Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet5/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

ta’minlash - xalqaro huquq javobgarlik haqidagi normalami ham o‘z ichiga oladi, ushbu funksiya xalqaro huquqning,umum tan olingan normalariga xalqaro huquq subyektlari tomonidan rioya qilinishini ta’minlaydi. Xalqaro majburiyatlar buzilganiigi uchun xalqaro huquq subyektlariga xalqaro huquq yo‘l qo‘yadigan javobgarlik choralari va sanksiyalami qo‘llash mumkin;

5) axborot-tarbiya - davlatlar tomonidan to‘plangan tajribalami bir- biriga yetkazish, kishilarning o‘z huquqlarini xalqaro darajada himoya qilish, kishilami qadriyatlar va inson manfaatlariga rioya qilish ruhida tarbiyalashdan iborat.
Xalqaro huquqning o‘ziga xos xususiyatlari
Xalqaro huquq milliy huquq bilan bir qatorda turuvchi alohida huquq sohasi hisoblanadi. Xalqaro huquqning o‘ziga xos xususiyat'ari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
]. Xalqaro huquq xalqaro xarakterdagi ijtimoiy munosabatlarni, davlatlar chegarasi doirasiga kiradigan va davlatlarning ichki vakolatlariga kirmaydigan munosabatlarni tartibga soladi.

  1. Xalqaro huquq nonnalari xalqaro hamjamiyat ishtirokchilarining teng huquqliligiga asoslangan holda xalqaro huquq subyektlari tomonidan yaratiladi.

  2. Xalqaro-huquqiy nonnalarning bajarilishini ta’minlash xalqaro huquq subyektlarining o‘zlari tomonidan amalga oshiriladi (alohida xalqaro-huquqiy javobgarlik instituti orqali yoki kollektiv - BMT Xalqaro Sudi, BMT Xavfsizlik Kengashi sanksiyasi. turli qo‘rnita va komissiyalar orqali)

  3. Xalqaro huquq manbalari xalqaro huquq subyektlari tomonidan xohish-irodani muvofiqlashtirish yo'li bilan xalqaro shartnoma va xalqaro odat shaklida yaratiladi.

  4. Xalqaro huquq subyektlari suveren davlatlar, c‘z mustaqilligi uchun kurashayotgan millatlar va xalqlar, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar, davlatga o'xshash tuzilmalar.

Yuqoridagi xususiyatlar xalqaro huquq tizimini ichki davlat huquqi tizimidan tubdan ajratib turadi.
Xalqaro huquqning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri, uning normalari aynan xalqaro huquq subyektlari tomonidan yaratiladi. Xalqaro shartnoma va xalqaro odat xalqaro huquq normalarini yaratishning asosiy ikki yo‘li hisoblanadi.
Xalqaro huquq normalari rang-barang sanksiyalardan iborat boTishi, ya’ni huquqbuzarga taqiq qo'yish, majburlov choralari shular jumlasidan. Masalan, BMT Ustavining 41-moddasiga muvofiq huquqbuzarga Xavfsizlik Kengashi qarori bilan turli xildagi sanksiyalar qo‘llanilishi mumkin: iqtisodiy munosabatlarni, temiryo‘1, dengiz, havo, pochta, telegraf, radio va boshqa aloqalami to‘liq va vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yish, shuningek diplomatik aloqalami uzish va boshqalar.
Xalqaro huquq tizimi
Huquq tizimiga umumiy ma’noda ta’rif beriladigan bo‘isa; bu ijtimoiy munosabatlaming xarakteri bilan bog1 liq bo'lgan huquqning ichki tuzilishi bo‘lib, u huquq nonnalari, huquq institutlari va huquq sohalarining qat’iy ilmiy izchillikda joylashgan tartibi. Shunday ekan, xalqaro huquq tizimini o‘rnatish uchun uning elementlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlami o'rganish. boshqacha aytganda, uning ichki tuzilishini belgilab olishi lozim.
Xalqaro huquq murakkab tizimdan iborat bo‘lib, bir lomondan, u umume’tirof etilgan norma-prinsiplar yig'indisi hisoblansa, boshqa tomondan tartibga solish predmatiga muvofiq keluvchi normalar yig'indisidan iborat sohalarni o‘z ichiga olgan.
Xalqaro huquq tizimi — xalqaro-huquqiy munosabatlami tartibga soluvchi bir-biriga bog'liq norma va prinsiplar уig'indisi.
Hozirgi zamon xalqaro huquqining yadrosi, uning “konstitutsiyasi” xalqaro ommaviy huquqning asosiy prinsiplari hisoblanadi. Asosiy prinsiplar — universal xarakter kasb etuvchi va yuqori yuridik kuchga ega bo'lgan muhim xalqaro-huquqiy normalar. Ular butun xalqaro-huquqiy tizimni, boshqa barcha xalqaro-huquqiy normalarni, shuningdek asosiy prinsiplarga mos bo'lgan xalqaro huquq subyektlarining harakatlarini qamrab oladi.
Xalqaro huquq tizimiga, bir tarafdan umumiy prinsiplar va yuridik normalar, boshqa tarafdan bir turdagi sohalar va ichki sohaviy instirutlar va normalar kiradi.

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling