Xalqaro marketing mavzu: pul-kredit tizimi. Banklar va ularning
Download 5.12 Kb.
|
XALQARO MARKETING.DILSHOD.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bank - mamlakatda bo’sh turgan pul mablag’larini jamlab, uni zaruriy sohalarga tarqatish huquqini olgan moliyaviy tashkilot
- Bank cheki - bu bankning xorijiy bank-korrespondentga ma’lum miqdordagi pulni chek egasiga uning shu bankda mavjud bo’lgan korrespondentlik varaqasidan to’lash to’g’risidagi yozma buyrug’idir.
- E`TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR!
XALQARO MARKETINGMAVZU:PUL-KREDIT TIZIMI. BANKLAR VA ULARNINGBOZOR IQTISODIYOTIDAGI ROLI.HAYITOV DILSHODBEKPUL-KREDIT SIYOSATI- hukumatning pul muomalasi va kredit sohasida olib boradigan bosh yoʻli va mamlakat iqtisodiyoti barqarorligini va uning samarali faoliyatini taʼminlashga, pul tizimini lozim darajada mustahkam saqlab turishga qaratilgan chora-tadbirlari. Pul kredit siyosati davlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi boʻlib, odatda, uni Markaziy bank amalga oshiradi. Pul kredit siyosati orqali muomaladagi ortiqcha pul massasi qisqartiriladi yoki koʻpay-tiriladi, inflyasiyann pasaytirish chora-tadbirlari koʻriladi. Markaziy bank Pul kredit siyosati ni olib borishda pul bo-zoriga toʻgʻridan-toʻgʻri — oʻzining boshqaruv vakolatlari yordamida va pul emissiyasi orqali taʼsir oʻtkazishi mumkin.Pul-kredit siyosati bevosita va bilvosita vositalar orqali amalga oshiriladi. Bevosita vositalar — moliyaviy institutlardagi moliyaviy aktivlar narxlari (foiz stavkalari)ni yoki ular haj-mini toʻgʻridantoʻgʻri boshqarish orqali olib boriladi. Markaziy bank tomonidan tijorat banklaridagi mavjud depozit kurinishidagi pullarni hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar narxlari va hajmi nazorat qili-nadi. Bilvosita vositalar — Markaziy bank tomonidan moliyaviy institutlar resurslarita bozor mexanizmlari (majburiy zaxiratalablari, ochiq bozordagi operatsiyalar, tijorat banklarini qayta moliyalash va Markaziy bankning hisob stavkasi, tijorat banklaridan depozitlarni qabul qilish va boshqalar) orqali iqtisodiyotdagi pul massasiga taʼsir etiladi.Bank - mamlakatda bo’sh turgan pul mablag’larini jamlab, uni zaruriy sohalarga tarqatish huquqini olgan moliyaviy tashkilotBozor iqtisodiyoti sharoitida pul doimiy va uzluksiz harakatda bo‘lishi lozim. Buning uchun esa bo‘sh pul mablag‘lari ham pul-kredit muassasalari orqali to‘planib, iqtisodiyotga investitsiyalar sifatida yo‘naltirilishi lozim. Bu jarayonlami amalga oshirishda kreditmunosabatlari muhim ahamiyat kasb etadi.Kredit bo‘sh turgan pul mablag‘larini ssuda fondi shaklidato‘plash va ularni pulga muhtoj bo‘lib turgan huquqiy va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchunma’lum muddatga, foiz to‘lov!ari bilan qaytarish shartida qarzgaberish munosabatlarini ifodalaydi.Tijorat banklarining xalqaro hisob - kitob operatsiyalarida turli hisob shakllari qo’llanilishi mumkin. Bular qatoriga bank buyrug’iga asosan pul o’tkazish (o’tkazma turi), bank cheki, bank vekseli, akkreditiv, inkasso shakllari va boshqalarni kiritish mumkin.Bank cheki - bu bankning xorijiy bank-korrespondentga ma’lum miqdordagi pulni chek egasiga uning shu bankda mavjud bo’lgan korrespondentlik varaqasidan to’lash to’g’risidagi yozma buyrug’idir.Bank vekseli - bu o’tkazma veksel (tratta) bo’lib, bank tomonidan xorijiy bank korrespondentga tulash uchun beriladi.Banklar faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillar turlicha tasniflanadi. Odatda, esa ularni ichki va tashqi omillarga ajratilib o’rganiladi. Tijorat banklarning likviddiligi va to’lovga qobiliyatliligini belgilaydigan ichki omillar qatoriga quyidagilar kiradi. - bankning mustahkam kapital bazasi - aktivlar sifati - depozitlar sifati - tashqi manbalarga qarashlik darajasi –aktivlar va passivlarning muddatlari bo’yicha munosibligi - malakali menejment - bankning imidjiE`TIBORINGIZ UCHUNTASHAKKUR!Download 5.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling