Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet6/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Xalqaro huquq tizimi — xalqaro huquqning elementlari. umum tan olingan prinsiplar, yuridik normalar, shuningdek institutlar yigMndisi
Shunday qilib, xalqaro huquq tizimini quyidagi kategoriyalarga ajratish mumkin:

  1. xalqaro munosabatlami tartibga solishning xalqaro-huquqiy mexanizmlari uchun ahamiyatli bo‘lgan va yadrosi hisoblangan xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari;

  2. davlatlar yoki boshqa xalqaro huquqning subyektlari o'rtasidagi umummajburiy hisoblangan xalqaro huquq normalari;

  3. muayyan funksional normalar kompleksini o'zida jamlagan xalqaro huquq institutlari. Xalqaro huquq subyektliligi to'g’risidagi, xalqaro huquq ijodkcrligi to‘g‘risidagi, xalqaro javobgarlik to‘g‘risidagi, davlatlarning huquqiy vorisligi to'g'risidagi xalqaro huquq institutlari;

  4. xalqaro huquq sohalari. Ular xalqaro huquq tizimining nisbatan yirikroq bo‘limlari hisoblanadi va kengroq ijtimoiy munosabatlami tartibga soladi.

Xalqaro ommaviy huquqning bir qator sohalari shakllangan bo'lib, bu haqida quyida qisqacha to'xtalamiz:

  • xalqaro shartnomalar huquqi. Bu soha xalqaro huquqning tayanch sohasi hisoblanib, davlatlarning turli sohalarda hamkorligini belgilaydigan xalqaro shartnomalarni tuzish va uni bajarish jarayonlarini tartibga soladigan munosabatlami qamrab oiadi;

  • xalqaro tashkilotlar huquqi. Xalqaro huquqning bu sohasi xalqaro (hukumatlararo) xarakterga ega bo'lib, davlatlar hamkorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Xalqaro tashkilotlar huquqi xalqaro (hukumatlararo) tashkilotlar va birlashmalarning huquqiy maqomi, ularning tarkibiy tuzilishi, vakolatlari, organlarining faoliyat yuritish tartibi, hujjatlarining yuridik kuchi va qo‘llanilishi bilan bog’liq munosabatlami tartibga soluvchi xalqaro-huquqiy normalar yig‘indisidan iborat;

  • diplomatik va konsullik huquq. Bu soha davlatlararo munosabatlarda vakilligi masalalarida davlat organlarining yuridik maqomi va funksiyalari, faoliyat yuritish tartibi, tuzilishi bilan bog‘liq xalqaro-huquqiy normalar yig'indisidan iborat. Mazkur soha negizini diplomatik huquq normalari va konsullik huquqi normalari tashkil etadi;

  • inson huquqlari bo'yicha xalqaro huquq. Bu soha xalqaro huquqning alohida sohasi sifatida inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmat qilish prinsipiga asoslanib, ijtimoiy hayotning turli sohalarida inson huquqlarini himoya qilishni tartibga soluvchi normalardan iborat;

  • xalqaro gumanitar huquq. Bu soha inson huquq va erkinliklarini ta’minlash va himoya qilishning yuridik imkoniyatlarini inobatga olgan holda davlatlar tomonidan qurolli to'qnashuvlar paytida yaradorlarga yordam berish, harbiy harakatlar olib borishning taqiqlangan usul va vositalarini aniqlash yo‘li bilan urush falokatini cheklashga va urush qurbonlarini himoyalashga qaratilgan huquqiy normalar majmnidir;

  • xalqaro iqtisodiy huquq. Mazkur soha iqtisodiy munosabatlar sohasida davlatlar va boshqa xalqaro huquq subyektlari o‘rtasidagi hamkorlikni tartibga soluvchi normalar va prinsiplar yig'indisini o‘z ichiga olganligi bilan xarakterlanadi. Bu soha hamkorlikning juda keng yo’nalishlarini o'ziga qamrab oiadi: savdo, ishlab chiqarish, fan-texnika, transport, moliya-valyuta, bojxona va boshqalar. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: tovar va xizmatlarning oldi-sotdisi (eksport-import operatsiyalari), pudrat ishlari, texnik yordam ko‘rsatish, yo'lovchi va yuklarni tashish, kreditlar ajratish yoki xorijiy manbalardan kreditlar olish, bojxona masalalariga doir nizolarni hal qilish va boshqalar;

  • xalqaro ekologiya huquqi. Bu soha tabiat resurslaridan ekologik asoslangan holda, ratsional foydalanish bo'yicha, hozirgi va kelajak avlodning manfaatlari yoMida Yerda qulay hayot sharoitlarini saqlash uchun subyektlarning faoliyatini tartibga soluvchi norma va prinsiplar tizimidan iborat;

  • xalqaro jinoyat huquqi. Davlatlarning jinoyatchilikka qarshi kurash borasidag: hamkorligini tartibga soluvchi prinsiplar va normalar majmui. Uning o'ziga xos jihati shundaki, aniq kishilar. jismoniy shaxslar tonionidan sodir etilgan xatti-harakatlar huquqiy tartibga solish ohyekti sifatida ko'rinadi. Xalqaro jinoyat huquqini tartibga solish sohasiga xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurash va odatdagi jinoiy ishlarga qarshi kurashda hamkorlik kabilar kiradi;

  • xalqaro axborot huquqi. Bu xalqaro huquq subyektlarining ommaviy axborot vositalaridan foydalanish jarayonida foydalanadigan (yoki foydalanishga ruxsat beradigan) huquq va majburiyatlarini tartibga soluvchi maxsus xalqaro tamoyil va normalar majmuidir;

  • xalqaro xavfsizlik huquqi. Bu soha xalqaro munosabatlarda qurollanishni cheklash va qisqartirish, harbiy kuchlarni qo‘llashga qarshi kurashish maqsadida davlatlar va boshqa xalqaro huquq subyektlari o'rtasidagi harbiy-siyosiy munosabatlami tartibga soluvchi prinsip va normaiami o‘z ichiga oladi.

Xalqaro huquq va milliy buquqning o'zaro munosabatlari
Ikki huquqiy tizim - xalqaro va milliy (yoki ichki davlat) huquqning o'zaro aloqasini ta’minlash bugungi kunda har qanday davlat tashqi siyosatining ajralmas qismi hisoblanadi. Hammaga ma’lumki, zamonaviy ijtimoiy munosabatlar globalizatsiya yo‘lidan ketmoqda va bu jarayon davlatlar o'rtasida turli darajada va turli sohalarda davom etmoqda. O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, bugun dunyoviy jarayonlar globallashayotgan, turli davlatlar va butun-butun mintaqalaming o‘zaro integratsiyalashuv jarayonlari tezlashayotgan bir davrda yashamoqdamiz1.
Hozirgi kurida milliy va xalqaro huquqiy tizimlar o‘rtasidagi munosabatlar eng dolzarb masalalardan biridir. Ulaming maqsadi, umuman, munosabatlami tartibga solish bo'lishiga qaramasdan, ular crrtasida bir qator farqlar mavjud. Xalqaro huquq davlatlar o‘rtasidagi munosabatlami tartibga soiishi bilan, tartibga solish obyekti bilan milliy huquqdan ajralib turadi. Milliy huquq esa u yoki bu davlat hududi chegarasi doirasida yuzaga keladigan munosabatlami tartibga solishga qaratiigan. Ikki tizimning o'ziga xos jihati sifalida shuni ta’kidlash lozimki. ular doimiy ravishda bir-birining normalarini o'zlashtirib turadi.
Xalqaro huquq va milliy huquqning umumiy xususiyatlari mavjud bo‘lib. ulami quyida keltiramiz:

  1. Ikki huquq tizimi majburiy tartibda bajarilish.ini ta’minlovclii yuridik prinsiplar va normalar уig‘indisini ifodalaydi.

  2. Huquq tizimlari o‘ziga xos tuzilmalarga ega: ikkita tizimda ham asosiy prinsiplar mavjud, ikki tizim ham soha va institutlarga boMinadi. ikkita tizimning dastlabki elementi norma hisoblanadi.

Xalqaro huquq va milliy huquq o‘rtasida turli farqlar va o'xshashliklar bo'lishiga qaramasdan, ikki huquq tizimi doimiy ravishda bir-birini taqozo qiladi, biri-biriga ta’sir qilib turadi. Bu masala xalqaro huquq doktrinasida o‘zining nazariy asoslariga ega.

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling