Davlat hududi deb, ma’lum milliy davlatning suvereniteti ostidagi bo'lgan hududlar tushuniladi.
Davlatlarning suveren tengligi prinsipi — davlatlar, agarda ular bir xildagi barcha huquq va majburiyatlarga ega bo'Isa, xalqaro munosabatning teng huquqli a’zosi bo'ladilar: ular xalqaro munosabatlarning boshqa a’zolarining suverenitetini hurmat qilishlari lozimligini angladi.
Delimitatsiya — davlat chegarasini belgilash bosqichlaridan biri bo'lib, bunda kelishuv tomonlari chegara chiziqlarini uraumiy yo’nalishdarini aniq muhokama qilgan holda shartnomaviy kelishuv asosida jug‘rofiy xaritaga tushirish hisoblanadi.
Demaikatsiya - bu chegaralami belgiIashdagi delimitatsiyadan so'ng amalga oshiriladigan bosqich bo‘lib, unga topografik ishlarni bajarish, mahalliy hududni aerofotos’yomka qilish, va shularni asosida chegarada aniq chiziqchalar bilan belgilangan chegaraning topografik xaritasi tiizilish va chegaraning mahalliy sharoitda chiziqlar bilan belgilash hisoblanadi.
Diplomatiya - bu tashqi siyosatni amalga oshirish yo'ilari va usiublari.
Doimiy neytralitet - bu davlatning sodir bo’layotgan yoki sodir etilishi mumkin bo'lgan har qanday urushlarda ishtirok etmaslik va davlatning shunday urushlarga jalb etilishiga undovchi har qanday harakatlardan o‘zini tiyish yuzasidan majbuiiyatni olgan xalqaro-huquqiy maqomi hisoblanadi.
Ekspatriatsiya - bu vaqtichalik yoxud doimiy ravishda, ixtiyoriy yoki majburiy ravishda o’z Vatanini hududidan chiqarilib yuborilish, ya'ni bu doktrinada jismoniy shaxsning o‘z ixtiyoriga ko‘ra fuqaroligini to‘xtalishi va Vatanini tark etishi erkinligi nazarda tutilgan.
Ekstraditsiya - jinoyat sodir etgan jinoyatchini ma’lum bir davlat tasarrufiga berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |