Xalqaro menejment


Global menejer uchun etikaning ahamiyati


Download 456.36 Kb.
bet113/150
Sana08.01.2022
Hajmi456.36 Kb.
#235590
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   150
Bog'liq
XALQARO MENEJMENT MA'RUZA MAVZULARI O'ZBEK TILIDA

Global menejer uchun etikaning ahamiyati

Global menejer uchun turli mamlakatlar va qit’alar sharoitida mehnat qilish bilan bilan bog’liq bo’lgan ahloq, ma’naviy talablar va me’yorlarning umuminsoniy xarakterini tushunish ichki milliy va xalqaro nizolarning oldini olishga yordam beradi. Bunday ziddiyatlar ehtimoli kompaniya boshqaruvchisiga nisbatan xalqaro menejer uchun yuqoriroq hisoblanadi.

Xalqaro menejerning o’z kundalik faoliyatida duch keladigan davlatlar o’rtasidagi iqtisodiy va siyosiy tafovutlar ko’pincha sayyoramizda yashovchi etnik guruhlarning ijtimoiy-madaniy rivojlanishidagi farqlarning natijasi ekanligiga ishonch hosil qiladi. Bu tafovutlar menejment uslubiga, ishlab chiqarish va sotishni tashkil etishga, mahalliy mutaxassislar bilan ishlab chiqarish munosabatlariga va pirovardida qabul qiluvchi mamlakatda mehnat unumdorligi va xalqaro kompaniya xorijiy filiali haqidagi ommaviy fikrga bevosita ta’sir etadi.

Ziddiyatlar xalqaro menejerning bir tomondan qabul qiluvchi mamlakat ijtimoiy fikrini inkor etib, faqat iqtisodiy yutuqka erishishga qaratilgan faoliyat yuritganda, boshqa tomondan esa, ko’p sonli shaxslar guruhlarini o’z faoliyatining to’g’riligi, foydaliligi yoki hech bo’lmaganda zararsiz ekanligiga ishontira olmaganda vujudga keladi. Bunday guruhlarga masalan, qabul qiluvchi mamlakatda xalqaro kompaniyaning filiali ishchi va xizmatchilari, mahalliy hissadorlar, hukumat mansabdorlari, tegishli kasaba uyushmalar rahbariyati va hokazolar kiradi. Menejer va ular o’rtasida ba’zan maxsus mahalliy qonunchilik yordamida hal qilish mumkin bo’lmagan baxsli ziddiyatlar vujudga keladi.

Bu holda global menejer jamiyat oldidagi o’z ma’suliyatini anglashi va har qanday yo’l bilan foyda olish prinsipini cheklash yo’li bilan o’z xatti-harakatlarini ahloqiy jihatdan qoralanishiga yo’l qo’ymasligi zarur. Bu foyda olish prinsipini umuman inkor etishni emas, balki qabul qiluvchi mamlakatdagi mavjud ijtimoiy me’yorlarni buzishga olib kelganda, iqtisodiy samaradorlik mantiqi bilan rivojlanayotgan taraqqiyot kishilar uchun havf-xatar manbaiga aylangan holda uni cheklashni nazarda tutadi.

Ahloqiy me’yorlar korxona rahbarining xatti-harakatlarini ma’lum darajada, jumladan, xalqaro menejer nuqtai nazaridan iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lgan tadbirlar kishilar, atrof-muhit uchun havf-xatar tug’dirishi mumkin bo’lgan vaziyatlarda ham cheklaydi. Bu qarashlarga global menejer faoliyatida ustunlik berilishi kerak, chunki qabul qiluvchi mamlakatlarda xorijiy va qo’shma korxonalar tobora ko’proq darajada jamoatchilikning kuchli e’tibori ostida amal qilmoqda.

Xalqaro menejerning ahloqiy jihatdan qo’pol xatolariga quyidagilarni kiritish mumkin:

- qabul qiluvchi mamlakatlarda ishbilarmonlik muhiti va madaniy hayot xususiyatlarini o’rganishni inkor etish;

- xorijiy faoliyat natijalarini oshirib kutish;

- chet ellik sheriklar bilan o’zaro tushunishga erishishga intilmaslik;

- chet ellik sheriklar bilan muntazam muloqot qilmaslik, shu jumladan, ular bilan iliq shaxsiy munosabatlar ahamiyatini yetarli baholamaslik;

- vujudga kelgan muammolar va kelishmovchiliklarning sabablarini yaxshi o’rganmasdan turib, chet ellik sheriklar bilan munosabatni uzish.

Jahon iqtisodiyotining zamonaviy bosqichida global menejer malakasi iqtisodiy va texnik bilimlardan tashqari ijtimoiy sohadagi bilimlar va muloqotga kirishuvchanligini ham o’z ichiga olishi kerak. Ziddiyatlar vujudga kelganda tinchlik o’rnatilishini kifoya deb biluvchi an’analar eskirib qoldi. Hozirgi vaqtda xalqaro menejer duch keladigan muammolarning hal qilinishi bundan manfaatdor bo’lgan barcha shaxslar va huquq sub’ektlari o’rtasida kelishuvga, ya’ni konsensusga erishish bilan bog’liq.

Ratsional konsensusga erishish vositasi sifatida muammo hal qilinishidan barcha manfaatdorlarni qat’iy argumentatsiyalash (isbotlash) asosida sog’lom tafakkur ovoziga murojaat qilish nazarda tutiladi. Bunda global menejer o’z faoliyatining ijtimoiy oqibatlarini hisobga olishi shart. Bunga xalqaro kompaniya xorijiy filialining boshqarish loyihasi va qarorlar qabul qilish qaltisligi bilan bog’liq munozaralar ularning amalga oshirilish darajasi nuqtai nazaridan yordam berishi mumkin. Qarorlar qabul qilish usuliga bunday yondashuv qarorlarning boshqa manfaatdor shaxslar uchun keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan qaltislik darajasini jiddiy pasaytiradi.

Bir vaqtning o’zida konsensus muhim qarorlar qabul qilinishida tadbirkorlik omadini ta’minlashga o’z hissasini qo’shadi, chunki u ma’lum darajada noto’g’ri qarorlar qabul qilinishidan, noratsional kapital qo’yilmalarni amalga oshirishdan, havfli vaziyatlar tug’ilishidan kafolatlaydi. Xalqaro menejerlarda qabul qilinayotgan qarorlarni ahloqiy baholash va isbotlash qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida rivojlangan davlatlarning ko’pgina o’quv yurtlarida biznes-etika majburiy fan sifatida o’qitiladi.





    1. Download 456.36 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling