sifatida and» cson va qulay s lusoblaiKidi
Kibei-terrormii ih'bmietlk uruslti ■ kompyutei tannoqlanga liunim. 90-vilku oxiiiga ■ kelib "kompyutei tenoriznu” vujudga keldi Hozirgi kunga qadar kibeilciiouzm Inikuinatlai laniiog'iga sezdarli dacajada zanu kclliunagnii bo'lsa-da. апшю e'libor '- bensblozmi bo'lgrinomillaidaii bo'libhisoblanadi


Snmoviv іеітоіі degmitto bmncludan, Yenung suniy yo’ldosluni va bosliqa kosinik apparatlarni yoq qilish yola nlamuig to'g’ri ishlashiga to'sqinlik qilislu ikkuidudan. tenorcliilanu al.xja Idan ta'iiunhsh yoki jiuigovai tenvacliilik opeiatsiyalarida tbydalaiush ncbiuikosmik appaiailauii egallab olisli hislnuula.li


Qulchilik. qul savdosi va odam savdosining hoshqa shakllari. Qulchi]ikni taqiqlash, aniqrog‘i, qullar bilan savdo qilish masalasi ilk bor 1815-yilda Vena kongressida ko‘rib chiqilgan va bunda Qullar bilan savdo qilishni bekor qilish to‘g‘risida dekiaratsiya qabul qilingan edi. Bu deklaratsiya qulchilikni bekor qilmagan, balki qullar bilan savdo qilish va mahkumlarni bir joydan ikkinchi joyga tashishni taqiqlagan edi. xolos.
Hozirgacha amaida bo‘lgan 1926-yil 25-sentabrdagi Qulchilikka qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiya ham qulchilikni butunlay taqiqlash to‘g‘risida moddaga ega bo'lmay, Konvensiya ishtirokchi lariga “bosqichma-bosqich” va qisqa muddatlarda qulchilikni tugatishni taklif qiladi. 1926-yilgi Konvensiya qullar bilan savdo qilishni taqiqlaydi va ishtirokchi davlatlarga inson bilan savdo qilishning har qanday shaklining oldini olish majburiyatini yukiaydi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng BMTda qulchilik masalasi ko'rib chiqildi. EKOSOS (Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash) qoshida qulchilik masalalariga bag'ishlangan maxsus Qo‘mita tuzilgan bo'lib, bu Qo'mita qulchilik muammolarini o'rganib chiqdi va bir qancha mamlakatlarda qulchilikning mavjudligini aniqladi, shuningdek qulchilikka o'xshash institutlar mavjudligini ko‘rsatib o‘tdi.
1956-yilning 7-sentabrida “Qulchilikni, qul savdosini va qulchilikka o‘xshash institut va odatlami tugatish to‘g‘risida” qo'shimcha Konvensiya qabul qilindi. Bu konvensiya biror kishini qulga aylantirmoqchi bo‘lgan, qullar tashish bilan shug'uilanuvchi shaxslar, qulga aylantirish uchun kishilami turli qiynoqlarga soluvchi kishilar. qul qilib sotishga majbur qiluvchilarning jazoga tortilishini nazaida tutadi1. 1956-yilgi Konvensiyada ham 1926-yilgi Konvensiyada bo'lgani singari qulchilikni qisqa muddatda, tezlik bilan tugatish to‘g‘risida hech bir ko'rsatma yo‘q.
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarini noqonuniy ishlab chiqarish va tarqatish. Giyohvandlik vositaiarini tarqatishga qarshi kurash bo'yicha konvensiya, bitim va bayonnomalar qabul qilingan. Giyohvandlik jamiyat rivojlanishining doimiy hamrohi bo‘lib qoldi va unga qarshi bir qancha davlatlar va BMT organlari kurash olib borayotganiga qaramay, u o‘sib bormoqda. Buning asosiy sababi jamiyatdagi hayot tarzi va dunyodagi ko‘pgina daviatlarda giyohvandlik vositaiarini tarqatish bilan noqonuniy ravishda shug'ullanayotgan jinoiy tashkilotlar faoliyatining keng tarmoqlanib borayotganidir.
1961-yil 30-martda qabul qilingan Giyohvandlik vositalari to‘g‘risidagi konvensiyada (ilgari amalda bo'lgan barcha konvensiyalarning o’miga qabul qilingan) narkotik moddalarning ro‘yxati tuzildi2.
Konvensiya davlatlarga o‘z hududida narkotik moddalarning tayyorlanishi va tarqatish ustidan nazorat o‘rnatishni nazarda tutadi, bunday moddalarni ishlab chiqarish va tarqatish (sotish, sotib olish, tashish) bilan bog‘liq jinoyatlar tarkibini tasniflab beradi.
1961-yilgi Konvensiyaga asosan 1968-yilda Giyohvandlik moddalarni nazorat qilish bo‘yicha xalqaro qo'mita tuzilgan. Qo‘mitaning 13ta a’zosi bo‘lib, ular EKOSOS tomonidan individual taitibda besh-yil muddatga saylanadi. Qo‘mita Giyohvandlik moddalar to‘g‘risidagi konvensiyaga hukumatlarning rioya etishini nazorat qiladi; davlatlardan giyohvandlik moddalarining yillik ishlab chiqarilishi, ishlatilishi, chetga chiqarilishi va chetdan olib kelinishi haqida, shuningdek qancha zaxiraga ega ekanligi to‘g‘risida ma’lumotlar so'raydi; xalqaro savdo uchun giyohvandlik moddalar sotilishini aniqlaydi va giyohvandlik moddalar savdosi ustidan nazoratni amalga oshiradi; giyohvandlik moddalar savdosi, aylanishi, tarqalishi masalalari bo‘yicha davlatlarga axborot beradi va ulaming
Ст cr. 5-6, 17 Дополнительной конвенции об упразднении рабства, работорговли и институтов, обычаев, сходных с рабством от 7 сентября 1956 г
^Ra1 ухаuga qarang: hftn:.<7www.ccad.nu'oon/oon61 -5 2 .hi ml. axborotini tinglaydi; zarur hollarda BMT oldiga EKOSOS orqali giyohvandlik moddalarini eksport va import qilishga embargo qo'yish masalasini qo'yadi.
Bundan tashqari, BMT doirasida 1946-yildan buyon giyohvandlik moddalar bo‘yicha komissiya ishlamoqda. Bu komissiya EKOSOS tomonidan to‘rt yilga saylanadi va giyohvandlik moddalarni ishlab chiqaruvchi hamda xarid qiluvchi 30ta davlat vakillaridan iborat komissiya nazorat qilinadigan giyohvandlik moddalarining ro'yxatini belgilaydi, ro'yxatga o'zgartishlar kiritadi, giyohvand moddalariga oid xalqaro bitimlarni nazorat qilish va hayotga tatbiq etish bo‘yicha kengashga yordam beradi, ilmiy-texnik axborot almashish bo'yicha tavsiyalar beradi, giyohvandlik vositalari ustidan nazorat qilish masalalari yuzasidan xulosalar tayyorlaydi, xalqaro konvensiya loyihalarini ishlab chiqadi. Komissiya, shuningdek psixotrop moddalar ustidan xalqaro nazorat o'rnatish masalasini ko'rib chiqib, Psixotrop moddalar to'g'risidagi konvensiya loyihasini tayyorlagan. . .
1971-yilning 21-fevralida Psixotrop moddalar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi qabul qilindi. Psixotrop moddalarga trankvilizatorlar, amfetilinlar, barbituratlar. LSD va boshqalar kiradi. Konvensiya, odamlarning markaziy asab tizimi, fikri, xatti-harakatiga ta’sir qilib, miya funksiyasining buzilishi, gallyutsinatsiyaga olib kelishiga qarab psixotrop moddalar ustidan xalqaro nazorat o'rnatlsh mezonlarini belgilab berdi1.
BMTning Dengiz huquqi bo‘yicha 1982-yilgi konvensiyasi ishtirokchi davlatlarga ochiq dengizda kemalar tomonidan amalga oshiriladigan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalari bilan noqonuniy savdo qilishning oldini olishda hamkorlik qilish majburiyatini yuklaydi.
Dengizdagi qaroqchilik. Shaxsiy maqsadlarda xususiy kema yoki uchish apparati ekipaji yoki yo‘lovchilari, boshqa kema yoki uchish apparatiga qarshi, bortdagi shaxslar yoki mol-mulkka nisbatan ochiq dengizda, biron-bir davlat yurisdiksiyasidan tashqarida sodir etilgan har qanday g‘ayrihuquqiy akt, ushlab mrish yoki har qanday bosqinchilik qaroqchilik hisoblanadi2.
Qaroqchilikka qarshi kurash bo'yicha bir qancha bitimlar ma'vjud

  • 1922-yilgi Vashington deklaratsiyasi;

  • Ochiq dengiz haqidagi 1958-yilgi Jeneva konvensiyasi;

  • Dengiz huquqi bo‘yicha 1982-yilgi BMT konvensiyasi.


Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling