Xalqaro iqtisodiyot


O’zbekistonda bank tizimi shakilanishining ikkinchi bosqichi


Download 1.52 Mb.
bet4/13
Sana23.04.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1385210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Azamatov Bunyod

O’zbekistonda bank tizimi shakilanishining ikkinchi bosqichi
Mamlakat rivojlanishining ikkinchi bosqichi 2001-yildan boshlanib bugungi kungacha davom etmoqda va milliy iqtisodiyotning yanada erkinlashtirish, tuzilmaviy o’zgarishlarining amalga oshirishi, ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversfikatsiya qilishi bilan tafsiflanadi. Yangi asir boshlarida bank faoliyati O’zbekiston Respublikasi Prezdentining 2000-yil 21-martdagi “Bank tizimini yanada ekinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmonda belgilab berilgan bozor o’zgarishlarini chuqurlashtirish iqtisodiyatni erkinlashtirish bo’yicha ustivor yo’nalishlarni amalga oshirish va iqtisodiy islohatlarni jadalloashtirish asosida davom ettirilmoqda.
Umimiy olganda, 2011-yilga kelib bank tomonidan sanoat bazaviy tarmoqlarini strategik innovatsion loyihalarni moliyalashtirishga chet el valyutasida umumiy hisobda 426.78 mln AQSH dollari miqdorida mablag’lar ajratildi. Shuningdek:

  • O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va Taraqqiyot Jamg’armasi mablag’lari hisobidan 281.78 mln AQSH dollari;

  • Xitoy banklari kredit liniyalari bo’yicha 145.14 mln AQSH dollari miqdorida loyihalar moliyalashtirildi.

Bu bilan birga invistitsiyon dastur va inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarning iqtisodiy samarasi Respublika korxonalariga ishlab chiqarish va savdo hajmini kamida 20 foizga ko’paytirishi 4150 ta qo’shimcha ish o’rinlarini yaratish imkonini berdi. 2011- yilda mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga 1.3 mlrd. so’mdan ortiq mablag’ ajratildi, bu esa 8 mingdan ortiq ish o’rinlarini yaratish imkonini berda.
Jahon standartlariga javob beradigan xizmatlar
“O’zsanoatqurilishbank” OATB – O’zbekiston bo’ylab turli gurihdagi mijozlarni keng doirada, sifatli bank xizmatlari bilan ehtiyojini qondiradiga universal tijorat bankidir. Bank jismoniy va yuridik shaxslarning jalb qilingan mablag’larini real sektorga samarali yo’naltirishga intiladi, tovar ishlab chiqarish va aksiyadorlar manfatlari yo’lida harakat qilgan holda, tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarining rivojiga ko’maklashdi.
Bank tomonidan xizmat ko’rsatilayotgan mijozlar doirasi xalq xujaligining barcha sohalarini qamrab olgan. Neft qazib olish va uni tashish, mineral vax om ashyo resurslarini ishlab chiqarish, energetika, gaz, kimyo, yengil sanoat, qurilish majmui korxonalariga ustivor etibor qaratilmoqda. Bank mijozlarga yanada sifatli xizmat ko’rsatish maqsadida o’z moliyaviy salohiyatini yuksaltirib, texnik bazasini modernizatsiya qilmoqda hamda kapetallashuv va depozetlar jalb qilish orqali o’z mablag’larini oshirib bormoqda. Foyda darajasini ko’tarib hamda uni aksiadorlik kapitalini ko’paytirishga yo’naltirgan holda bank hafsizligini taminlashga oid iqtisodiy meyorlarga rioya qilishiga katta etibor qaratib, “O’zsanoatqurilishbank” OATB o’z faolyatini yanada kengaytirishga intilib bormoqda.
2012- yilga kelib ”O’zsanoatqurilishbank” 1 milliondan ortiq mijoz, shu jumladan, 36 mingdan ziyod korxona va tashkilotlarga xizmat ko’rsata boshladi. Bankning mijozlar bilan faol ishlashni aktivlar va kreditlar qo’yilmalarining o’sishi suratlari aks ettiradi. Masalan 2010- yida kredit qo’yilmalari 1 255.3 mlrd. so’mni, boshqa aktivlar – 386.1 mlrd. so’mni tashkiletgan bo’lsa, 2012-yilning birinchi yanvarida ushbu ko’rsatkichlar tegishlicha 2312 va 1 219,1 mlrd. somga yetdi. Bank esa o’z “Mijoz bank uchun emas, bank mijoz uchun” shiyori ostida ishlashni davom etib kelmoqda.
“O’zsanoatqurilishbank” OATB tomonidan 2012- yilning 9 oyida ajratilgan invistitsiya kreditlarining tarmoql bo’yicha tuzilmasi:2 Rasm 1
Sanoat (neftgaz, energetika, kimyo)
Qurilish


Transport va komunikatsiyalar


Qishloq xo’jaligi

B

Boshqa sektorlar
Bank Respublikada birinchilardan bo’lib o’ziga hos dizayinli VISA ELECTRON va VISA CLASSIC xalqaro chipli to’lov kartochkalariga xizmat ko’rsata boshladi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI
O‘ZSANOATQURILISHBANK” AKSIYADORLIK TIJORAT BANKINING SOHAGA OID BO‘LMAGAN, ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARIGA JALB ETILMAGAN AKTIVLARIDAN SAMARALI FOYDALANISHNI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
“O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat bankiga tegishli bank faoliyatiga xos bo‘lmagan aktivlarni bosqichma-bosqich davlat mulki sifatida O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga bepul berish hamda bankning rahbar va mas’ul xodimlarini tayyorlash, ularning malakasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Kuyidagilar:
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020 — 2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida” 2020-yil 12-maydagi PF-5992-son Farmoniga asosan:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining xalqaro moliya institutlari ko‘magida “O‘zsanoatqurilishbank” ATBdagi davlat ulushlarini bosqichma-bosqich xususiylashtirish, bunda birinchi bosqichda ularni institutsional o‘zgartirishni (faoliyatini transformatsiya qilish), ikkinchi bosqichda esa davlat aksiyalari paketini sotishni nazarda tutish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullanganligi;
banklar faoliyatiga xos bo‘lmagan funksiyalarni bosqichma-bosqich bekor qilish orqali bank tizimining samaradorligini oshirish — O‘zbekiston Respublikasida bank sektorini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilanganligi;
b) Vazirlar Mahkamasining “O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat bankini xalqaro moliya institutlari ishtirokida xususiylashtirish va transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 29-martdagi 161-son qaroriga muvofiq:
“O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat bankiga aloqador shaxslar, shu jumladan, davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari bilan har qanday operatsiyalarni tartibga soluvchi siyosatni joriy qilish va unga rioya qilish belgilanganligi;
“O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat banki faoliyatiga xos bo‘lmagan yo‘nalishda tijorat tashkilotlarining ustav fondiga Bank mablag‘larini investitsiya tariqasida jalb qilishni man etish belgilanganligi;
bankning investitsiya faoliyati natijasida xarid qilingan va bank faoliyatiga xos bo‘lmagan aktivlarni sotish tavsiya etilganligi;
v) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-noyabrda Rossiya Federatsiyasiga tashrifi davomida imzolangan hujjatlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha amaliy harakatlar rejasiga (“yo‘l xaritasi”ga) muvofiq “O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat banki (keyingi o‘rinlarda — “O‘zsanoatqurilishbank” ATB) va “Sberbank” korporativ universiteti o‘rtasida kadrlarni, shu jumladan, bank tizimining mas’ul xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida kelishuvga erishilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning boshqaruv organining ilovada nazarda tutilgan bank faoliyatiga xos bo‘lmagan aktivlarini Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga keyinchalik ommaviy savdolar orqali sotish maqsadida davlat mulki sifatida qoldiq (balans) qiymatida bepul berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Bunda Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazilgan obyektlarni saqlash xarajatlari ular sotilgunga qadar “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilsin
3. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda ilovada keltirilgan aktivlarni belgilangan tartibda topshirish va qabul qilishni ta’minlasin.
4. “O‘zsanoatqurilishbank” ATBga bankning rahbar va mas’ul xodimlarini xalqaro standartlar asosida Rossiya Federatsiyasining davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari, biznes, boshqaruv maktablari hamda tijorat banklarining korporativ o‘quv markazlarida qisqa va uzoq muddatli ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun, istisno tariqasida, to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzishga ruxsat berilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov zimmasiga yuklansin.

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling