Xalqaro kreditlar


Download 30.29 Kb.
bet3/3
Sana31.01.2024
Hajmi30.29 Kb.
#1820206
1   2   3
Bog'liq
Xalqaro kreditl-WPS Office

Yettinchidan, Xalqaro valuta fondining baholashiga ko‘ra O‘zbekistonda tashqi qarz krizisi yuzaga kelish xatari past, qarzga xizmat ko‘rsatish qobiliyati esa yuqori hisoblanadi. O‘zbekistonning valuta tushumlari asosiy manbalari barqarordir, ya’ni eksport hajmlari o‘smoqda, mamlakatga transchegaraviy o‘tkazmalar hajmi oshib bormoqda, joriy to‘lov balansining asosiy ko‘rsatkichlari barqaror bo‘lib, defolt tahdidi yo‘q hisoblanadi.
Agar mamlakatning joriy to‘lov hisob varag‘i salbiy shakllanganda tashqi qarz va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha majburiyatlar hajmi hukumatni jiddiy tashvishga solishi mumkin edi. Biroq O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning 9 oyida mamlakatning joriy to‘lov hisobi 194 mln dollar miqdorida ijobiy ko‘rsatkichni tashkil etgan. (Taqqoslash uchun, 2021 yilning 9 oyida salbiy saldo 5,2 mlrd dollarga teng bo‘lgan). Bunda savdo balansining (tovarlar va xizmatlar) salbiy saldosi (11 mlrd dollar) birlamchi va ikkilamchi tushumlarning (11,2 mlrd dollar) ijobiy saldosi bilan to‘liq qoplangan.
Eksport hajmi (nomonetar oltinni hisobga olmaganda) 11 mlrd dollarni tashkil etib, 2021 yilning 9 oyi bilan solishtirganda 25 foizga oshgan.
Biroq eng ijobiy jihat – bu ikkilamchi tushumlarning savdosi 2,4 marta oshgani bilan bog‘liq. Jumladan, shaxsiy transchegaraviy o‘tkazmalar 2021 yilning tegishli davri (2021 yilning 9 oyida 4,5 mlrd dollar) bilan solishtirganda 2022 yilning mos davrida 10,9 mlrd dollarni tashkil etib, 2,4 barobarga oshgan. 
MBning ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning 9 oyida moliyaviy hisob uzoq yillar davomida ilk bor 0,5 mlrd dollar hajmida musbat shakllangani – yana bir ijobiy faktdir (2021 yilning 9 oyida salbiy saldo 6,1 mlrd dollarga teng bo‘lgan). Ushbu davr mobaynida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning sof o‘sishi 1,7 mlrd dollarni tashkil etgan.

Manba: kun.uz


https://kun.uz/uz/83427952
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Xalqaro_kredit
Sana: 16.11.2023
Tayyorladi: Shamshod Ochilov

Savollar:


1. Xalqaro kredit nima?
2. Birinchi jahon urushidan keyin qaysi davlat asosiy kreditor ko'rinishida namoyon bo'ldi?
3. Tashqi davlat qarzi deganda nima tushuniladi?
4. Nima uchun davlatlar tashqi qarzlardan foydalanishadi?
5. Nega 2022 yilda dunyo mamlakatlarida tashqi qarzga bo'lgan talab ko'payib ketdi?
6. O'zbekiston tashqi qarzlarni qaysi sohalarga yo'naltirmoqda?
7. Uzoq muddatli xalqaro kreditlarning qanaqa shakllari mavud?
8. Bugungi kunda uzoq muddatli xalqaro kreditlar amalda nechi yilgacha taqdim etilmoqda?
9. Hozirda O'zbekiston xalqaro qarzlarni asosan qaysi xalqaro banklardan jalb etmoqda?
10. Xalqaro moliya institutlaridan jalb etilayotgan tashqi qarzlar qanchani tashkil qilyapti?
11. Ssuda va kredit farqi?
12. 2021 yilda O'zbekistonga qancha sarmoya kiritildi?
13. O'zbekistonda tashqi qarz bo'yicha cheklovlar qachon o'rnatildi?
14. Tashqi qarz bo'yicha cheklovlarda tashqi qarz maksimal miqdori qanchani tashkil etishi mumkin?
15. O'zbekistonda kelajakda tashqi qarz krizisi yuzaga kelish xavfi qanchalik?
16. Davlat tomonidan kafolatlangan tashqi qarz nima?
17. 2021 yil O‘zbekiston davlat tashqi qarzi qanchani tashkil etdi?
18. 2021 yilda Davlat ichki qarzi qanchani tashkil etdi?
19. Saldo deganda nima tushuniladi?
20. Saldo hajmi salbiy bo'lganda budjetni muvozanatli qilish uchun qanday usullardan foydalaniladi?
Download 30.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling