Xalqaro mehnat taqsimoti
Tashqi savdoni tartibga solishda bojxona xizmatining o`rni
Download 90.46 Kb.
|
XALQARO MEHNAT TAQSIMOTI
3. Tashqi savdoni tartibga solishda bojxona
xizmatining o`rni Savdo-sotiq ishlarining bir mamlakat doirasidan chiqib, dunyo mamlakatlari o`rtasida rivojlanib borishi bu ishlarni tartibga solish va nazorat qilib borishni amalga oshiruvchi bojxona xizmatini hayotiy zaruratga aylantiradi. Jahon amaliyotida bojxona xizmatining tarixi tashqi savdoning paydo bo`lishi bilan bevosita bog`liq bo`lib, dastlabki davrlarda u mamlakatlarning faqatgina xazinasini to`ldirishga xizmat qilgan edi. Biroq keyinchalik xalqaro savdoning rivojlanishi, sayyohlar sonining ko`paya borishi bilan uning vazifalari ham kengayib ketdi. Davlatchilik takomillashib, iqtisodiyotning rivojlanib borishi bilan tovar ishlab chiqaruvchilarni iqtisodiy va siyosiy jihatdan himoyalash, mamlakat ichki bozorini sifatsiz mollardan asrash, uning xavfsizligiga tahdid soluvchi qo`lyozma va ashyolarning hamda turli qo`poruvchilik qurollari, narkotik va psixotron moddalarning kirib kelishini oldini olish kabi ishlar ham bojxona xizmati zimmasiga tushadi. O`zbekiston Respublikasida bojxona xizmati mustaqil davlatchilik asoslari bilan birga va uning tarkibiy qismi sifatida shakllanib va takomillashib bormoqda. O`tgan yillar ichida bojxona xizmati faoliyatiga daxldor bo`lgan huquqiy negizlar yaratildiki, ular isloh qilinayotgan iqtisodiyot, hayotga joriy etilayotgan demokratik tamoyillar, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda muhim rolь o`ynamoqda. Xususan, O`zbekiston Respublikasining "Bojxona kodeksi" va "Boj tarifi to`g`risida"gi qonunlari qabul qilindi. Ularda bojxona xizmatining huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy jihatdan tartibga solib turilishini ta`minlovchi asosiy tamoyillar belgilab berildi. Hozir mamlakatimizda 230 dan ziyod, shu jumladan, respublika chegaralarida 150 tadan ko`proq bojxona maskanlari davlatimizning iqtisodiy xavfsizligini ta`minlayapti. Ayni paytda temir yo`l stantsiyalari, aeroportlar, xalqaro o`tish joylari, daryo portlarida nozirlar faoliyat ko`rsatmoqdalar. O`zbekistonda bojxona ishi jahonda e`tirof etilgan xalqaro me`yorlar va amaliyotga asosan rivojlanmoqda. Bu hol O`zbekistonning bojxona huquqi sub`ekti sifatida tan olinishiga sabab bo`lib, davlatimizning jahon iqtisodiy hamdo`stligiga kirishiga yordamlashmoqda. O`zbekiston Respublikasi 1992 yilda 142 mamlakatni birlashtiruvchi jahon bojxona tashkiloti (JBT) a`zoligiga qabul qilingan va uning siyosiy komissiyasiga saylangan. Bojxona chegara orqali o`tadigan jami yuklar va pochta jo`natmalarini nazorat qiladigan, tekshiradigan va ulardan bojxona yig`imlarini undirish bilan shug`ullanuvchi davlat idorasidir. Bojxona muassasalari tashqi savdoda mamlakat manfaatlarining ta`minlanishini nazorat qiladi hamda mamlakat chegaralaridan ta`qiqlangan yuklar va buyumlarni g`ayriqonuniy tarzda olib o`tishga qarshi kurash olib boradi. Iqtisodiy islohotlar chuqurlashib borgan sari tashqi iqtisodiy aloqalarni tartibga solishning iqtisodiy usullari tabora ko`proq ahamiyat kasb etadi. Ular orasida boj tarifi asosiy o`rin egallaydi. Boj tarifi – bozor iqtisodiyoti sharoitida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning muhim vositalaridan biri bo`lib, u mamlakat chegarasidan olib o`tiladigan mol-mulk va qimmatbaho buyumlardan belgilangan stavkalarda undiriladigan pul yig`imi (to`lovlari)dir. O`zbekiston Respublikasida bojxona bojining import va eksport, mavsumiy, maxsus, dempinga qarshi, kompensatsiya va alohida turlari qo`llaniladi. Import va eksport bojining stavkalari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda joriy etiladi. Mavsumiy bojlar O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanib, tovarlar olib kirish va olib chiqishni tezkorlik bilan tartibga solish uchun qo`llaniladi. Bunda boj tarifida nazarda tutilgan stavkalar qo`llanilmaydi. Mavsumiy bojlar belgilangan kundan e`tiboran olti oydan ortiq bo`lmagan muddatda qo`llaniladi. Maxsus bojlar mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari manfaatlariga ziyon etkazuvchi tovarlar importidan ularni himoya qilish chorasi sifatida hamda boshqa davlatlarning O`zbekiston Respublikasi mafaatlariga zid bo`lgan harakatlariga javob chorasi sifatida qo`llaniladi. M uayyan tovarlarni olib kirish xuddi shu tovarlarni mamlakatda ishlab chiqarishni tashkil qilish va kengaytirishga yoki ular o`rtasida sog`lom raqobat o`rnatishga to`sqinlik qilishi mumkin bo`lgan hollarda dempingga qarshi bojlar deb ataluvchi to`lovlar qo`llaniladi. Mamlakatimiz iqtisodiyotida va alohida tovar ishlab chiqaruvchilar manfaatlaridan kelib chiqib, ayrim hollarda kompensatsiya bojlari deb ataladigan to`lovlar ham amaliyotga joriy etilgan. Alohida bojlar qonun xujjatlarida belgilangan tartibda davlat boshqaruvi organlari tashabbusi bilan o`tkaziladigan tekshiruv natijalariga binoan qo`llaniladi. Ularning stavkalari har bir holat bo`yicha alohida belgilanadi. Bojxona qiymati O`zbekiston Respublikasining "Boj tarifi to`g`risida"gi Qonuniga muvofiq belgilanadigan va bojxona to`lovlarini hisoblab chiqish maqsadida foydalaniladigan tovar qiymatidir. Bojxona qiymati bojxona organiga deklarant tomonidan belgilangan tartibda ma`lum qilinadi (deklaratsiyaga kiritiladi). Uni aniqlash xujjatlar bilan tasdiqlangan ma`lumotlarga asoslanishi lozim. Mamlakatga olib kirilayotgan tovarlarning bojxona qiymatini shu to`lovlar bo`yicha tuzilgan shartnomaga muvofiq aniqlash - tovarning bojxona bahosini chiqarishning asosiy usulidir. Agar asosiy usuldan foydalanib bo`lmasa, bojxona bahosini chiqarishning quyidagi usullari qo`llaniladi: -ayni bir xil tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab baholash; -o`xshash tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab baholash va hokazo. Davlat o`zining tashqi iqtisodiy faoliyatini tarif va notarif usullar bilan boshqarib boradi. Notarif usul deganda, litsenziya berish, kvotalash, deklaratsiyalash va embargolarni qo`llash tushuniladi. Litsenziya - vakolatli davlat idoralariga tashqi savdo harakatlarini olib borish uchun beriladigan ruxsatnoma bo`lib, u eksport va importni, valyuta sarflarini nazorat qilish usullaridan biridir. Ayrim yoki bir guruh tovarlar bo`yicha kvota (muayyan miqdor, hajm) o`rnatilib, unga muvofiq mamlakatlar yoki mamlakatlar guruhining belgilangan miqdordagi tovarlarni ishlab chiqarish va uni chetga sotish kvotalashgan usul deb yuritiladi. Kvota shartini buzgan mamlakat yoki korxona iqtisodiy jihatdan jazolanadi. Bu usul hozir Evropa Iqtisodiy hamjamiyatiga qarashli mamlakatlar tashqi savdo amaliyotida keng qo`llaniladi. Deklaratsiyalash, bu – milliy qonunchilik talablariga muvofiq rasmiylashtiriladigan xujjat bo`lib, unda chegara orqali o`tayotgan yuk (eksport, import tovarlari, kishilarga tegishli yuklar, qo`ldagi anjomlar, valyuta, qimmatbaho buyumlar va boshqalar) haqidagi ma`lumotlar qayd etiladi. Download 90.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling