Global moliyaviy-iqtisodiy bozor – jahon mamlakatlari o’rtasidagi moliyaviy-iqtisodiy aloqalarni yagona xo’jalik tarzida amal qilishiga asoslangan munosabatlar.
Deflyatsiya – inflyatsiya davrida muomaladagi qog’oz pulni kamaytirish. Davlat tomonidan muomaladagi pul miqdorini kamaytirishga qaratilgan moliya va pul - kredit tadbirlarini qo’llash orqali amalga oshiriladi.
Diversifikatsiya – (lotinchadan diversus - har xil va facere - qilmoq, bajarmoq) – ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, mahsulot va xizmatlarni sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida tarmoq va korxonalar faoliyat sohalarini kengaytirish, mahsulot va xizmatlar assortimentlarini ko’paytirish.
Dividend – aktsionerlik jamiyati sof foydasidan aktsiya egalariga to’lanadigan qismi bo’lib, u aktsionerlarga naqd pul yoki aktsiyalar bilan to’lanadi.
Evro - universal evropa hisob-kitob-to’lov birligi bo’lib, EIga a’zo mamlakatlar hududida EKYu o’rniga joriy etilgan.
Jahon bahosi - talab va taklif egri chiziqlari ta’sirini hisobga olgan holda milliy narx ko’rsatkichlari ta’sirida xalqaro savdo markazlarida xosil bo’ladi.
Jahon bozori — moddiylashtirilgan va moddiylashtirilmagan ko’rinishidagi ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol bosqichlarni o’z ichiga oluvchi XIM sub’ektlari (milliy va hududiy iqtisodiyotlar, xalqaro tashkilotlar va korporatsiyalar)ning o’zaro iqtisodiy ta’sirlashish global muhitidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |