Xalqaro huquq


Xalqaro huquqningpaydo boTish va rivojlanish bosqichlari


Download 3.36 Mb.
bet3/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Xalqaro huquqningpaydo boTish va rivojlanish bosqichlari.
Xalqaro huquq tarixi jamiyat rivojlanish tarixining bir qismi hisoblanadi. Shunga qaramasdan, u ijtimoiy hodisa sifatida o‘zining alohida tarixi va spetsifikasiga ega.
What is Inter national Low for1?. Martti Koskenniemi. International Law. Malcolm D. Evans. Oxford University Press, 2003 p 89




Xalqaro huquq rivojining bosqichlari







Г

QadimgJ dunyo xalqaro huquqi

1




1—

О rta asr xalqaro huquqi i VI-VI asrlarj • " ■









Klassik xalqaro huquq (o'rta asrlar oxiridan ikkinchi іаһоп urushigacha)









Zamonaviy xalqaro huquq - ВкГГ Ustavi huquqi








Ibtidoiy to‘da davrlarida xalqaro munosabatlar lokal (mahalliy) xarakter kasb etgan. Bu davr odatlarning paydo bo'lish davri sifatida namoyon bo'ladi.
Xalqaro munosabatlar rivojining keyingi bosqichi diniy ahamiyat kasb etgan. Bu davrda xalqaro huquqda dinlarning o‘rni katta bo'lgan.
Davlatlar o'rtasidagi aloqalaming mustahkamlanishi, fan, texnika, aloqa vositalarining rivoji xalqaro munosabatlarning taraqqiy etishiga olib keldi va, o:z navbatida, bu xalqaro huquqning universal xususiyatlarini ochib berdi.
Xalqaro huquqning universal lashishi “sivilizatsiyalashgan” va boshqa xalqlar huquqida davrlarga bo'linishidan oldin yuzaga kelgan. Hozirgi vaqtda xalqaro huquq davlatlar tomonidan tan olinish va qo‘llash bosqichida bo'lishiga qaramasdan, mintaqaviy tendensiya hali ham davom etmoqda, deyish mumkin (Yevropa jamiyati huquqi shakllanishi to'g‘risidagi, musulmon huquqi amaliyotida xalqaro huquq spetsifikasi to‘g‘risidagi va boshqalar).
Xalqaro huquq rivojining davrlarini to‘rt bosqichga bo'lib o‘rganish maqsadga muvofiq. Lining rivoji ham insoniyatning bir ijtimoiy-iqtisodiy tuzumdan ikkinchi tuzumga o‘tishi bilan bog'liqdir. Har bir tuzum ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi. lining tabiatini ham ishlab chiqarish munosabatlari tashkil etadi. Shuningdek, har bir ijtimoiy- iqtisodiy tuzum tegishli tuzilmalarni o‘z ichiga oladi (davlat, huquq, xalqaro huquq, axloq, tafakkur, huquqiy ong, borliq va boshqalar).
Yuqoridagilarga asoslanib, xalqaro huquq tarixini quyidagi davrlarga bo‘lish mumkin: ...

  1. qadimgi dunyo xalqaro huquqi - miloddan avvalgi 4- mingyiilikdan milodning 476-yiligacha. Bu davr quldorlikka asoslangan ijtimoiy- iqtisodiy tuzumga to‘g‘ri keladi.

  2. 476-1648-yiIlar - o'rta asr xalqaro huquqi. Bu davr feodal ijtimoiy- iqtisodiy tuzumiga to‘g‘ri keladi.

  3. 1648-1919-yillar - klassik xalqaro huquq. Bu davr kapital ishlab chiqarishning paydo bo'lish va rivojlanish davriga to'g'ri keladi.

  4. zamonaviy xalqaro huquq. Bu davr 1919-yildan XXI asrning boshlarigacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi.

Xalqaro huquq predmeti, maqsadi va mohiyati
Xalqaro huquq tomonidan tartibga solinadigan munosabatlar “xalqaro ommaviy munosabatlar” tushunchasi bilan bir xil deb qaraladi. Bunday munosabatlar sifatida quyidagilami keltirish mumkin:

  1. davlatlararo (ikki tomonlama, raintaqaviy, universal)

munosabatlar;

  1. daviatlar va xalqaro hukumatlararo tashkilotlar o'rtasidagi munosabatlar;

  2. daviatlar va davlatlarga o‘xshash tuzilmalar o'rtasidagi munosabatlar;

  3. daviatlar va o‘z mustaqilligi uchun kurashayotgan xalqlar o'rtasidagi munosabatlar;

  4. xalqaro tashkilotlar o'rtasidagi munosabatlar'.

Yuqorida ta’kidlangan barcha munosabatlar davlatlararo munosabatlar sifatida qaraladi. Davlatlararo munosabatlar deganda, daviatlar ishtirok etadigan har qanday ommaviy munosabatlar tushunilishi mumkin.
Xalqaro huquqning asosiy predmeti hisoblangan xalqaro davlatlararo munosabatlaming o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda turii guruhlarga ajratish mumkin:

  1. umuminsoniy qadriyatlar bilan bog'liq bo'lgan, davlatlaming ichki organlari vakolatlariga kirmaydigan masalalar (xalqaro xavfsizlik, qurolsizlanish, global ekologik muammolar) bilan bog'liq munosabatlar;

  2. umuminsoniy qadriyatlar bilan bog'liq bo'lmagan, ammo davlatlararo ahamiyatga ega bo'lgan masalalar: daviatlar chegaralarining o'matilishi, huquqiy yordam ko'rsatish, chet elga chiqishning viza va vizasiz tartibi bilan bog'liq munosabatlar;

  3. davlatlaming ichki vakolatlariga tegishli bo'lgan, lekin xalqaro hamjamiyat manfaatlarini ifoda qiladigan masalalar: inson huquq va erkinliklarining himoyasi, xalqaro jinoyatlar sodir qilinganda jinoiy yurisdiksiyaning amalga oshirilishi, yadro quroli portlashi natijasida huquqiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq munosabatlar.

Xalqaro huquqning predmcti — davlatlar manfaatlarini ifoda qiladigan u yoki bu shakldagi har qanday ommaviy-huquqiy munosabatlar.
Xalqaro huquqning maqsadi — davlatlararo munosabatlami tartibga solish va blaming manfaatlarini ifoda]ash.
Xalqaro huquqda vijdonlilik, soflik, xalqaro odatlarga hurmat bilan qarashga qattiq rioya qilinadi. Bugungi kunga kelib davlatlar o'rtasidagi iltifotli munosabatlar amaliyoti shunt ko'rsatmoqdaki, davlatlar bir-biriga vijdoniy nuqtayi nazardanmas, balki mavjud huquqiy holatdan kelib chiqib imtiyozlar (masalan, diplomatlar uchun} yaratadi.
Xalqaro huquqning quyidagi o'ziga xos jihatlarini ajratib ko'rsatish munikin:

  1. tartibga solish predmeti — tinchlik va ko‘p tomonlama hamkorlik sohasida suveren va mustaqil davlatlar o'rtasidagi xalqaro munosabatlar;

  2. xalqaro huquq subyekti — suveren davlatlar, o‘z mustaqilligi uchun kurashayotgan xalqlar, xalqaro tashkilotlar va davlatlarga o'xshash tuzilmalar;

  3. xalqaro huquq obyekti moddiy va nomoddiy boyliklar (manfaatlar), ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va boshqa harakatlar yoki harakatlardan tiyilish;

  4. norma ijodkorligining o'ziga xosligi — xalqaro huquq subyektlari xohish-irodasini muvofiqlashtirish, xalqaro majburiyatlarni ixtiyoriy qabul qilish yo'li bilan tuziladi;

  5. norma realizatsiyasining o'ziga xosligi ixtiyoriy va erkin bajariladi, xalqaro qonunchiiik buzilishi natijasida individual va kollektiv majburiy choralar qo'llashni o‘z ichiga oluvchi xalqaro javobgarlik alohida belgilanadi.


Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling