Xalqaro iqtisodiy munosabatlar”
yilning yanvar-dekabrida Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi mamlakatlarining asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichlari
Download 1.72 Mb.
|
0-1a-11 guruh Turdiyev Z 97-2003
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qozogiston 105, 2
- Qirgiziston 110,5 134,3 102,9
- Tojikiston 107,4 103,9 107,6
- Turkmaniston 2
- Ozbekiston 108,0 108,8 106,8
- 2.3-ilova Протокол ОБ ИНТЕГРАЦИИ ОРГАНИЗАЦИИ «ЦЕНТРАЛЬНО-АЗИАТСКОЕ СОТРУДНИЧЕСТВО» В ЕВРАЗИЙСКОЕ ЭКОНОМИЧЕСКОЕ СООБЩЕСТВО
- Статья 4 Приложения 1 , 2 и 3 к настоящему Протоколу являются его неотъемлемыми частями. Статья 5
- www.uza.uz OzA – Ozbekiston Milliy axborot agentligi
Manba: MDH statistika qo'mitasi va MDH davlatlarining statistika xizmatlari 2.3-ilova Протокол ОБ ИНТЕГРАЦИИ ОРГАНИЗАЦИИ «ЦЕНТРАЛЬНО-АЗИАТСКОЕ СОТРУДНИЧЕСТВО» В ЕВРАЗИЙСКОЕ ЭКОНОМИЧЕСКОЕ СООБЩЕСТВО (Сборник международных договоров Республики Узбекистан, 2007 г., № 2-3) Настоящий Протокол ратифицирован Законом Республики Узбекистан от 2 апреля 2007 г. № ЗРУ-81 «О ратификации Протокола об интеграции Организации «Центрально-Азиатское Сотрудничество» в Евразийское экономическое сообщество». Республика Казахстан, Кыргызская Республика, Республика Таджикистан и Республика Узбекистан, именуемые в дальнейшем Сторонами, в соответствии с Решением Совета глав государств—членов Организации ЦАС от 6 октября 2005 года «О дальнейшем развитии интеграционных процессов на евразийском пространстве», учитывая Решение Межгосударственного Совета ЕврАзЭС (на уровне глав государств) от 25 января 2006 года № 267 «О правовом оформлении интеграции Организации «Центрально-Азиатское Сотрудничество» в Евразийское экономическое сообщество», принимая во внимание Протокол о присоединении Республики Узбекистан к Договору об учреждении Евразийского экономического сообщества от 10 октября 2000 года, подписанный 25 января 2006 года, учитывая совпадение стратегических целей и задач Организации «Центрально-Азиатское Сотрудничество» (ЦАС) и Евразийского экономического сообщества (ЕврАзЭС), принимая во внимание, что практические задачи по созданию интегрированного рынка, программы в водно-энергетической, транспортной, продовольственной и других сферах, стоящие перед Организацией ЦАС, в настоящее время успешно решаются в рамках ЕврАзЭС, действуя в качестве государств—учредителей Организации «Центрально-Азиатское Сотрудничество», согласились о нижеследующем: Статья 1 Заключенные в рамках Организации ЦАС международные договоры, указанные в приложении 1 к настоящему Протоколу, продолжают действовать и могут быть адаптированы в договорно-правовую базу ЕврАзЭС с учетом требований законодательства его государств-членов. Статья 2 Заключенные в рамках Организации ЦАС международные договоры, указанные в приложении 2 к настоящему Протоколу, прекращают свое действие с даты вступления в силу настоящего Протокола. Статья 3 Заключенные в рамках Организации ЦАС международные договоры, указанные в приложении 3 к настоящему Протоколу, продолжают действовать в отношениях между их Сторонами. Статья 4 Приложения 1, 2 и 3 к настоящему Протоколу являются его неотъемлемыми частями. Статья 5 Действие Договора между Республикой Казахстан, Кыргызской Республикой, Республикой Таджикистан и Республикой Узбекистан об учреждении Организации «Центрально-Азиатское Сотрудничество» от 28 февраля 2002 года прекращается с даты вступления в силу настоящего Протокола. Статья 6 Настоящий Протокол вступает в силу с даты получения депозитарием, которым является Министерство иностранных дел Республики Таджикистан, последнего письменного уведомления о выполнении Сторонами внутригосударственных процедур, необходимых для его вступления в силу. Совершено 23 июня 2006 года в городе Минске в одном подлинном экземпляре на русском языке. 2.5-ilova Markaziy Osiyo hududiy iqtisodiy hamkorligi dasturi doirasida 2011-2020 yilgacha amalga oshirilishi maqsad qilingan transport korridorlar 2.5-ilova Rog’un GESini qurilishining mintaqa uchun xavfli jihatlari So‘nggi bir necha yil davomida keng xalqaro jamoatchilik, nufuzli ekologik tashkilotlar vakillari, ko‘pchilik mamlakatlarning suv xo‘jaligi qurilishi sohasida tadqiqotlar bilan shug‘ullanadigan ilmiy-tadqiqot markazlari mutaxassislarining e’tibori Tojikistonning Amudaryoning yuqori qismida quvvati 3600 MVtga teng Rog‘un GESi inshootlari kompleksini qurish loyihasini qayta jonlantirishga doir qaysarona xatti-harakatlari muhokamasiga qaratilmoqda.Avval bir necha marta ta’kidlanganidek, Rog‘un GESini qurish loyihasi keng ko‘lamli jiddiy texnologik, ijtimoiy, ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy tahdid hamda xavflarni keltirib chiqaradi. Ushbu loyihaning amalga oshirilishi nufuzli xalqaro tashkilotlar va mutaxassislar, shuningdek, Amudaryoning quyi oqimida joylashgan mamlakatlarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Bu, avvalo, quyidagi asosiy omillar bilan bog‘liq. Birinchi navbatda, Rog‘un GESi qurilishining har jihatdan xavfsiz gidroinshootlar qurilishini ta’minlash bo‘yicha hozirgi zamon talablariga mutlaqo mos kelmaydigan eski standartlar, qurilish norma va qoidalari bo‘yicha 35-40 yil muqaddam, sovet davriga xos gigantomaniyaga intilishga asoslangan holda ishlab chiqilgan texnik-loyiha yechimlarining bugungi talablarga mutlaqo javob bermasligi bilan izohlanadi. Buni nufuzli mutaxassislar va ekspertlar ham bir necha bor ta’kidlagan. So‘nggi o‘n yilda yirik GESlar barpo etgan quruvchilar (Xitoy Xalq Respublikasidagi “Uch dara”, Rossiya Federatsiyasidagi Sayano-Shushensk va Boguchansk GESlari, Janubiy Amerikadagi yirik GESlar va boshqalar) to‘qnash kelgan keng ko‘lamli muammo va halokatlar bugungi kunda bunday gidroinshootlarga qo‘yilayotgan standart hamda talablar mutlaqo o‘zgargani, buning natijasida ko‘p hollarda bunday inshootlarni qurish masalasini qayta ko‘rib chiqish, to‘xtatish va, hattoki, ulardan voz kechishga sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, sovet davri mutaxassislari Rog‘un GESini loyihalashtirish davridayoq hal etilmay qolgan qator muammoli masalalar yuzasidan zarur texnik yechimlarni topa olmagan edilar. Jumladan, katta miqdordagi suvning to‘g‘on ostida qoladigan yirik tuz qatlamiga (qalinligi 100 metrdan ziyod) muqarrar singishi (filtratsiya) va uning mazkur qatlamga ta’sirini bartaraf etish choralari hal etilmagan, shuningdek, qurilish olib borilayotgan hududdagi tog‘ jinslari massasining tez-tez takrorlanib turadigan xavfli siljishlari hisobga olinmagan. O‘tgan vaqt mobaynida ushbu muammolar yanada murakkablashdi. 1993-yilda Rog‘un GESidagi vaqtinchalik ko‘tarma to‘g‘onda sodir bo‘lgan avariya va mazkur inshootning butunlay vayron bo‘lishi, shuningdek, keyinchalik yuz bergan boshqa bir qator avariyalar ham buni tasdiqlaydi.Ikkinchidan, loyihada jahon amaliyotida misli ko‘rilmagan, balandligi 335 metrlik to‘g‘onni barpo etish ko‘zda tutilgan. Inshootni bir necha marta Rixter shkalasi bo‘yicha 9-10 ballni tashkil qilgan zilzilalar sodir bo‘lgan tog‘li joyda qurish taklif etilmoqda. Rog‘un GESi qurilishi olib borilayotgan maydon Janubiy Tyan-Shan va Hisor-Qoqshol mintaqaviy yorig‘i tizimining bir qismi hisoblangan Vaxsh tektonik yorig‘idagi nisbatan yangi paydo bo‘lgan tog‘ massivlari yaqinida joylashgan. Ushbu zonalar Markaziy Osiyodagi eng faol seysmik hududlar bo‘lib, u yerda 10 ballgacha bo‘lgan zilzilalar muntazam takrorlanib turadi. Tojikistonda o‘tgan asrning birinchi yarmida ro‘y bergan bunday zilzilalar 100 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgan. Misol uchun, 1911-yilda sodir bo‘lgan yer silkinishini esga olaylik. O‘shanda 9 balldan ortiq zilzila Usoy uyumi va 20 milliard kub metr suv sig‘imiga ega Sarez ko‘lining hosil bo‘lishiga olib keldi. Ayni paytda ushbu hududlarda seysmik faollik darajasi yanada oshmoqda. AQSh geologiya xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, Rog‘un GESi qurilayotgan maydon joylashgan Pomir-Hindiqush tog‘ tizmasida bugungi kunda haftasiga sakkiz martagacha zilzila qayd etilmoqda. Tojikistonda o‘rtacha har to‘rt yilda kuchli, har 10-15 yilda esa halokatli zilzilalar ro‘y bermoqda. Ko‘plab ekspertlar ma’lumotlarni tahlil qilish asosida keyingi 10 yil mobaynida ushbu tog‘ massivida kuchli halokatli zilzilalar yuz berishini taxmin qilmoqda. Buni, shu jumladan, tojikistonlik seysmolog olimlarning tadqiqotlari ham tasdiqlaydi.Ayni paytda, bunday katta dambani qurish uchun 80 million kub metr tuproqni ko‘chirish va yotqizish ishlarini bajarish talab etiladi. Buning natijasida suv omborida 14 milliard tonna suv to‘planadi va tog‘ massiviga qo‘shimcha bosim hosil qiladi. Bu esa, shubhasiz,mintaqaning seysmik jihatdan zaifligini oshiradi va shuni ishonch bilan aytish mumkinki, Rog‘un GESi qurilishi natijasida ushbu hududda zilzilalar takrorlanishi yanada kuchayadi.Zilzila yoki texnogen omillar natijasida bunday to‘g‘onning buzilishi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin? Olimlar va muhandislarning fikricha, bunday holda suv omborida to‘plangan 14 kub kilometr suv hosil qiladigan kuchli dinamik bosim katta (soatiga qariyb 500 kilometr) tezlik bilan Vaxsh daryosi oqimi bo‘ylab quyiga 100 metr balandlikdagi shiddatli to‘lqinning, ta’bir joiz bo‘lsa, “yasama sunami”ning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Buning natijasida Nurek GESi to‘g‘oni, Vaxsh kaskadidagi boshqa barcha GESlar va gidrouzellar butunlay vayron bo‘ladi, Nurek, Sarbon, Qo‘rg‘ontepa hamda Rumiy shaharlari butunlay suv ostida qoladi. Boz ustiga, ushbu to‘lqin halokatli harakatini davom ettirib, Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmanistondagi boshqa o‘nlab shaharlar va qishloqlarni supurib ketadi va suvga g‘arq qiladi, mislsiz fojiali oqibatlarni yuzaga keltiradi, yuz minglab odamlar hayotiga zomin bo‘ladi. Uchinchidan, Rog‘un GESi loyihasi Markaziy Osiyo mamlakatlari atrof-muhiti va ijtimoiy-iqtisodiy sohalariga uzoq yillar o‘nglab bo‘lmaydigan darajada katta xavf soladi.Katta gidroinshoot qurilishi mintaqadagi zaif ekologik muvozanatga putur yetkazadi, suv xo‘jaligi va ekologik vaziyatga halokatli ta’sir ko‘rsatadi. 14 kub kilometr hajmdagi suv rezervuarini hosil qilish kamida 8-10 yil davomida Vaxsh daryosi oqimini keskin cheklashni talab qiladi. Bu esa mintaqada suv oqimidan ko‘p yillar samarali foydalanish va uni boshqarish jarayonini butunlay izdan chiqaradi, hatto, shusiz ham tanqisligi ortib borayotgan suv resurslarining halokatli darajada kamayib ketishiga olib keladi. Stansiyaning barpo etilishi oqibatida tabiiy suv oqimi tizimi butunlay izdan chiqib, vegetatsiya mavsumida suv hajmi keskin kamayadi, kuz-qish davrida esa uni o‘tkazish hajmi va sarfi oshadi. Bu Amudaryo quyi oqimida joylashgan mamlakatlarda yozda suvning keskin kamayishiga, kuchli qurg‘oqchilikka, shuningdek, qishda halokatli toshqinlarga sabab bo‘ladi. Amudaryo oqimi gidrologik rejimining o‘zgarishi natijasida o‘zanlardagi yo‘qotishlar ham ortadi. Hozir ham suv taqchil mavsumlarda bunday yo‘qotishlar 15 foizgacha yetmoqda. Gidrologik rejimning o‘zgarishi oqibatida Amudaryo quyi qismidagi ko‘llar va vetlandlarning qurish jarayoni bir necha marta tezlashadi, yangi sho‘rxok va taqir yerlar paydo bo‘ladi. Oqibatda u qishloq xo‘jalik ekinlari yetishtiriladigan maydonlarni tuz bo‘ronlari bilan zararlaydigan ayovsiz manbaga aylanadi, tuproq unumdorligi hamda hosildorlik keskin pasayib ketadi. Buning oqibatida dunyo miqyosidagi ekologik muammo hisoblangan Orol dengizi halokati yanada murakkablashadi.Shu tariqa, O‘zbekiston va Turkmaniston ishlab chiqarishining iqtisodiy asosi buziladi hamda ushbu mamlakatlarning Amudaryo quyi oqimlaridagi vohalarda yashayotgan 10 milliondan ortiq aholisi turmush tarzi batamom izdan chiqadi, odamlar qurg‘oqchilik va ochlikka mahkum bo‘lib, alal oqibat boshqa joylarga ko‘chishga majbur bo‘ladi.Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, Rog‘un GESi qurilishi oqibatida Amudaryo quyi qismida joylashgan mamlakatlar, xususan, O‘zbekistonning bevosita iqtisodiy yo‘qotishlari 20 milliard dollardan oshadi. Bu zararni qoplashni hech kim zimmasiga olmoqchi emas. O‘rnini hech narsa bilan to‘ldirib bo‘lmaydigan suv resurslari taqchilligi sharoitida millionlab odamlarning majburan ko‘chishi bilan bog‘liq ko‘plab qo‘shimcha iqtisodiy va ijtimoiy muammolar paydo bo‘ladi, mintaqada ijtimoiy beqarorlik keskinlashadi. Mazkur loyihaning amalga oshirilishi oqibatida yuzaga keladigan iqtisodiy zararni hisoblab chiqish mushkul, qolaversa, millionlab odamlar chekadigan azob-uqubat va baxtsizlik ko‘lamini qaysi valyuta va qanday raqamlar bilan o‘lchab bo‘ladi? Turgan gapki, bunday to‘g‘onning qurilishi nafaqat texnik standartlar va iqtisodiy mantiqqa, balki sog‘lom aqlga ham ziddir.Rog‘un GESi qurilishi oqibatida yuzaga keladigan aynan mana shu tahdidlar xalqaro jamoatchilikni, BMT, Katta to‘g‘onlar bo‘yicha xalqaro komissiya, Butunjahon suv kengashi, Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi kabi ko‘plab nufuzli xalqaro tashkilotlar, Yevroparlament, AQSh, Belgiya hamda boshqa davlatlar parlamentlari a’zolari, Yaponiya, AQSh, Gollandiya, Koreya Respublikasi va boshqa mamlakatlar ilmiy-tadqiqot markazlarini haqli ravishda tashvishga solmoqda. So‘nggi bir necha yil mobaynida turli darajada BMTning nufuzli tuzilmalarida, xalqaro ilmiy-amaliy forumlar va konferensiyalarda mazkur loyiha bilan bog‘liq muammolarning keng ko‘lamda muhokama etilishi natijasida xalqaro hamjamiyatda ushbu loyihani chuqur, sinchkovlik bilan xolis mustaqil xalqaro ekspertizadan o‘tkazish zarurligi to‘g‘risida prinsipial pozitsiya shakllandi. Ta’kidlash lozimki, mustaqil ekspertlarning fikr-mulohazalari transchegaraviy suv oqimlaridan foydalanish sohasida qabul qilingan xalqaro huquq normalariga to‘liq mos keladi. Bu masalalar bo‘yicha BMTning qator konvensiyalari (1992-yil 18 sentabrda qabul qilingan Transchegaraviy suv oqimlari va xalqaro ko‘llarni himoya qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi konvensiya, 1997-yil 21 mayda Bosh Assambleya tomonidan qabul qilingan Xalqaro suv oqimlaridan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi konvensiya) qabul qilingan. Mazkur xalqaro hujjatlarda amalga oshirilishi transchegaraviy ta’sir bilan bog‘liq loyihalarni ishlab chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilinishidan oldin transchegaraviy suv ob’ektlari hududida joylashgan barcha tomonlar manfaatlarini albatta hisobga olish zarurligi haqidagi talablar qat’iy belgilab qo‘yilgan. Bundan tashqari, 1997-yilda kuchga kirgan Transchegaraviy nuqtai nazardan atrof-muhitga ta’sirni baholash to‘g‘risidagi konvensiyada bunday ob’ektlar qurilishining ekologik oqibatlarini to‘liq hisobga olish va manfaatdor barcha tomonlarni jalb etgan holda, ta’sirni har taraflama baholash ko‘zda tutilgan. Jahon banki ushbu xalqaro tashkilotlar va tuzilmalar fikrlarini e’tiborga olib va xalqaro huquq normalaridan kelib chiqqan holda, 2010-yilda Rog‘un GESi qurilishi loyihasini xalqaro mustaqil ekspertizadan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi hamda uni amalga oshirish uchun 20 million dollar ajratdi. Yevropaning Fransiya, Shveytsariya va boshqa mamlakatlaridan qator firmalar ushbu loyihani amalga oshirmoqda hamda ekspertizani 2013-yilning birinchi choragida yakunlashi kutilmoqda. O‘z navbatida, Tojikiston hukumati 2010-yilda mazkur loyiha amalga oshirilishi oqibatlarini mustaqil texnik-iqtisodiy hamda ijtimoiy-ekologik baholash ishlari yakunlanmagunicha GES hududida qurilish ishlarini olib bormaslik majburiyatini o‘z zimmasiga olgan. Ayni paytda, Tojikiston Xalqaro valyuta jamg‘armasining Rog‘un GESi qurilishi loyihasini moliyalashtirish uchun mamlakat aholisidan majburiy ravishda pul yig‘ish kampaniyasini to‘xtatish talabini qabul qilgan.Biroq, ming afsuski, bugungi kunda Tojikiston tomoni Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi oldidagi majburiyatlari bilan hisoblashmay, Rog‘un GESida qurilish ishlarini olib bormaslik to‘g‘risida erishilgan kelishuvlarni o‘zboshimchalik bilan qo‘pol ravishda buzib, “havoyi g‘oya”larini zo‘r berib amalga oshirishga harakat qilayotganini ta’kidlashga to‘g‘ri keladi. Ko‘plab faktlar Tojikiston xalqaro hamjamiyatdan pinhon tutgan holda, stansiya hududida o‘tgan asrning 70-yillarida boshlangan keng ko‘lamli qurilish ishlarini yopiq rejimda davom ettirayotganidan dalolat beradi. Ayni paytda stansiya maydonida, suv tashlaydigan tunellar qurilishida, mashina zali, karerlar va stansiyaning boshqa ob’ektlarida katta hajmdagi qurilish ishlarini olib bormoqda.Shu bilan bir qatorda, Tojikiston hukumat tuzilmalari tomonidan Rog‘un GESi inshootlarini loyihalashtirish ishlariga xorijiy (Rossiya, Ukraina va boshqa mamlakatlardan) pudrat tashkilotlari faol jalb etilmoqda. Bir paytning o‘zida Tojikiston tomoni stansiyaning birinchi navbatini ishga tushirish uchun zarur bo‘ladigan uskunalar, butlovchi buyumlar va materiallarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzmoqda. Jumladan, birinchi energiya bloki uchun sotib olingan, tayyorlangan uskunalar allaqachon stansiya maydoniga keltirib qo‘yilgan, ikkinchi energiya blokining uskunalarini tayyorlash yakunlanmoqda va ularni keltirish choralari ko‘rilmoqda. Yuqorida bayon etilgan fikrlardan quyidagi xulosalarga kelish mumkin.Birinchidan. Tojikiston tomoni xalqaro ekspertlar va mutaxassislarning ko‘plab ogohlantirishlari hamda tavsiyalariga bepisandlik bilan qarab, Jahon banki tomonidan o‘tkazilayotgan xalqaro ekspertiza yakuniga yetmay turib, barcha qurilish ishlarini to‘xtatib turish bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni qo‘pol ravishda buzgan holda Rog‘un GESi qurilishini davom ettirayotgani bilan mutlaqo kelishib bo‘lmaydi. Ikkinchidan. Bugungi kunda Tojikiston tomoni xalqaro jamoatchilik hamda Amudaryo oqimining quyi qismida joylashgan mamlakatlardan pinhona amalga oshirayotgan siyosat – Rog‘un GESi kompleksi qurilishining davom ettirilishi oldindan aytib va keyinchalik o‘nglab bo‘lmaydigan o‘ta og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Tabiiyki, buni inobatga olmaslik mumkin emas21. 1 O’zbekiston Respublikasi prezidenti I. A Karimov "O’zbekiston mustaqillikkka erishish ostonasida”,Toshkent 2011 2 “Xalqaro iqtisodiy integratsiya” G Nazarova , X Xalilov, A. Azimov, I. Xanova. Toshkent-2010, 12-bet 3 Ломакин Мировая экономика: учебник для студентов вузов, обучающихся по экономическим специальностям и направлениям / В.К. Ломакин. – 3-е изд., перераб. и доп. – М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2007. 4 А Киреев. Международная экономика, уч.пособ. Часть 1 Международная микроэкономика . М.: Международная экономика 1999. 5Xalqaro iqtisodiy integratsiya” G Nazarova , X Xalilov, A. Azimov, I. Xanova ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzildi. 6 Журнал “Экономика и статистика” № 4 1993 ст.22-24 7 2011-yil 18-oktyabrdagi Erkin savdo hududi to‘g‘risidagi Shartnomani uning Tomonlari va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida qo‘llash haqidagi Bayonnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi Qonun (Ilovada keltirilgan, 2.1 ilova,36-bet) 8 2013 yilning yanvar dekabr oylarida Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi mamlaktlarining asosiy ijtimoy iqtisodiy ko’rsatkichlari (Ilovada keltirilgan, 2.2 ilova, 37-bet) 9 Протокол ОБ ИНТЕГРАЦИИ ОРГАНИЗАЦИИ «ЦЕНТРАЛЬНО-АЗИАТСКОЕ СОТРУДНИЧЕСТВО» В ЕВРАЗИЙСКОЕ ЭКОНОМИЧЕСКОЕ СООБЩЕСТВО (Ilovada keltirilgan 2.3 ilova, 38-bet) 11 A Strategic Framework for the Central Asia Regional Economic Cooperation Program 2011–2020 12 Markaziy Osiyo hududiy iqtisodiy hamkorligi dasturi doirasida 2011-2020 yilgacha amalga oshirilishi maqsad qilingan transport korridorlari haqida 2.4- ilovada keltirilgan (39-bet) 13CIA World Fact Book 14 CIA World Fact Book ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzildi. 15 www.evrazes.com internet sayti ma‘lumotlari asosida muallif tomonidan tuzildi 16 http://www.cacianalyst.org 17 www.mfer.uz. O’zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy Aloqalar va Investitsiyalar vazirligining rasmiy sayti 18 Ilovada Rog’un GES haqida to’liq ma’lumot keltirigan (2.5 ilova, 40- bet) 19 CIA World Fact Book ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzildi. 20 Central Asia - CIA World Fact Book 21 www.uza.uz O'zA – O'zbekiston Milliy axborot agentligiDownload 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling