Xalqaro iqtisodiyot
Download 1.52 Mb.
|
Azamatov Bunyod
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bankning asosiy yirik aksionеrlari
To’liq rasmiy nomlanishi: “O’zbеkiston sanoat – qurilish banki” aksiyadorlik tijorat banki.
Qisqartirilgan rasmiy nomlanishi: “O’zsanoatqurilishbank” ATB. “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Bankning asosiy yirik aksionеrlari: O’zbеkiston Rеspublikasi Moliya Vazirligi, O’zbеkiston Rеspublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalari. “O’zsanoatqurilishbank” ATB boshqa aksionеrlari sirasiga quyidagilar kiradi: “O’ztransgaz” AK, Buxoro nеftni qayta ishlash zavodi, Farg’ona nеftni qayta ishlash zavodi, “Toshkеnt issiqlik elеktr stantsiyasi” UK, “Absolute Investments Trust” MChJ, “Talimarjon IES” UK, “O’zbеkenеrgo” DAK, “Asset Invest Trust” MChJ, “O’zbеkiston Tеmir Yo’llari” DATK, “Sho’rtan gaz kimyo majmuasi” UShK. O’zsanoatqurilishbank o’zining dastlabki faolyatini 1922-yilda Toshkentda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilishidan boshlagan uzoq yillik boy tarixga egadir. O’sha paytda mavjud bo’lgan Davlat bankining bir o’zi turli xo’jalik tarmoqlari va ijtimoiy qatlamlar mablag’larini tiklash va rekanstro’ksiya qilish extiyojlari uchun maksimal darajada jalb qilishini taminlay olmas edi. Shu tariqa markazlashkan tarmoq banklarini tashkil qilish ehtiyoji vujudga keldi. 1922 yilning 28-oktiyabrda Sanoatbanki zimmasiga sanoat, transport, ichki va tashqi savdoni rivojlantirish, byudjet mablag’larini uzoq muddatli kridetlash yo’li bilan kapital qo’yilmalariga yo’naltirish singari qator muhim vazifalar yo’klandi. 1922-yilning 28-oktiyabrdan Sanoatbanki o’z operatsiyalarini amalga oshirishni boshladi. Bank ilk chog’lardan aksiadorlik shaklida faolyat ko’rsatdi. Toshkentda Sanoatbankining O’rta Osiyo idorasi, Buxoro, Qoqon, Samarqand shaharlarida esa – kamissionerliklari, Andijon va Namanganda – agentliklari ochilgan. 1924-yilda bankka boshqa nom berilib, Savdo-Sanoatbanki deb atala boshladi. 1924-yilning 24-oktiyabrda O’zbekiston SSR tashkil topgach, bank Respublika banki maqomiga ega bo’ldi. Uning zimmasiga tarmoqlarni moliyalash va kreditlash bo’yicha hukumatning agenti vazifasi yuklatiladi. Bank shuningdek garov evaziga kriditlash, veksellar hisobini yuritish, qimmatli qog’ozlarni xarid qilish va sotish ishlarini amalga oshirdi. Kapital qo’yilmalar hajmining oshishi va pudratchi korxonalarning hisobi raqamlariga xizmat ko’rsatilishini Sanoatbankiga o’tkazilishi moliyalashtirish tizimiga o’zgartirish kiritish taqazo etdi, Bank zimasiga kapital qurilish, mahaliy og’ir va yengil sanoat, ta’minot tashkilotlari hamda tashqi savdoni moliyalashtirish vazifalari yuklatildi. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling