Xalqaro huquqning mohiyati shundan iboratki, xalqaro maydonda geostrategik hamkorlik va xalqaro xavfsizlikni ta’minlashda, shuningdek iqtisodiy, siyosiy, gumanitar, fan-texnika, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlik sifatini oshirishga xizmat qilishi bilan xarakterlanadi.
Xalqaro huquq barqaror, adolatli va demokratik jamiyatni shakllantirish maqsadida dunyo jarayonlariga ta’sir qiluvchi, butun xalqaro hamjamiyat va davlatlar xavfsizligiga tahdid qiluvchi harakatlaming oldini olish va qarshi kurashuvchi kuchli vosita hisoblanadi. Shuning uchun xalqaro-huquqiy mulohazalar tarkibidagi zaxira vositalaridan foydalanish xalqaro darajada tinchlik, xavfsizlik va qonuniylikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Xalqaro huquq funksiyalari
. I
Xalqaro huquq funksiyalari ko‘p qirraliligi bilan ajralib turadi, ular nafaqat xalqaro-huquqiy obyektlarga ta’sir ko‘rsatishi bilan, balki u yoki bu munosabatlar sohasida erishilgan xalqaro-huquqiy tartibga solish darajasi bilan baholanadi. Xalqaro huquqning ta’siri natijasida qandaydir munosabatlar paydo bo‘ladi, tartibga soiinadi, to'xtatiladi yoki bekor bo'ladi.
Xalqaro huquq funksiyasi — xalqaro-huquqiy tartibga solish predmeti hisoblangan munosabatlarga xalqaro huquq tomonidan ta’sir ko'rsatishning asosiy yo‘nalishlari
Quyidagi funksiyalami alohida ajratib ko'rsatish munikin:
barqarorlashtirish — uning mazmuni shundan iboratki, xalqaro- huquqiy normalar dunyo hamjamiyatini biriashtirishga, muayyan xalqaro tartibotni mustahkamlashga, ko'proq barqaror holatga keltirishga chaqiradi;
tartibga solish — uning qo‘llanish chog4da ijtimoiy munosabatlar tegishli yo'llar bilan tartibga soiinadi va xalqaro tartibot o‘matiladi;
muhofaza qilish — xalqaro-huquqiy munosabatlami lozim darajada himoya qilishni ta’minlashdan iborat. Xalqaro huquq subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi mexanizmlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |