Xalqaro iqtisodiy munosabatlar”
Download 1.72 Mb.
|
0-1a-11 guruh Turdiyev Z 97-2003
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3. Markaziy Osiyoda integration jarayonlarning rivojlanish istiqbollari va unda O’zbekistonning o’rni
- XULOSA
2.4- rasm. Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlarining eksport va import salohiyati (mlrd. dollar 2012 yil)20
Yuqoridagi rasmdan ko’rinib turibdiki mintaqaning faqatgina uch davlati tashqi savdoda ijobiy savdo saldosiga ega (O’zbekiston, Qozog’iston va Turkmaniston). Qolgan ikki davlatda savdo saldosi salbiiyligi va juda past darajada ekanligi e’tiborga molik. Shu o’rinda, mintaqada o’zaro savdo munosabatlarini oshirish va turli kelshuvlarni o’rnatishda bevosita O’zbekiston, Qozog’iston va Turkmanistonnig o’rni yuqoriligini ta’kidlab o’tish lozim. Demak, Markaziy Osiyo davlatlari olidida yechimini kutib turgan, muammolar mavjud. Iqtisodiy integratsiyani mitaqa doirasida rivojlantirish uchun avvalo, ushbu muammolarni hal etish talab etiladi. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, mamlakatlar oldida ishlab chiqarish tarkibi borasidagi muammo tabiiy hisoblanib , bu mintaqa doirasida iqtisodiy integratsiyaga kirishishga to’sqinlik qilmaydi. Bu bevosita rivojlangan integratsion birlashmalar tajribasidan ma’lum. 2.3. Markaziy Osiyoda integration jarayonlarning rivojlanish istiqbollari va unda O’zbekistonning o’rniZamonaviy shart-sharoitda Markaziy Osiyo mamlakatlarining turli xildagi shartnoma va kelishuvlar mamlakatlar uchun har tomonlama foydalidir. Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasidagi tashkil etilishi zarur bo’lgan istiqbolli kelishuvlar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: Suv resurslaridan hamkorlikda foydalanish va hududning ekologik xavfsizligini ta’minlash hamkorligini tashkil etish. Bunda daryolar suvidan samarali kelishuv asosida foydalanish va ularni ifloslanishiga yo’l qo’ymaslik nazarda tutiladi. Markaziy Osiyo erkin savdo hududini tashkil etishni maqsad qilgan turli xildagi savdo kelishuvlarini o’rnatish. Yagona qishloq xo’jaligi bozorini tashkil etish. Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti bevosita qishloq xo’jaligi bilan uzviy bog’liq. Shu nuqtai nazardan intgratsion jarayonlarni chuqurlashtirish maqsadida qishloq xo’jaligi mahsulotlari sohalaridagi ixtisoslashuvini tashkil etish. Energiya va yoqilg’i resurslaridan samarali foydalanishda hamkorlikni tashkil etish. Ma’lumki, Markaziy Osiyo hududi energiya resurslariga boyligi bilan boshqa hududlardan ajralib turadi. Eksportga tayyor raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish maqsadida ishlab chiqarishni birlashtirish. Bunda tabiiy va mineral resurslarni hamkorlik asosida ekportga yo’naltirish ko’zda tutiladi. Exportga yo’naltiruvchi yagona transport tizimini shakllantirish. Iqtisodiy integratsiyani rivojlantirishning eng muhim yo’nalishlaridan biri bu Markaziy Osiyoda transport tizmini shakllantirishdan iborat. Geografik joylashuvdan samarali foydalanib, transport tizimini shakllantirish orqali tashqi aloqalarni o’rnatish. Zamonaviy kommunikatsiya va tizimlarni shakllantirish. Kommunikatsiya globallashuv jarayonida Markaziy Osiyo integratsion hamkorligini rivojlantirishdagi eng muhim omillardan biridir. Markaziy Osiyo mamlakatlari Markaziy bankini tashkil etish va monetar hamkorlikka erishish. Monetar hamkorlik o’lkaning iqtisodiy savdo munosabatlarga kirishishidagi to’siqlarni olib tashlashga xizmat qiladi. Bozor infratuzilmasini rivojlantirish. Ya’ni iqtisodiy integratsiyaning asosida hudud davlatlarining bozor munosabatlari yotadi. Bu bevosita xizmatlar sohasini rivojlantirishni talab qiladi. Kichik biznesni rivojlantirish muhitini yaratish. Markaziy Osiyo mamlakatlari doirasida kichik va o’rta biznesni rivojlantirish bevosita hudud ichida erkin kapital oqimini vujudga keltiradi. Ilmiy-texnik hamkorlik. Markaziy Osiyo mintaqasida kuchli intelektual hamkorlikdan foyadalanish integratsion aloqalarning chuqurlashuvi va mintaqa iqtisodiyoti rivojiga xizmat qiladi. Yuqorida taklif etilgan kelishuvlarning barchasi mintaqaning har tomonlama rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bevosita yuqoridagi kelishuvlar integratsion aloqalarga kirishishda asos vazifasini o’taydi. Iqtisodiy integratsiyaning bosqichlari nuqtai-nazaridan integratsion jarayonlarning istiqbollarini ko’rib o’tamiz: Ma’lumki, Markaziy Osiyo davlatlarida bevosita dengizga chiqish yo’llari mavjud emas. Agar bu davlatlar intagratsiyalashmasdan turib, dengiz yo’llariga chiqishni xohlashsalar bu o’z navbatida transport va bojxona to’lovlarini talab qiladi va mahsulot tannarxiga ta’sir qilib uning raqobatbardoshligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Markaziy Osiyo davlatlari yagona bojxona bitimini tuzishsa, bunday salbiy ta’sirlar kamayadi. Markaziy Osiyo davlatlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotning jahon bozoridagi raqobatbardoshligi past. Bu avvalo mahsulotlarga energiya va material sig’imining yuqoriligi bilan izohlanadi. Shu sababli Markaziy Osiyo davlatlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga jahon bozorida talab yuqori emas. Markaziy Osiyo ichki bozori yetarlicha to’yinmaganligi tufayli bu mamlakatlar bir-birlari uchun tayyor bozor vazifasini o’taydi. Bu bevosita erkin savdo hududini tashkil etishni taqozo qiladi. Paxta, meva, sabzovot, ko’mir, gaz, oltin kabi mahsulotlar Markaziy Osiyo davlatlarining har birida ishlab chiqariladi va ularning eksportida yetarlicha o’ringa ega. Agar Markaziy Osiyo davlatlari bu mahsulotlarni jahon bozoriga har biri alohida olib chiqadigan bo’lsa, bir-biriga raqobatchiga aylanadi va raqobat natijasida mahsulotlarning narxi pasayishi mumkin. Shuning uchun ham kelishuv asosida yagona eksport siyosatini olib borish mahsulotning jahon bozori konyukturasiga bog’liqligini kamaytiradi, mahsulot raqobatbardoshligi ortib, narxi yuqori bo’ladi. Bu o’z navbatida har bir davlat daromadlarining oshishiga olib keladi. Agar Markaziy Osiyoda integratsiya jarayoni jadallashsa hal qilinishi qiyin bo’lgan juda ko’p muammolar o’z yechimini topadi. Resurslarni birlashtirish natijasida katta-katta yechimini kutayotgan investitsion loyihalarni amalga oshirish imkoniyati tug’iladi. Bu mintaqa davlatlarining iqtisodiy o’sishida katta rol o’ynaydi. Bundan tashqari, integratsiya jarayonlari natijasida hududda umumiy transport korridorlari yaratiladi va yagona bojxona ittifoqi tuziadi. Buning mintaqa davlatlari iqtisodiyoti uchun quyidagi foydali tomonlari mavjud: birinchidan hududning o’zida tovar va xizmatlar harakati erkinlashib, uni bir davlatdan ikkinchisiga olib o’tishdagi transport va bojxona xarajatlari kamayadi, bu o’z navbatida mahsulot raqobatbardoshligini oshirib, mintaqa bozorida yetarlicha o’ringa ega bo’lishini ta’minlaydi, ikkinchidan agar mintaqa davlatlari o’z mahsulotlarini mintaqadan tashqariga eksport qilishini xohlasalar ham integratsiya sharoitida tashqi savdoning kuchayishii kuzatiladi. Integratsiya natijasida umumiy resurslar bozori tuziladi. Hududda avvalo turli energetika resurslarining taqsimlanishida tafovutlar mavjud. O’zbekiston, Qozog’iston, Turkmanistonda birlamchi energetika resurslari mavjud bo’lsa, Tojikiston va Qirg’iziston elektr energiyasi ishlab chiqarishda katta imkoniyatlarga ega. Integratsiya bu resurslardan birgalikda foydalanish imkoniyatini beradi, jahon iqtisodiyotida turli xo’jaliklarning resurslarga bo’lgan talabi oshishi buning oqibatida esa resurslar taqchilligi va narxining o’sib borishi natijasida yuzaga keladigan muammolar oldi olinadi. Mintaqa davlatlari integratsiya natijasida bir-birlarini energetika xavfsizligi bilan ta’minlaydilar. O’zbekiston hududning markazida joylashganligi hamda hudud mamlakatlari o’rtasida yuqori iqtisodiy potensialga egaligini hisobga olgan holda mamlakatimiz yagona transport tizimini tashkil etish, zamonaviy kommunikatsiya tizimini shakllantirish, ilmiy texnik taraqqiyotni rivojlantirish hamda bank tizimini shakllantirishda muhim o’rin tutadi. Chunki transport tizimi hudud markazida tashkil etilishi strategik nuqtai-nazardan to’g’ri yo’l sifatida ko’riladi. Shu nuqtai nazardan, O’zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlarini hamkorlikka chorlashi va qonuniy huquqiy bazani hamkorlikda tashkil etishi lozim. Kommunikatsiya tizimini shakllantirish borasida ham O’zbekistonning o’rni yuqori. Chunki mamlakatimizda texnika kommunikatsiya tizimi nisbatan yuqori sur’atlarda rivojalngan va bu borada yuqoriroq tajribaga ega. Ilmiy-texnika sohasi hamda bank tizimini tashkil qilishda ham mamlakatimizning tashabbusi muhim jihatlardan biri hisoblanadi. Birgina ilmiy-texnika markazining tashkil etilishi, mintaqa hududida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarda ilmiy sig’imini yaxshilash va ularni jahon bozorida raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi. Markaziy Osiyo mintaqasi doirasida yagona bank tizimini O’zbekistonda tashkil etilishi zaruratini bevosita mamlaktimizda bank tizimini yetarli darajada rivojlanganligi bilan izohlash mumkin. XULOSAMarkaziy Osiyo mamlakatlari doirasida olib borilgan tahlillardan ko’rinib turibdiki, integratsion jarayonga kirishishda yuzaga keladigan muammolar hal etilish imkoniga ega. Agar Markaziy Osiyo mamlakatlari o’zaro integratsion jarayonlarga kirishmas ekan ularning oldida turgan yechimini kutayotgan muammolar hal qilinmasdan qolaveradi va bu o’zining salbiy oqibatlariga olib kelishi mumkin va mintaqa davlatlarining qiyosiy ustunliklari esa “uchinchi” mamlakatlar manfaatlariga xizmat qilaveradi. Chunki mintaqa strategik jihatdan juda qulay joyda joylashgan va tabiiy resurslarga juda boy hisoblanadi. Mintaqada iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun ulardan faqatgina tashabuskorlik va oldida turgan siyosiy, iqtisodiy muammolarni hal etishga chuqur yondoshuv talab qilinadi. Mintaqa mamlakatlari faqatgina Markaziy Osiyoning beshta davlati doirasida integratsion tashkilotni tuzishlari talab etiladi. Chunki, hududdan tashqaridagi mamlakatlarining ishtiroki bevosita manfaatlar to’qnashuviga olib kelishi mumkin. Bu esa mintaqaning oldida turgan muammolarni hal etilishiga jiddiy salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Mintaqa mamlakatlari oldida turgan eng muhim muammolardan biri bu o’zaro do’stona munosabatlarni shakllantirishdan iborat. Ko’rib o’tkanimizdek mintaqa doirasida Tojikiston va Qirg’iziston davlatlari bilan bog’liq bir qancha yechimini kutib turgan muammolar mavjud. Hozirgi kunda mamlakatlar oldida turgan turli xil muammolar hal etilishi va iqtisodiy integratsiyaning rivojlanishiga zamin hozirlashi lozim. Bundan tashqari mintaqa mamlakatlari o’rtasidagi iqtisodiy salohiyatlardagi farqlarning keskin oshishi ham yaqin kelajakda integratsion jarayonlarga kirishishga to’sqinlik qilishi mumkin. Bu o’rinda Qozog’istonni misol keltirishimiz mumkin. Ma’lumotlar shuni ko’rsatmoqdagi Qozog’iston iqtisodiy jihatdan yuqori o’sish sur’atlariga ega va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarida ancha ilgarilab ketgan. Muammoning yechimi sifatida Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari doirasida ustmilliy tashkilotning tashkil etilishi va uning maqsadi etib hududda siyosiy,iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash va integratsion jarayonlarni bosqichma - bosqish rivojlantirish dasturi belgilab olinishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Mintaqa hamkorligi asosida AES qurish chora tadbirlarini ishlab chiqish va uni yaqin kelajakda amalga oshirish; Xalqaro mehnat taqsimoti asosida yagona bozorlar tashkil etishning istiqbollarini aniqlash; O’zaro savdoda tayyor mahsulotlarga importiga imtiyozlar berish; Iqtisodiy jihatdan yetarli salohiyatga ega bo’lmagan mamlakatlar iqtisodiy integratsion jarayonlarga kirishishiga ko’maklashish; Mintaqa doirasida investitsion hamkorlikni kengaytirish. Bu tashkilotni mintaqa mamlakatlarining tayinlangan a’zolari tomonidan boshqarilishi va mintaqaning iqtisodiy siyosiy ekologik xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilishi mavjud muammolarning yechimi sifatida qaraladi. O’z navbatida ustmilly tashkilotlarni tashkil qilishda mintaqaning yetakchi mamlakatlari tomonidan qonuniy huquqiy bazasini ishlab chiqilishi talab etiladi. Mamlakatlarning ishtirokida tashkil etilgan me’yoriy huquqiy baza bevosita mamlakatlarning umummanfaatidan kelib chiqishi va ushbu hujjatda belgilangan tartib qoidalarni buzgan davlatga nisbatan ustmilliy tashkilotlar tomonidan turli sanksiyalarning qo’llanilishi bevosita huquqiy nomalarning buzilishini oldini olgan bo’ladi. Agar Markaziy Osiyo mamlakatlari integratsion guruh doirasida samarali iqtisodiy siyosiy faoliyat olib borsa, yaqin kelajakda mintaqa mamlakatlari yuqori darajadagi iqtisodiy rivojlanish tendensiyasiga ega bo’ladi. Buni jahon tajribasi ko’rsatib turibdi. Mintaqa doirasida integratsion jarayonlarning rivojlanishidan O’zbekiston ham manfaatdor ekan, bu boradi mamlakatimiz tomonidan tashabbus ko’rsatilib, integratsion jarayonlarni rivojlantirishda turli islohotlarni olib borib tashkilotchi vazifasini bajarishi darkor. Zero, Markaziy Osiyo Mintaqasida iqtisodiy integratsiyaning tashkil etilishi mamlakatimiz iqtisodiy rivojida muhim o’rin egallaydi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling