Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet2/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Xalqaro huquq tinchlik va hamkorlikni ta’minlash maqsadida xalqaro munosabatlami tartibga soluvchi yuridik prinsiplar va normalar majmui.
Xalqaro huquq uzoq vaqt davomida ijtimoiy munosabatlaming rivoji natijasida vujudga keldi. Uning paydo bo’lishi va shakllanishi urug‘ jamoasi va qabiialararo munosabatlar davriga to‘g‘ri keladi.
Arxeologik topilmalarning guvohlik berishicha, ibtidoiy jamoa tuzumi rivojining dastlabki bosqichlaridanoq qabilalar o‘rtasida yozilmagan odatlar mavjud bo’lgan. Qabilalar o’rtasidagi munosabatlar faqat tashqi
Sec e.g Malcolm N. Shaw International law. Sixth edition Development of International law. Cambridge University’ Press New York 20U8 P 169. This term was first used by J. Bentham: sec Introduction to the Principles of Morals and Legislation, London. 1780.
himoyani ta’minlashga qaratilmasdan, balki tez-tez qo'llanishi natijasida odatlarga aylangan boshqa bir qator xulq-atvor qoidalarini ham o‘z ichiga olgan. Shu boisdan Qadimgi Rimda davlatlar o‘rtasidagi, davlatlar paydo bo‘lgunga qadar xalqlar (qabilalar) o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi “xalqlar huquqi” (Jus gentium) paydo bo'lisliiga va ushbu masalalarga doir normalar tizimlashtirilishiga olib keldi. Masalan, Rim imperiyasi va varvar qabilalari o’rtasidagi munosabatlar. Xalqaro buquq paydo bo‘lishining dastlabki va muhim shartlari sifatida insoniyat tarixida ehtiyojlaming o‘sib borishi, insonni o‘rab turgan dunyo bilan o‘zaio munosabatlaming murakkablashishi, ijtimoiy mehnat taqsimoti, davlatlaming paydo bo‘lishi va boshqalami keltirish mumkin.
Xorijiy huquqshunos Martti Koskenniemi, xalqaro huquq tushunchasiga turli xil xalqaro subyektlarning siyosiy qadriyatlari hamda manfaatlarini amalga oshirilishi vositasi sifatida yondashadi. Uning ta’kidlashicha, xalqaro huquq davlatlararo munosabatlarda adolatni ta’minlash bo‘yicha nazorat olib boradi1.
Xalqaro huquq xalqaro munosabatlaming ajalmas qismi hisoblanadi va bir-biriga ta’sir qilib turadi. Bunday ta’sir insoniyat jamiyati rivojining manbalaridan biri hisoblanadi. Shunga muvofiq, xalqaro munosabatlaming rivoji xalqaro huquqni muntazam o‘zgartirib turadi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, xalqaro huquq rivoji bosqichlari xalqaro munosabatlar rivoji bosqichlariga mos keiadi.

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling