Xalqaro menejment


Menejerning uch toifadagi shaxs talablarini hisobga olish zaruriyati


Download 456.36 Kb.
bet115/150
Sana08.01.2022
Hajmi456.36 Kb.
#235590
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   150
Bog'liq
XALQARO MENEJMENT MA'RUZA MAVZULARI O'ZBEK TILIDA

10.3. Menejerning uch toifadagi shaxs talablarini hisobga olish zaruriyati
Xaridorlar, ma’muriy organlar, bo’ysunuvchilar talablariga yuqori e’tibor bilan qarash va to’g’ri, adolatli va qonuniy bo’lganda imkoniyat boricha ularni bajarish zarur. Bunda qabul qiluvchi mamlakatlarda global menejer qaror qabul qilishdan oldin quyidagi savollarga javoblarni tahlil qilib, muammoni aniqlab olishi kerak:

Talab mazmuni nimada?

Kim so’rayapti?

Uni bu talabga nima undadi?

Talab bajarilganda kimga zarar yetishi mumkin?

Qanday qarorni kutishmoqda?

Ushbu qaror bo’yicha qanday fikrlar va qarshiliklar mavjud?

Ushbu qaror qanchalik tezkor bo’lishi zarur?

Uni qanchalik tez bajarish kerak?

U nima beradi?

Bunda qo’yilayotgan talablardan qat’iy nazar quyidagilarni yashirish odobsizlikdir:

 aksiyadorlardan – aksiyadorlik jamiyatini qo’shilishi yoki qo’shib olinishining haqiqiy sabablarini;

 bo’shatilayotgan xodimlardan – shtatning qisqartirilishi sabablarini.

Oxirgi holatda masalan, firmani qayta tashkil etishning istiqbolli rejasiga muvofiq, shtatni qisqartirish zaruriyatini ishonchli tushuntirish ahloqiydir.

Ko’rsatilgan uch toifa shaxslari talablari bo’yicha qaror qabul qilinayotgan har qanday vaziyatda xalqaro menejer kompaniyaning ijtimoiy ma’suliyatidan kelib chiqishi kerak. U esa bir tomondan xo’jalik samarasiga erishishga, boshqa tomondan esa qabul qiluvchi mamlakatda kompaniya uchun qulay ijtimoiy fikrni yaratish zaruriyatiga asoslanadi. Qabul qiluvchi mamlakatda xorijiy kompaniya faoliyati bilan bogglik shaxslarning barcha toifalari uchun menejer tomonidan qabul qilingan biznes samaradorligi me’yorlariga mos keluvchi qaror tushunarlidir. Biznes samaradorligining me’yorlari esa quyidagi asosiy omillar bilan aniqlanadi:

- mavjud resurslardan maksimal foydalanish;

- har bir kishining o’z ishi uchun ma’suliyati;

- bilimdonligi;

- erkin bozor axborotini o’z vaqtida qo’llash.


Download 456.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling