Xalqaro mehnat taqsimoti
XMT ning zamonaviy g’arb nazariyalari
Download 181.66 Kb.
|
Xalqaro mehnat taqsimoti
4. XMT ning zamonaviy g’arb nazariyalari
XMTni modernizatsiya qilish sohasidagi G‘arb tadqiqotlarini shartli ravishda ikki guruhga bo‘lish mumkin: • «o‘zaro bogiiqlik» konsepsiyasi va uning turli ko‘rinishlari; • XMT ning mavjud modellarini qayta qurish bo‘yicha aniq tavsiyalar va rejalar. XX asrning 70-yillari o‘rtalarida yaratilgan «o‘zaro bogiiqlik» konsepsiyasida ilgari surilgan g ‘oyalar eng keng tarqalgan. U lar m ehnat taqsim otiga oid yangi va optimal nazariyalarning asosi b o iib qoldi. Ushbu g‘oyalar ba’zi sanoat jihatdan taraqqiy etgan m am lakatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan rasm iy doktrina sifatida qabul qilindi. « 0‘zaro bogiiqlik» konsepsiyasi vakillaridan biri — gollandiyalik iqtisodchi K. Nuvenxuze o‘z fikrlarini tasdiqlashda, avvalo, barcha mamlakatlar uchun um umiy boigan ekologik omillarga murojaat qiladi. K. Nuvenxuze ularga atrof-muhitning barqaror emasligi va yerdagi tabiiy resurslarning cheklanganligini kiritadi. Uning fikricha, rivojlangan mamlakatlar rivojlanayotgan mam lakatlarga nisbatan 31xomashyo bo‘yicha, rivojlanayotgan mamlakatlar esa rivojlangan mamlakatlarga nisbatan texnika, texnologiya va h.k.lar bo‘yicha qaram. Demak, ular o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik va «o‘zaro tazyiq» mavjud. K. Nuvenxuze xalqaro mehnat taqsimotini yuqoridagilardan kelib chiqqan holda qurish kerak, deb hisoblaydi. Bu nazariya boshqa mamlakatlarda haqqoniy tanqidga uchradi. Yana bir iqtisodchi R. Kuper (AQSh) ham o‘zaro bog‘liqlik masalasiga murojaat qiladi va uni turli yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘rib chiqadi. Uning fikricha, o‘zaro bog‘liqlikning to‘rt turi mavjud: 1. Tarkibiy — mamlakatlar bir-birlariga nisbatan qanchalik ochiq va o‘zaro bog‘liq bo‘lsa, bir mamlakat iqtisodiyotida ro‘y berayotgan o‘zgarish ikkinchi mam lakat iqtisodiyotida ham o‘z aksini topadi. 2. Iqtisodiy siyosat sohasidagi m aqsadlar borasidagi o‘zaro bog‘liqlik. 3. Iqtisodiy rivojlanishning tashqi om illari borasidagi o‘zaro bog‘liqlik. 4. Siyosiy o‘zaro bog‘liqlik. Ba’zi jihatlariga ko‘ra mazkur nazariya ijobiy xususiyatga ega va mamlakatlarning jahon xo‘jaligi tizimi doirasida o‘zaro bog‘liqlik tendensiyalarining kuchayayotganligini aniq ko‘rsatib beradi. «O‘zaro bog‘liqlik» konsepsiyalari umumiy xususiyatga ega. Ular boshqa iqtisodiy nazariyalar guruhi, ya’ni xalqaro mehnat taqsimotini zamonaviylashtirish nazariyalari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Xalqaro mehnat taqsimotini zamonaviylashtirishning asosiy g‘oyasi rivojlanayotgan mamlakatlarning proteksionizm siyosatidan voz kechishlari va iqtisodiyotga xorijiy kapitalni keng miqyosda jalb etishlari lozimligini ilgari suradi. Ko‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlar xuddi shunday yo‘l tutdilar. Ular«ochiq eshiklar», «ochiq iqtisodiyot» siyosatini e’lon qilishdi, ko‘plab qo‘shma korxonalar, erkin tadbirkorlik iqtisodiy zonalari tashkil etishdi va h.k. Bu jumladan, Sharqiy Osiyo va Lotin Amerikasidagi «yangi industrial malakatlar»da 32keng yoyildi. Shu bilan birga, ular proteksionizm g ‘oyalaridan ham to‘liq voz 33kechishmadi. G‘arb iqtisodchilari va siyosatchilarining «Janub» proteksionizmini yumshatishga qaratilgan chaqiriqlariga nisbatan «janubliklar» ham rivojlangan «Shimol»dan shunga o‘xshash turli preferensiyalar talab qilishmoqda. G‘arb iqtisodchilari nuqtayi nazariga ko‘ra yangi va zamonaviy xalqaro mehnat taqsimoti g‘oyalarining amaliy mohiyati nimada? Ushbu g‘oyalarni asosiy mazmuni rivojlanayotgan mamlakatlarni industriya siyosatida yangi sohalarga yo‘naltirish hisoblanadi. Ularga, birinchi navbatda, sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar ehtiyojini qondirish uchun moljallangan mehnat, hamda material sig‘imkorligi yuqori hamda standartlashtirilgan tovarlarni ishlab chiqarish va eksport qilishga ixtisoslashuv taklif etilmoqda. Sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar esa yuqori malakali ishchi kuchi talab qilinadigan va fan-texnika taraqqiyoti jadal rivojlanayotgan iqtisodiyot sohalariga ixtisoslashishlari lozim. Bu nazariya amaliyotda asta-sekin amalga oshirilmoqda. Masalan, rivojlanayotgan m am lakatlarga jalb etilayotgan to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar ko‘rinishidagi xorijiy kapitalning umumiy hajmida qayta ishlash sanoatiga yo‘naltirilgan kapital ulushi ortib bormoqda. Shu bilan birga «zararli» ishlab chiqarishning rivojlanayotgan m am lakatlarga ko‘chish jarayoni ro‘y bermoqda. Tarmoqli ixtisoslashuv quyidagi uch bosqichli sxema bo‘yicha am alga oshmoqda: • rivojlangan mamlakatlar, asosan, nisbatan malakali mehnat va zamonaviy texnologiyalar talab qiluvchi tovarlar ishlab chiqarishmoqda; • rivojlanayotgan mamlakatlarning ba’zilari (kam rivojlanganlari) mehnat sig’imkorligi yuqori mahsulotlarni ishlab chiqarish va jahon bozoriga xomashyo yetkazib berishga ixtisoslashmoqda; sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar kapital sig‘imkorligi yuqori boigan texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishni kuchaytirishga intilmoqda. Xalqaro mehnat taqsimotining zamonaviy konsepsiyalari va uni zamonaviylashtirish borasidagi rejalarni tahlil etish, shuningek, mazkur konsepsiyalarni amaliyotga joriy etish jahon ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishining hozirgi darajasida sanoat jihatdan taraqqiy etgan va rivojlanayotgan m am lakatlar o‘rtasida yangi turdagi xalqaro ixtisoslashish ham da kooperatsiyalashuvning vujudga kelayotgani va rivojlanayotgan davlatlarning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvining kuchayayotganini ko‘rsatmoqda34 Download 181.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling