Xalqaro huquq


ijtirnoiy munosabatlarni tartibga solishning mazmuni


Download 3.36 Mb.
bet8/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

ijtirnoiy munosabatlarni tartibga solishning mazmuni bo'yicha xalqaro ommaviy huquq tomonidan tartibga solinadigan munosabatlar xalqaro davlatlararo xarakter kasb etadi. Xalqaro ommaviy huquqni ajratib turuvchi o'ziga xos xususiyati - suverenitet hisoblanadi. Xalqaro xususiy huquq hosiyosiy sohalarda jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat o'rtasida vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soladi;

  • munosabatlar subyektlari bo'yicha - xalqaro ommaviy huquqning asosiy subyektlari davlat hisoblansa, xalqaro xususiy huquqning subyektlari sifatida jismoniy va yuridik shaxslar chiqadi;

  • manbalari bo'yicha — xalqaro ommaviy huquq manbalari xalqaro shartnomalar, xalqaro-huquqiy odatlar, xalqaro tashkilotlar hujjatlari va xalqaro konferensiyalar hujjatlari hisoblansa, xalqaro xususiy huquq manbalariga har bir davlatning qonunchiligi, xalqaro shartnomalar, xalqaro-huquqiy odatlar va sud pretsedentlari kiradi;

  • xalqaro xususiy huquq tarkibini ikki shakldagi normalar tashki! qiladi: moddiy-huquqiy (bevosita huquq va majburiyatlami belgilovchi) va kollizion (aniq bir davlatning milliy huquqiga havola qiluvchi);

  • nizoiarni ko'rib chiqish tartibi — xalqaro ommaviy huquqda nizolar yo davlatlar miqyosida (davlatlararo nizolar) yoki inson huquqlari himoyasi bo'yicha ixtisoslashgan organlarda (inson huquqlari sohasida huquqbuzarlikka doir nizolar) ko'rib chiqiladi;

  • xalqaro xususiy huquqning xalqaro ommaviy huquq va milliy- huquqiy tizimdan ajralib turuvchi xususiyati shundan iboratki, uning huquqiy tizimi mavjud emas.

    Xalqaro xususiy huquq atamasidagi “xalqaro” so'zini shu ma’noda tushunish zarurki. xorijiy elementga ega aniq bir fuqaroviy-huquqiy munosabatlarni tartibga solish - bir davlat huquq tartiboti doirasidan chiqishni va berilgan hodisaga boshqa davlatlar huquqlarining qo'shilishini talab etadi. Boshqacha aytganda, bu holda bir necha davlat huquq tartiboti o'zaro munosabatda bo'ladi, bir necha davlatlar bilan munosabatiar vujudga keiadi, shuning uchun ham bunday fuqaroviy- huquqiy munosabatlarni tartibga solish xalqaro tus oiadi.
    Xalqaro ommaviy huquq va xalqaro xususiy huquq, ayniqsa, iqtisodiy aloqalami huquqiy tartibga solishda bir-biri bilan chambarchas bog'liqdir.
    Aytilganlami quyidagi misol bilan tushuntirish mumkin. Ikki davlat o‘zaro savdo shartnomasi tuzadi va unda bu davlatlarning savdo munosabatlarini tartibga solish prinsiplari belgilanadi. Mazkur shartnoma qoidalari bilan bu ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar, ya’ni savdo masalalari bo'yicha davlatlararo munosabatlar tartibga solinadi. Boshqacha aytganda, bunday davlatlar o'rtasidagi munosabatlar shu savdo shartnomasidagi xalqaro huquq normalari bilan tartibga solinadi. Ko'rsatilgan shartnoma asosida bir davlatning yuridik va jismoniy shaxslari ikkinchi davlatning yuridik va jismoniy shaxslari bilan savdo bitimlari tuzadi hamda ulaming bu bitimlar bo'yicha munosabatlari xalqaro xususiy huquq orqali tartibga solinadi.
    Shuningdek xalqaro ommaviy huquq va qiyosiy huquqshunoslik to'g'risida to'xtalish lozim. Qiyosiy huquqshunoslik va xalqaro ommaviy huquq alohida fan sifatida o'ziga xos umumiylikka ega. Agar qiyosiy huquqshunoslik turli huquqiy tizimlarni taqqoslasa, xalqaro ommaviy huquq xalqaro huquq subyektlar o'rtasidagi munosabatlarni o'rganadi, ulaming har biri milliy huquqiy tizimlarni o'z ichiga olishi mumkin. Ikki yuridik fan mavjud ko'pgina milliy huquqiy tizimlarga asoslanadi. Ikki fan o'rtasida keng, o'zaro aloqa mavjud bo'iib, ular doimiy ravishda bir-biriga ta’sir qilib turadi4.

    Download 3.36 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   154




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling