Xalqaro innovatsion universiteti iqtisodiyot va aniq fanlar kafedrasi


Nurota tog'- yong'oqzor davlat qo'riqxonasi


Download 1.42 Mb.
bet34/43
Sana30.04.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1415808
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43
Bog'liq
Ekologik madaniyat va barqaror taraqqiyot asoslari majmua.

Nurota tog'- yong'oqzor davlat qo'riqxonasi Nurota tog'-syerhosil yong'oqzor davlat qo'riqxonasi 1975 yil 4 dekabrda 530-qarorga binoan tashkil etilgan. Tashkil etilgan vaqtda qo'riqxona may doni 22537 gektami qamragan. Uning ilk may doni 1976-1987 yillar oralig'ida viloyatlararo chegaralami va qo'riqxona chegaralarini aniqlash bilan bog'liq holda bir necha marta o'zgartirgan. 1979 yilda qo'riqxona maydoni rasman 22138 gektar deb tan olingan. 1990 yilda qo'riqxona maydoni qisqartirilib, hozirgi kunda 17752 gektami tashkil etadi. 1986 yilda 15322 gektar maydondagi himoya hududi tashkil etildi. Nurota tog'-syerhosil yong'oqzor qo'riqxonasi Jizzaxning shimoliy qismida joylashgan bo'lib, Navoiy va Samarqand viloyatlari bilan chegaradoshdir. Qo'riqxonaning markaziy binosi va idorasi Yangiqish10q yaqinida joylashgan. Qo'riqxonaning maydoni Forish va Nurota tumanlarida bo'lib, dengiz sathidan 530 metrdan 2169 metrgacha balandlikdajoylashgan. Qo'riqxona iqlimi kontinental bo'lib, yozda quruq va issiq, qishda sovuq. Bu yerdagi o'rtacha yillik harorat 15,20 S, yanvardagi o'rtacha harorat 1,8° S ni; past harorat esa 32° S ni tashkil etadi. Yozda o'rtacha harorat 430 S ni tashkil etadi. Nurota qo'riqxonasi Nurota past tekisligida joylashgan. Qo'riqxonaning tog'li relefi o'ta murakkab. Nurota tog' tizmalaridagi tog'laming balandligi juda baland emas, tog'ning eng yuqori cho'qqisi Hayatboshi bo'lib, 2169 metmi egallaydi. Nurota tog'idagi Nurota tizmasi eng yirik tizmadir. Nurota tizmasidagi qoyalar 35 %, qiyaliklar 50 %, adirlar 13 % va daryo vohalari 2 % ni tashkil etadi. Qazib olingan yer osti boyliklari orasida turli foydali qazilmalar mavjud. Bu yerda yirik marmar qazib olinadigan joylar bor. Qo'riqxonaning tuprog'i birbiridan tubdan farq qiladi. Past qoyalarda to'q kulrang tuproq bo'lib, tarkibidagi chirindi yuqori darajada ega. 1000 metr yuqoridagi tuproqlar jigarrang, chirindisi kam toshlari ko'p.
Surxon davlat qo'riqxonasi. Surxon davlat qo'riqxonasi O'zSSR Vazirlar mahkamasining 445 qaroriga binoan 1986 yil 8 sentyabrda tashkil etilgan. Surxon davlat qo'riqxonasi Surxondaryo viloyatining Shyerobod tumanining shimoliy sharqida joylashgan. Bu qo'riqxona 2 maydondan Payg'ambarorol va Kuchitangitovdan iborat. Payg'ambarorolning umumiy maydoni 3092 gektar, 1986 yil Kuchitangitov Payg'ambarorolga qo'shilib 24554 gektami tashkil etgan. Qo'riqxona maydoni Pomir-Oloy tog' tizmasida dengiz sathidan 150-3150 m balandlikda joylashgan. Surxon davlat qo'riqxonasi umumiy maydoni 24538 gektar qismi Surxondaryo viloyatining Shyerobod tumanida joylashgan. Surxon davlat qo'riqxonasining iqlimi o'zgaruvchan bo'lib, qishda quruq va sovuq havo oqimi Sibirdan va Sharqiy Evropaning markaziy tumanlaridan keladi. O'rtacha oylik harorati qishda 2 dan 3,50 S gacha, yozda maksimum harorat 32 dan 450 S gacha bo'ladi. Maydonning katta qismida jigarrang tuproq bo'lib, jigarrang karbonatli tuproqlar 2-4 % gacha chirindiga ega. Yuqori hududda 2000 metr balandlikda tuproqlar 5-12 % chirindiga ega. Hozirgi kunda Kuchitangitovda esa 578 turli o'simliklar mavjud. Shundan 22 turga yaqini Respublikaning «Qizil kitobi» ga kiritilgan. QO'riqxona maydonida doimiy va vaqtinchalik suv havzalari mavjud bo'lib, mayda irmoqlardan tashkil topgan. Ulaming yirikrog'i Laylak irmog'i bo'lib, boshlang'ich nuqtasi qo'riqxonaning shimoliy chegarasidir. Bu irmoq suvi Boysunning Katak qishlog'ida to'xtaydi. Qo'riqxona hududida 7 xii maydon ajratilgan: 1. Archazorlar. Ushbu maydon ko'p archa poyasiga ega bo'igan o'rmonzorlar bilan tavsiflanadi. O'rmonzordagi daraxtlar ostida o'suvchi tikanli bodom, namatak, tog' qizilchasi kabi o'simliklardan iborat, ular yakka-yakka yoki qalin bo'lib o'sadi. Tog' butalari, tikanli bodom, namatak, tog' qizilchasi va boshqalardan iborat. 2.Tog' butalari maydoni. Ular tarkibiga tikanli bodom, kurchavka, namatak, tog' qizilchasi kiradi. Etarlicha balandlikda butazorlar qalin o'sib himoya va yashirinish uchun maydonlar hosil qiladi va bo'ri, tulki, bo'rsiq, to'ng'iz, quyon va boshqa hayvonlar uchun uya qurishga sharoit yaratadi. Yong'oqzorlar maydoni umumiy maydonning 20 % dan kam bo'lmagan hududni tashkil qiladi. Bu yerda Buxoro bodomi, oddiy yong'oq, olma, oJcha, do'lana va boshqalar o'sadi. Ushbu daraxtlarning bo'lishi ko'pdan ko'p hayvonlarning ozuqa bazasida ahamiyatini belgilaydi. 3. Cho'l maydoni. Bu hududga cho'l va o'tzorlar kiradi. 4. Kam uchraydigan yoki umuman o'smaydigan buta va daraxtlar kirishi mumkin. 5. Qoyalar. Bu maydonda yalang'och qoyalar yoki yirik o'pirilishlardan hosil bo'lgan toshlardan iborat daraxt va butalar bu maydonda o'smaydi yoki bitta yarimtasi uchrashi mumkin. O'tlar ma'lum joylardagina o'sadi. Ba'zi joylarda esa o'rtacha qalinlikda o't qoplamlari uchraydi. 6. Toshloqlar. Toshloqlar kichik jarlardan yalong'och toshli qoyalardan va soya tushgan toshlardan iborat. Daraxt va butalar bu yerda o'smaydi, o't qoplami esa 20%dan oshmaydi. 7. Foydalaniladigan yerlar: Qurilishlar, ko'chalar, uylar.

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling