Xalqaro innovatsion universiteti iqtisodiyot va aniq fanlar kafedrasi
Download 1.42 Mb.
|
Ekologik madaniyat va barqaror taraqqiyot asoslari majmua.
Ekologik nisha. Biogeotsenozdagi barcha tur populyatsiyalari organik
moddalami hosil qiluvchi, iste’mol qiluvchi va to‘plovchilar sifatida faollik ko‘rsatadi. Biogeotsenozda turlaming bunday faollik ko‘rsatishi ekonisha deb ataladi. Ch. Eltonning ta’rifiga ko‘ra, ekonisha turning tirik organizmlar orasida tutgan o‘mi, uning ozuqa va dushmanlarga boigan munosabatidan iborat. Ekonisha hududiy m a’noda qaralmay, balki biotsenozda organizmlaming funksional holatini ifodalaydi. Biror tur (populyatsiya) ning u yoki bu ekonishaga mansub ekanligi, awalo, ushbu organizmning oziqlanish xarakteri, ozuqani topishi kabilarga bog‘liq. Masalan, har qanday yashil o'simlik biogeotsenozda bir necha ekonishalaming hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Ular orasida ildiz, barglaming to‘qimalari bilan oziqlanuvchi yoki gullari, mevalari, ildizdan ajralib chiqadigan moddalar bilan oziqlanuvchi turlar boiishi mumkin. Har bir ekonisha turlar tarkibi xilma-xil boigan organizmlar gumhini birlashtiradi. Masalan, ildiz bilan oziqlanuvchilarga nematodlar, ba’zi bir qo‘ng‘izlaming lichinkalari kirsa, o‘simlik shirasini so‘ruvchi ekonishaga esa o‘simlik bitlari va qandalalar kiradi. Yuqoridagi ekonishalar ham o‘z navbatida mayda birliklarga boiinib ketishi mumkin. Dashtlardagi biotsenozlarda ko'pchilik hayvonlar o‘t o'simliklar bilan oziqlanadi. Bular tuyoqlilar (otlar, qo‘ylar, antilopalar, sayg'oqlar). kemiruvchilar, sug‘urlar, yumronqoziqlar va ko'pchilik sichqonsimonlardir. Ularning hammasi o‘txo’r hayvonlar bo‘lsa-da, doimo o‘t o‘simliklar qoplamining turli qismlarini iste’mol qiladi. Masalan, tuyoqlilar bo‘yi baland to‘yimli o‘tlami tanlab oladi, shu yeming o‘zida yashovchi sug‘urlar tuyoqlilar iste’mol qilmagan o‘tlar bilan oziqlanadi. Yumronqoziq kabi bir oz kichikroq hayvonlar esa o‘t o‘simliklar qoplami ancha ezilgan va tuyoqlilar, sug‘urlardan qolgan o‘tlarni yig‘adi. Shunday qilib, jamoadagi ushbu uch guruhdagi o‘txo‘r hayvonlar o'rtasida o‘t o‘simliklar biomassasidan foydalanish tartibi va chegarasi kelishib olingan desak bo‘ladi. Bu yerdabir ekonisha ikkinchisini to‘ldiradi, natijada biomassadan to‘liq foydalanish kuzatiladi. Tabiatda ba’zan turlaming bir ekonishadan ikkinchisiga ko‘chib o‘tishi kuzatiladi. Bu hodisa biogeotsenozdagi sharoitning o‘zgarishi bilan bog‘liq boiib, moslanish xarakteriga egadir. Nazorat va muhokama uchun savollar 1. Muhit deb nimaga aytiladi? 2. Ekologik omil deganda nimani tushunasiz? 3. Ekologik omillarni tasniflab bering. 4. Suv va tuproq muhit sifatida qanday ahamiyalga ega? 5. Biologik maromlar va ularning tabiatdagi ahamiyati haqida gapiring. 4- Ma’ruza mashg’uloti: Ekologik madaniyat asoslari. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling