Xalqaro menejment


Ijtimoiy-madaniy vakolatlar va personal rivojlanishidagi farqlar


Download 456.36 Kb.
bet118/150
Sana08.01.2022
Hajmi456.36 Kb.
#235590
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   150
Bog'liq
XALQARO MENEJMENT MA'RUZA MAVZULARI O'ZBEK TILIDA

Ijtimoiy-madaniy vakolatlar va personal rivojlanishidagi farqlar. Madaniy-ijtimoiy boshqaruv vakolatlari quyidagilarda ifodalanadigan ma’lum bir moslashuvchanlikni nazarda tutadi:
  • O’zga madaniyatlarni qabul qilish;


  • O’zga madaniy aloqalarni tushunish;


  • Madaniy aloqalar jarayonida ochiqlik va murosalilik;


  • Personalni boshqarish sohasida nou-xauni bir madaniy muhitdan boshqasiga ko’chirish imkoniyatini baholash qobiliyati.


Xalqaro firma madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish vositalari yirik kompaniyalar uchun xos bo’lgan shakl va vositalarini ham, xalqaro biznes uchun xos bo’lgan vositalarni ham qamrab oladi:




    1. Universal azmiy-belgili tizim, firmani tanib olish tizimi, nomi, belgisini qamrab oladi.


    2. Kommunikatsiya tizimi.


3. Xalqaro xodimlarning doimiy yashash va ishlash joyini almashtirish va turli millat madaniyati vakillari bo’lgan korporatsiya xodimlarini birgalikda o’qitish.



Xulosalar

1. Global menejerga etika ichki milliy va xalqaro ziddiyatlarning oldini olish imkoniyatini beradi. Global menejer malakasi iqtisodiy va texnik bilimlardan tashqari ijtimoiy soha haqidagi bilimlarni va muloqotga kirishuvchanlikni ham o’z ichiga olishi kerak. U o’z faoliyatining ijtimoiy oqibatlarini hisobga olishi shart.

2. Xalqaro menejer o’z faoliyatini faqat xo’jalik muvaffaqiyatiga erishishga yo’naltirganda va qabul qiluvchi mamlakatda jamoatchilik fikrini inkor etganda yoki qabul qiluvchi mamlakatda kishilarning asosiy guruhlari - xalqaro kompaniyalarning xorijiy filial ishchi va xizmatchilari, mahalliy aktsionerlar, hukumat mansabdorlari, kasaba soyuz rahbarlarini o’z faoliyatining foydaliligi, to’g’riligi va bezararligiga ishontira olmaganda ziddiyatlar tug’iladi.

3. Ahloqiy jihatdan xalqaro menejerning jiddiy xatosi bo’lib, qabul qiluvchi mamlakatda ishbilarmonlik muhiti va madaniy hayot xususiyatlarini o’rganishni inkor etish, xorijiy faoliyatdan kutilayotgan natijalarning real emasligi, xorijiy sheriklar bilan o’zaro tushunishga intilmaslik, muammolar va ziddiyatlarning sabablarini yaxshi o’rganmay turib xorijiy sheriklar bilan munosabatlarni uzish hisoblanadi.

4. Biznesni ahloqiy yuritishning 3 belgisi:

- biznesning o’z maqsadlariga mosligi;

- sog’lom tafakkurga itoat etish;

- oddiy insonparvarchilik prinsiplari bo’yicha harakat qilish.

5. Moliyaviy faoliyat etikasi barcha ishga doir, shu jumladan, buxgalterlik hisob-kitoblarining haqqoniyligidan iboratdir.

6. Poraxo’rlik doim ma’naviy qoralanadi va ahloqsizlikka kiradi.

7. Xalqaro tadbirkorlik faoliyatida muvaffaqiyatlarga erishishni hohlovchilar uchun biznesmenlarning milliy va xalqaro assotsiatsiyalari xulq-atvor qoidalari va “ahloq kodeks”larini ishlab chiqadilar.


Download 456.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling