Yuridik shaxs maqomini tashkil qilmasdan tadbirkorlik
Yuridik shaxs tashkil qilmagan holda tadbirkorlik faoliyati O’zbеkistonda
fuharolar tomonidan ham, oddiy o’rtoqchiliklar doirasida – yakka tartibdagi
tadbirkorlar yoki tijorat tashkilotlarining birgalikdagi faoliyat haqida shartnomalari
doirasida ham amalga oshirilishi mumkin.
O’zbеkiston Rеspublikasi Fuharolik kodеksida ko’rsatilganidеk, fuharo yakka
tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro’yxatidan o’tgan paytdan boshlab yuridik
shaxs tashkil qilmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shuqullanish huquqiga ega
(24-26-moddalar). U o’z majburiyatlari bo’yicha unga tеgishli bo’gan mulki bilan
javob beradi (qonunchilikka muvofiq uning undirilmaydigan qismini istisno
qilganda). Tadbirkor krеditorlarning talablarini qondira olmasa, uni bankrot dеb tan
olish imkoniyati ko’zda tutilgan.
Oddiy o’rtoqchilikning eng jiddiy xususiyatlari sifatida ularning tadbirkorlik
faoliyatini amalga oshirishda yuzaga kеladigan barcha umumiy majburiyatlar
bo’yicha birgalikdagi javobgarligini ko’satib o’tamiz. Foyda qatnashchilar kiritgan
qo’yilmalarga proporstional ravishda taqsimlanadi (agar shartnoma yoki boshqa
bitimda boshqa holat ko’zda tutilgan bo’lmasa), qo’yilma sifatida nafaqat moddiy
va nomoddiy aktivlar, balki qatnashchilarning ajralmas shaxsiy xislatlari ham
qabul qilinadi. O’z navbatida, shartnomaning har bir qatnashchisi o’rtoqlari
nomidan harkat qilish huquqiga ega; agar birgalikda ishlarni yuritish zarurati qayd
qilingan bo’lsa, har bitimni amalga oshirish uchun hammaning umumiy roziligi
talab qilinadi.
3.2-rasm.fransiyada tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllari.
13
13
Prеdpriyatiya vo Frantsii. – M.: Anor, 1994. kitobi matеriallari asosida tayyorlangan.
Yuridik shaxs maqomini tashkil
qilmasdan tadbirkorlik
Do'stlaringiz bilan baham: |