Iqtisodiyotning raqobatbardoshligi – mamlakat iqtisodiyotining xalqaro savdoda ishtirok etish, jahon bozoridagi o’z o’rni va mavqeini saqlab qolish va kengaytira olish, jahon talablariga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqara olish layoqati.
Iqtisodiyotning real sektori – iqtisodiyotning bevosita moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish bilan bog’liq sohasi bo’lib, u o’z ichiga sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport, aloqa tarmoqlarini oladi.
Iqtisodiy o’sish – real yalpi ichki mahsulot umumiy hajmining yoki aholi jon boshiga to’g’ri keladigan real yalpi ichki mahsulotning oldingi yilga nisbatan o’sishi.
Import – mamlakat ichki bozorlarida sotish uchun chet el mollarini, kapitalini, texnologiyasini va xizmatlarni olib kelish. Import xalqaro mehnat taqsimoti natijasidir. U vaqtni tejashga, iqtisodiyot, aholi ehtiyojini qondirish vazifalarini muvaffaqiyat bilan hal qilishga ko’maklashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |