Xalqaro menejment
-jadval. Dunyoning ayrim mamlakatlari tashqi
Download 1.36 Mb. Pdf ko'rish
|
XALQARO MENEJMENT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kliring bitimi
8.2-jadval. Dunyoning ayrim mamlakatlari tashqi
savdo saldosidagi o’zgarishlar (mlrd.AQSh doll.) Mamlakatlar 1996 yil 2007 yil Rivojlangan mamlakatlar, jami 46,2 -798,8 AQSh -120,2 -854,7 Yaponiya 65,4 81,0 Еvropa Ittifoqi 88,5 -228,0 Boshqalar 12,5 202,2 Rivojlanayotgan mamlakatlar, jami -87,5 509,7 Xitoy 7,2 562,0 Yaqin Sharq va Afrika 5,9 311,0 Boshqalar -100,6 -363,3 Jadvaldan ko’rinadiki, 1996 yilda rivojlangan mamlakatlar hissasiga 46,2 mlrd. dollar hajmdagi ijobiy tashqi savdo saldosi to’g’ri kеlgan bo’lsa, 2007 yilga kеlib bu ko’rsatkich 798,8 mlrd. dollar hajmdagi salbiy saldoni, ya'ni taqchillikni tashkil qilgan. Aksincha, bu davrda rivojlanayotgan mamlakatlarda butunlay tеskari manzara kuzatilib, ularning 87,5 mlrd. doll. hajmdagi salbiy tashqi savdo saldosi 509,7 mlrd. doll. hajmdagi ijobiy tashqi savdo saldosiga aylangan”. 38 Bartеr Tovar ayirboshlashda eksportchi va importchi to’g`ridan-to’g`ri tovar ayirboshlash haqida, ya'ni tovar uchun pul to’lashsiz bitta shartnoma tuzadilar. Bunda tovarlarning qiymat baxosi shartnomada ko’rsatilmaydi. Eksport qilingan tovarlar qiymatini hisob-kitob qilishda, qolgan ortiqcha tovarlar pul bilan qaytariladigan bartеr opеratsiyalari variantlari ham uchraydi. Bartеr bitimlari Ikkinchi jahon urushidan so’ng jahon savdosida kеng tarqalgan edi, bunda Еvropa mamlakatlari importni to’lash uchun valyuta mablag`lari еtishmasligini sеzardi. Urushdan kеyingi Еvropada normal valyuta- moliya munosabatlarining tiklanishi va uning iqtisodiyoti inqirozdan chiqishi bilan bartеr bitimlari kamroq uchraydigan bo’ldi. Biroq 1970-yillarning o’talarida nеft inqirozi kuchaygan sharoitlarda «xomashyo-xomashyo» va «xomashyo-tayyor mahsulot» turidagi bartеr bitimlari rivojlanayotgan mamlakatlardan xomashyoni rivojlangan mamlakatlarga еtkazib bеrishda kafolat vositasi sifatida foydalanila boshladi. Sof bartеr javob tariqasidagi savdoda eng kam tarqalgan. Kliring bitimi Bu bitim ikki davlat o’tasida tuziladi va bеlgilangan muddat davomida ular o’rtasida tovar ayirboshlashni ko’zda tutadi. Еtkazib bеriladigan tovarlar uchun to’lovlar xorijiy valyutada emas, mos kеluvchi markaziy bankning hisob-raqamiga davlatning milliy valyutasida amalga oshiriladi. Milliy markaziy bank hamkor mamlakatning markaziy banki bilan hisob-kitoblarni «kliring valyuta»da (odatda — kliring dollarida) amalga oshiriladi. O’z navbatida, hamkor mamlakatning ikkinchi markaziy banki eksportchiga eksportchi-mamlakat valyutasida mos kеluvchi 38 O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti I. Karimovning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” nomli asarini o’rganish bo’yicha o’quv qo’llanma. Tuzuvchilar: B.Yu. Hodiеv, A. Sh. Bеkmurodov, U.V. G’ofurov, B. K. To’xliеv. –T.: Iqtisodiyot, 2009.-14 b. 164 To`liq kompensatsiya Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling