Xalqaro menejment


Download 456.36 Kb.
bet47/150
Sana08.01.2022
Hajmi456.36 Kb.
#235590
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   150
Bog'liq
XALQARO MENEJMENT MA'RUZA MAVZULARI O'ZBEK TILIDA

V int=Pint|CN (1.15)

Bunda oldingidеk, xo’jalik tarkibini rеntabеlligi ostida ishlab chiqaruvchida toza foyda sifatida qoluvchi tushimni umumiy ulushi tushiniladi. (1.15) nisbat tеxnologik zvеnolar sonlari va narxli ustamadan rеntabеllikni ko’rish mumkinki oddiy bo’lmagan bog’lanish bеrishni.




6.3. NAFTAda xalqaro kompaniyalarning imkoniyatlari
NAFTA miqyosida Shimoliy Amerika integratsiyasi rivojlanishida hal qiluvchi rol AQSh TMKlariga taalluqli. AQSh ishbilarmonlik doiralari NAFTAga katta umid bog’laydilar. Yaqin yillarda amerika eksportining jiddiy kengayishi va shu bilan bog’liq ish joylarning ko’payishi kutilmoqda. Mehnatsig’imli, materialsig’imli va ekologik qimmat ishlab chiqarishlarni AQShdan Meksikaga ko’chirish davomida ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish va amerikaning ayrim sanoat tarmoqlarining raqobatbardoshlik darajasini oshirish imkoniyati tug’ilsa ajab emas. Masalan, Xermosilloda (Meksika) Ford zavodi 3/4 qismi Amerikada ishlab chiqarilgan detallardan avtomobillar tayyorlaydi. Sifat jihatidan ular AQSh, Kanada yoki Yaponiyada yig’ilgan mashinalardan kam emas. Amerikaning uchta avtogiganti - “Ford”, “Kraysler”, “Djeneral motorz” yaqin yillarda shunday yo’l bilan ishlab chiqarish va sotishni kengaytirishi va 4-10 % ga o’z foydalarini oshirishi taxmin qilinmoqda.

Kanada TMKlari NAFTA yordamida rivojlanishni boshlayotgan texnologik tarmoqlarni (o’lchov asMAVZUlari, kompyuterlar, aloqa vositalari va boshqa ishlab chiqarish) nou-xau sotish, ishlab chiqarish samadorligini oshirish va bozorni kengaytirish orqali o’z foydasini oshirishni nazarda tutmoqdalar. Bunda kanada kapitalining janubga kuchishini kuchayishi natijasida ish joylari qisqaradi. Biroq, boshqa tomondan qit’a ko’lamidagi ulkan liberallashgan bozor makonining shakllanishi uchinchi mamlakatlardan, asosan YeI va Yaponiyadan bevosita va portfel investitsiyalarining Kanadaga oqib kelishini rag’batlantiradi.

EIda kamroq rivojlangan mintaqa va mamlakatlarga (Gretsiya, Irlandiya, Portugaliya) qo’shma byudjet fondlaridan moliyaviy yordam berilsa, NAFTA Meksikaga bunday yordam ko’rsatmaydi. Uning yangi vaziyatlarga yolg’iz moslashishiga to’g’ri keladi. Shunga qaramay NAFTA yordamida Meksika o’z iqtisodiyotini islohotlashtirish va sanoati rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo’shilish muddatini yarim asrdan 10-15 yilgacha qisqartirishi taxmin qilinmoqda. Buning uchun ikki shimoliy davlat va Meksika o’rtasidagi tovar ayirboshlashni faol erkinlashtirish jarayoni boshlanishi zarur, chunki kanada-amerika savdosida savdo to’siqlari bartaraf etib bo’lingan. Ayniqsa, tayyor mahsulotlar ayirboshlash cheklovlardan qat’iy ozod qilingan: sanoat va oziq-ovqat tovarlari bilan o’zaro savdoda boj to’lovlari 65%ga kamaytirilgan, qolgan to’lovlarning ko’pchiligi esa 2003 yilda tugatiladi. Energoresurslar, qishloq xo’jalik mahsulotlari, avtomobillar va to’qimachilik tovarlari bozorini asta-sekin liberallashtirish mo’ljallangan.

Meksika qishloq xo’jalik mahsulotlari bo’yicha har bir shimoliy sherik bilan alohida ikki tomonlama shartnomalar tuzmoqda. Meksika o’z bozoriga Kanada va AQShning yuqori texnologik tovarlari kirib kelishini ta’minlash uchun Amerika va Kanadada ishlab chiqarilgan kompyuterlarga avvalgi 20%lik boj to’lovini butunlay olib tashladi, uchinchi mamlakatlardan shunday tovarlarga boj to’lovi asta-sekin 3,9%gacha pasaytiriladi. Shunday qilib, shimoliy sheriklarga Meksika bozoridan arzon yapon va Janubiy Koreya texnikasini siqib chiqarish imkoniyati beriladi. 10 yil mobaynida Meksika avtomobillar importiga ko’pgina cheklashlarni olib tashlashi kerak, bu esa amerika eksportyorlariga bozorni kengaytirish imkonini beradi. Bundan tashqari, 90-yillar o’rtalarida Meksikada xorijiy investorlar imkoniyatlarini kengaytiruvchi qonun kiritilgan edi. Sanoat va qishloq xo’jaligining ko’p tarmoqlarida kapitalni “har qanday nisbatlarda” kiritish ruxsat etildi. Xorijiy tadbirkorlarga energiya tashuvchilar va radioaktiv rudalarni izlab topish va qazib chiqarishga transport va kommunikatsiya infrastrukturasiga mablag’lar investitsiyalash hozircha ta’qiqlanadi. Keyinchalik qatnashish ulushi cheklangan sohalarda uni 2001 yildan boshlab - 51 % gacha, 2004 yildan boshlab – 100 % gacha kengaytirish ko’zda tutilmoqda.

Meksika banklar va sug’urta kompaniyalarida xorijiy firmalarning ishtirok etish cheklovlarini olib tashlash majburiyatini olgan, bu esa Amerika va Kanada moliyaviy kapitalining Meksika sug’urta bozorining 3 dan 1 qismini egallash imkoniyatini yaratadi.

NAFTA dan eng kam foydani Kanada oladi. Uning iqtisodiyoti AQSHniki bilan chambarchas bog’liq bo’lsada, Meksika iqtisodiyoti bilan aloqalari unchalik rivojlanmagan. Ammo, NAFTA rivojlanib borishi bilan Kanada ham integratsion jarayonga yanada ko’proq tortiladi va kengayotgan bozordan devidentlar oladi.




Download 456.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling