Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet1/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018


DARSLIK


XALQARO
HUQUQ
0‘ZBEKISTON RESPUBL1KASI ADLIYA VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI



XALQARO HUQUQ
DARSLIK
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
tomonidan “Yurisprudensiya” yo
:nalishi bo'yicha ta’lim oladigan
talabalarga darslik sifatida tavsiya etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2017-yil 24-avgustdagi 603-sonli buyrug*iga asosan talabalar uchun darslik sifatida chop etishga tavsiya etilgan.
KBK:67.412
X22
Xalqaro huquq. Darslik. Mas’ul muharrir y.f.n., prof. G.Yuldasheva // Mualliflar janioasi.-T.: TDYU nashriyoti, 2018. - 450 bet.
Mualliflar janioasi: y.f.n., prof. G.Yuldasheva (1, II, Hi, X boblar), y.f.n. SU.Raxmonov (IV bob), N.Gafurova (V, VI boblar), y.f.n., dots. N.Nugmanov (VII, XV] boblar), y.f.n., dots. A.Muminov (VIII bob), J.Jumaniyazov (IX bob), F.Fazilov (XI bob), Z.Borsiyeva (XII bob), B.Xudaybergenov (XIII, XVII, XVIII boblar), y.f.n., dots. N.Rajabov (XIV bob), y.f.n. D.Umarxanova (XV bob).
Taqrizchilar:
B.lsmoilov - Yuristlar malakasini oshirish markazi kafedra mudiri, y.f.d.
X.Yunusov - JIDU, YUNESCOning “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi dotsenti, y.f.n.
O;zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yiI 28-iyundagi “Yuridik kadiiar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-1990-sonli va 2017-yil 28-apreldagi “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-2932-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash, talabalarda Xalqaro huquq fani ho'yicha nazariy bilimlami va xalqaro huquq normalarini qo'llashga doir ko'nikmalarni shakllantirish maqsadida ushbu darslik ishlab chiqildi.
Darslikda xalqaro huquqning asosiy tushunchalari, normalari, prinsiplari, manbalari, subyektlari, xalqaro huquqda aholi va hudud masalalari, shuningdek hozirgi zamon xalqaro ommaviy huquqining asosiy sohalari, ya’ni xalqaro shartnomalar huquqi, xalqaro tashkilotlar huquqi, diplomatik va konsullik huquqi, inson huquqlari bo'yicha xalqaro huquq, xalqaro gumanitar huquq, xalqaro iqtisodiy huquq, xalqaro ekologiya huquqi, xalqaro jinoyat huquqi, xalqaro havo huquqi, xalqaro xavfsizlik huquqi kengyoritib berilgan.
Cshbu darslik bakalavriat bosqichi 5380100 Yurisprudensiya yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan.
MUNDARIJA

XALQARO HUQUQ 3
DARSLIK 3
MUNDARIJA 3
KIRISH 12
I BOB. HOZIRGI ZAMON XALQARO HUQUQI TUSHUNCHASI, PREDMETI VA TIZIMI 14
Xalqaro huquq tushunchasi “• . 14
Xalqaro huquq predmeti, maqsadi va mohiyati 16
Xalqaro huquq funksiyalari . I 18
Xalqaro huquqning o‘ziga xos xususiyatlari 19
Xalqaro huquq tizimi 19
Xalqaro huquq va milliy buquqning o'zaro munosabatlari 22
Xalqaro ommaviy huquq va xalqaro xususiy huquq 25
Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 27
II BOB. XALQARO HUQUQ NORMALARI VA MANBALARI 28
Xalqaro huquq normalari 28
1.Yuridik kuchi ho'yicha: 30
2.Amal qilish doirasi ho'yicha: 30
Xalqaro huquq manbalari tushunchasi 31
Xalqaro odatlar 33
Xalqaro shartnomalar 35
Madaniyatli millatlar tomonidan tan olingan xalqaro huquqning umumiy prinsiplari 36
Sud qarorlari 38
Xalqaro - huquqiy ta’limot (doktrina) 39
Xalqaro tashkilotlarning hujjatlari 40
Ill BOB. XALQARO HUQUQNING ASOSIY PRINSIPLARI 43
Davlatlarning suveren tengligi prinsipi 46
Zo'ravonlik tahdididan yoki xalqaro munosabatlarda uni qo'llashdan o'zini tiyish prinsipi 48
Xalqaro nizolarni finch yo‘l bilan hal etish prinsipi 51
Boshqa davlatlarining ichki vakolati hisoblangan ishlariga aralashinaslik prinsipi 53
Davlatlarning bir-birlari bilan hamkorlik qilish majburiyati 56
Xalqlarning o‘z taqdirini o'zi belgilash va ularning teng huquqliligi prinsipi 58
Davlat chegaralarining mustahkamligi prinsipi 60
Davlatlarning hududiy hutunligi prinsipi 62
Inson huquqlari va lining asosiy erkinliklarini hurmat qilish prinsipi 63
Xalqaro majburiyatlarni vijdonan bajarish prinsipi 64
Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 66
IV BOB. XALQARO HUQUQ SUBYEKTLARI 68
Xalqaro huquq subyektliligi tushunchasi va mazmuni 68
Xalqaro huquqning hiriamchi va ikkilamchi subyektlari 70
Davlat xalqaro huquqning subyekti sifatida 71
Oddiy (unitar) va murakkab davlatlarning xalqaro huquq subyektliligining o'ziga xos xiisusiyati 73
Doimiy betaraf (neytral) davlatlaming huquq subyektliligi 74
Millat va xalqlaming xalqaro huquq subyektliligi 75
Davlatga monand tuzilmalarning xalqaro huquq subyektliligi masalaiari 77
Jismoniy (individ) va yuridik shaxslarning xalqaro huquq subyektliligi to‘g‘risidagi masalalar 81
Xalqaro huquqda tan olish va huquqiy vorislik 84
Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 86
Fuqarolik va fuqarolikka ega bo'lish 88
Fuqarolikni yo'qotish va fuqarosizlik 93
Qochoqlar maqomi 98
Boshpana huquqi 99
Nazorat savollari: 100
Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 100
VI BOB. XALQARO HUQUQDA HUDUD 101
Xalqaro huquqda hudud tushunchasi 101
Davlat hududi 103
Xalqaro huquqda hududiy o'zgarishlar 105
Hududiy nizolar 106
Davlat chegaralari 107
Xalqaro daryolar 110
Xalqaro kanallar 112
Antarktikaning xaiqaro huquqiy rejimi 113
Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 114
VII BOB. XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQI 116
Xalqaro shartnomalar huquqini vujudga kelishi 116
Xalqaro shartnomalar huquqi tushunchasi va predmeti 118
Xalqaro shartnomalar huquqi subyektlari 119
Xalqaro shartnomalami tasniflanishi va tarkibi 120
Xalqaro shartnomani tuzish 122
Xalqaro shartnomaning majburiyligiga rozilik bildirish 126
Xalqaro shartnomalarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish 130
Xalqaro shartnomalaming vaqt va hudud bo‘yicha amal qilishi 134
Shartnomaning vaqt bo‘yicha amal qilishi. 134
Xalqaro shartnomalarni tatbiq qilish 136
Xalqaro shartnomani haqiqiy emas deb topish, amal qilishini tugatish va to‘xtatib turish 138
Kazus: 151
VIII BOB. XALQARO TASHKILOTLAR HUQUQI 152
Xalqaro tashkilotlarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va zamonaviy xalqaro-huquqiy munosabatlarda ularning ahamiyati 152
“Xalqaro tashkilot” va “xalqaro tashkilotlar huquqi” tushuncbalari 156
Xalqaro tashkilotlar klassifikatsiyasi 160
Xalqaro tashkilotlarning xalqaro-huquqiy maqomi 172
Xalqaro hukumatlararo tashkilotlarda a'zolik 175
Xalqaro tashkilotlarning organlari 179
O'zbekistonda xalqaro tashkilotlar huquqi shakllanishi va rivojlanishining nazariy jihatlari 181
Nazariy savollar: 185
Kazus 1. 185
Kazus 2. 185
Kazus 3. 186
Kazus 4. 186
Tavsiya etilayotgan adabiyotlar: 186
IX BOB. XALQARO-HUQUQIY JAVOBGARLIK 188
Xalqaro-huquqiy javobgarlik tushunchasi 188
Xalqaro-huquqiy javobgarlik subyektlari 189
Xalqaro huquqbuzarlik tushunchasi 192
Xalqaro huquqbuzarlik turlari va ular uchun javobgarlik asoslari 193
Xalqaro-huquqiy javobgarlik turlari va shakllari 198
Kazuslar 214
Tavsiya etiladigan adabiyotiar 215
X BOB. DIPLOMATIK VA KONSULLIK HUQUQI 217
Diplomatik huquq tushunchasi, predmeti va tizimi 217
Diplomatik huquqning manbalari 219
Davlatlarning tashqi aloqa organlari tizimi hamda diplomatik immunitetva imtiyozlari 226
Maxsus missiya huquqi 233
Konsullik huquqi tushunchasi va manbalari 237
Konsullik muasasalarining funksiyalari 239
Nazorat savollari: 240
Kazus 1. 240
Kazus 2. 241
Tavsiya etiladigan adabiyotlar 241
XI BOB. INSON HUQUQLARI BO‘YICHA XALQARO HUQUQ 242
Inson huquqlari bo'yicha xalqaro huquq tushunchasi 242
Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro huquqning asosiy manbalari va prinsiplari 243
IHXH ASOSIY TAMOYILLARI: 245
Inson huquqlari bo‘yicha BMT Kengashi 246
Universal davriy sharh bosqichlari: 248
BMT Xavfsizlik Kengashi 248
BMT Xalqaro Sudi 249
BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi 250
BMT Kotibiyati 250
Inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha shartnomaviy (konvensiyaviy) organlar 250
1.Inson huquqlari bo'yicha qo'mita 251
2.Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar bo'yicha qo'mita 251
3.Irqiy kamsitishni bartaraf etish bo'yicha qo'mita 251
4.Xotin-qizlarni kamsitishlarga barham berish qo’mitasi 252
5.Qiynoqlarga qarshi qo’mita 253
6.Bola huquqlari bo'yicha qo'mita 253
7.Barcha mehnatkash-migrantlar va ularning oila a’zolari huquqlarini himoya qilish qo'mitasi 254
8.Nogironlar huquqlari qo'mitasi 254
9.Barcha shaxslarni zo'rlik ostida g'oyib bo'lishdan himoya qilisb bo'yicha qo'mita 255
10.Qiynoqlarning oldini olish quyi qo'mitasi 255
Amerika davlatlari inson buquqlarini bimoya qilish tizimi 264
Inson huquqlarini himoya qilishning Afrika tizimi 265
Islom davlatlarida inson huquqlarini himoya qilish 267
Kazus 1. 269
Kazus 2. 269
Tavsiya etiladigan adabiyotlar 270
XII BOB. XALQARO GUMANITAR HUQUQ 272
Xalqaro gumanitar huquq (XGH) tushunchasi va uning ahamiyati 272
Xalqaro gumanitar huquq tushunchasi, asosiy prinsipiprining shakllanishi va rivojlanishi 273
Xalqaro gumanitar hiiquqni qn'llash sohasi 279
Zamonaviy xalqaro gumanitar huquq manbalari 288
Kombatantlar va fuqaro shaxslar o'rtasidagi asosiy farqlar 293
Harbiy harakatlarni olib borishning taqiqiangan usullari va vositalari 295
Urush jabrdiydalari va ftiqaro obyektla ruing xalqaro-buquqiy himoyasi 296
Harbiy asirlarning himoyasi tartibi 297
Nazorat savollari: 299
Kazus. 300
Xalqaro iqtisodiy huquq tushunchasi va subyektlari 300
Xalqaro iqtisodiy huquq manbalari va taraoyillari 301
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar 307
Xalqaro savdo huquqi 308
JST faoliyatining asosiy yo‘nalishlari: 309
Xalqaro moliya huquqi 310
Xalqaro investitsiya huquqi 312
Nazorat savoila ri 314
Kazus 1. 314
Kazus 2. 314
Foydalanilgan adabiyotlar 315
Xalqaro ekologiya huquqi tushunchasi va o'ziga xos xususiyatlari 316
Xalqaro ekologiya huquqining prinsiplaii 319
Xalqaro ekologiya huquqining manbalari 322
Xalqaro ekologiya huquqida xalqaro tashkilotlarning o‘rni va ahamiyati 325
Xalqaro ekologiya huquqida javobgarlik masalalari 331
Nazorat savollari: 333
Kazus 1. 333
Kazus 2. 333
Tavsiya etiladigan adabiyotlar 334
XV BOB. XALQARO JINOYAT HUQUQI 336
Xalqaro jinoyat huquqi tushunchasi 336
Xalqaro jinoyat huquqining manbalari 337
Xalqaro jinoyat turlari 347
Xalqaro jinoyat sudlari 355
Davlatlarning jinoyat ishlari bo'yicha xalqaro hamkorligi 360
Korrupsiyaga qarshi kurashda xalqaro tashkilotlarning roli 363
Kazus 1. 383
Mavzu yuzasidan iavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati 383
XVI BOB. XALQARO AXBOROT HUQUQI 385
Xalqaro axborot huquqi tushunchasi 385
Axborot tarqalishining texnik jabhalarini xalqaro-huquqiy jihatdan tartibga solish 387
Ommaviy axborot mazmunining xalqaro-huquqiy reglamentatsiyasi 391
Xalqaro axborot huquqining sohaviy tamoyillari 393
Jumalistlarning xalqaro-huquqiy maqomi 394
Havo kengiiklari tushunchasi 396
Xalqaro havo huquqi —havo aloqalarini tartibga soluvchi normalar tizimi 397
Xalqaro parvozlarni tartibga solishning o'ziga xos xususiyatlari 400
Havo kengliklarida yo‘Iovchi va yuk tashishning xalqaro-huquqiy jihatla ri 405
Xalqaro ko'lamda fuqaro aviatsiyasi xavfsizligini ta'minlash 412
Nazorat savollari 419
Kazus 419
Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 419
Xalqaro xavfsizlik huquqi tushunchasi va paydo ho‘lishi 421
Xalqaro xavfsizlik huquqining maqsadi va tamoyillari 424
Yalpi xavfsizlik tushunchasi va ta’minlanishi 425
Mintaqaviy xavfsizlik 429
Qurolsizlanish va qurollarni cheklash 433
Kazus 439
Foydalanilgan adabiyotlar 439
Glossariy: 440
XALQARO HUQUQ 449
DARSLIK 449

KIRISH
Hozirgi paytda dunyodagi barcha davlatlar qayerda joylashishidan qat:i nazar, bir-biri bilan bir qancha shartnomalar, bitimlar, majburiyatlar, diplomatik, savdo, konsullik va hoshqa xalqaro munosabatlarga kirishgan.
Xalqaro huquq mustaqil huquqiy nonnalar tizimidan tashkil topib, iqtisodiy va ijtimoiy tuzilishi turlicha bo'lgan davlatlar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Barcha davlatlar, ularning katta- kichikligidan, jo‘g‘rofiy joylashishidan, iqtisodiy rivojlanish darajasidan qat'i nazar, xalqaro munosabatlarning teng huquqli ishtirokchilari, xalqaro hamjamiyatning teng huquqli a’zolari hisoblanadi.
0‘zbekiston Respublikasi xalqaro huquqning teng huquqli subyektiga aylanishi bilan o'zining mustaqil tashqi siyosatini amalga oshirib kelmoqda va uning huquqiy asoslari va mexanizmlari joriy etildi.
2012-yil 10-sentabrda 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan “0‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingan bo‘lib, unda 0‘zbekiston Respublikasi manfaatlaridan kelib chiqqan holda xalqaro munosabatlar zamonaviy tizimining transformatsiyasiga baho berilgan va mamlakatning asosiy maqsadlari, prinsiplari, vazifalari, tashqi siyosatining ustuvor yo'nalishlari belgilab o'tilgan.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF—4947-sonli Farmoni 1-ilova bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida 0‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati bilan bog’liq quyidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilandi:
— chuqur o'ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar sifatida davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash;
- mamlakatning xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyekti sifatidagi o‘mi va rolini oshirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo’shnichilik muhitini shakllantirish, 0‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash;
- mamlakatda olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida jahon hamjamiyatiga xolis axborot yetkazish, O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarini hal etish.
Xalqaro huquqni qo'llash doirasi yildan yifga kengaymoqda. Atom energiyasining kashf etilishi, o‘ta kuchli muzyorar kemalarning. tovushdan tez uchadigan havo kemalarining paydo bo‘lishi, yer sun’iy yo’ldoshining, kosmik kernalar va orbital stansiyalarning parvozi va boshqa fan-texnika taraqqiyoti natijasida xalqaro huquq oldida yangidan yangi muammoli masalalar paydo bo'ldi. Bu uikan yutuqlar behisob boyliklar yashirinib yotgan dengiz tubi, qutbdagi joylari, shuningdek dunyo okeanini o’zlashtirish va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro huquqiy rejim o'rnatish zaruratini belgilaydi.
Xalqaro tashkilotlar hozirgi xalqaro munosabatlarda muhim rol o'ynamoqda. Bunday tashkilotlar orasida dunyodagi deyarli barcha davlatlar a’zo bo’lgan, butun dunyoning universal tashkiloti — Birlashgan Millatlar Tashkiloti muhim o’rinni egallaydi. Unga 193 davlat a’zo. Tashkilotning yuridik negizi - BMT Ustavi hozirgi zamon xalqaro huquqining o‘ziga xos kodeksi deb asosli ravishda e’tirof qllingan.
Xalqaro huquq normalarining ichida agressiya, aparteid, genotsid va xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurash, qurollanish, ommaviy qirg’in qurollarini va boshqa yadroviy qurollami taqiqlashda davlatlar hamkorligini tartibga soladigan normalar alohida o‘rin tutadi.
Muallifar jamoasi tomonidan tayyorlangan ushbu darslik hozirgi zamon xalqaro huquqi masalalariga bag‘ishlangan. unda ushbu fanning umumiy tavsifl, tizimi, manbalari, prinsiplari, tartibga solish predmeti va mavzulari, xalqaro huquq normalarini amalga oshirish mexanizmlari, mazkur fan sohasi va huquq tizimining rivojlanish yo’nalishlari bayon etilgan.
Darslikni o’rganish jarayonida talabalar, xalqaro huquq sohasida umumiy bilimlarga ega bo’lishi bilan birga, 0‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o‘rni haqida ham amaliy misollar yordamida tasavvurga ega bo’ladi.
Ushbu darslikning yana bir o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, xalqaro huquq ilmini chuqurroq o’rganish uchun darslikdagi ma’lumotlar bilan bir qatorda mualliflar tomonidan har bir mavzu doirasida amaliy misollar, atainalar (glossariy), nazariy va muammoli savollar hamda kazuslar berilgan.
I BOB. HOZIRGI ZAMON XALQARO HUQUQI TUSHUNCHASI,
PREDMETI VA TIZIMI

Xalqaro huquq tushunchasi. Xalqaro huquq predmeti, maqsadi va mohiyati. Xalqaro huquq funksiyalari. Xalqaro huquqning o‘ziga xos xususiyatlari. Xalqaro huquq tizimi. Xalqaro huquq va milliy huquqning o'zaro munosabatlari. Xalqaro ommaviy huquq va xalqaro xususiy huquq.
Xalqaro huquq tushunchasi “• .
“Xalqaro huquq” tushunchasiga ta’rif berish, ya’ni bu hodisaning mazmunini yoritish huquq fani va huquq nazariyasi, xususan, xalqaro huquq (doktrinasi) fani va uning tarkibiy qismi - xalqaro huquq nazariyasining muhim vazifasi hisoblanadi.
Xalqaro huquq - davlatlar va boshqa xalqaro huquq subyektlari xohish-irodasini muvofiqlashtirish yo‘li bilan vujudga keladigan, ular o'rtasidagi turli munosabatlami tartibga soladigan, xalqaro huquq subyektlari tomonidan xalqaro majburiyatlami vijdonan bajarilishini ta’minlashga xizmat qiladigan xalqaro shartnomalar va odat normalari tizimi, umum tan olingan prinsiplar уig‘indisi.
Xalqaro huquq subyektlari. ya’ni davlatlar, xalqlar, xalqaro tashkilotlar ishtirok etadigan munosabatlarda ulaming harakatlari xalqaro huquq bilan tartibga solinadi, individual xarakter kasb etmaydi. Xalqaro huquq nazariy jihatdan xalqaro ommaviy huquq va xalqaro xususiy huquq shaklida o'rganiladi. Biroq adabiyotlarda “xalqaro ommaviy huquq” tushunchasi o'rnida “xalqaro huquq” atamasi keng qo’llaniladi'.

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling