Xalqaro menejment
ASEANda xalqaro kompaniyalarning imkoniyatlari
Download 456.36 Kb.
|
XALQARO MENEJMENT MA'RUZA MAVZULARI O'ZBEK TILIDA
6.4. ASEANda xalqaro kompaniyalarning imkoniyatlari
1967 yilda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hamkorlikni muvofiqlashtirish maqsadida tashkil qilingan Janubi-Sharqiy Osiyo rivojlanayotgan mamlakatlari mintaqaviy integratsion guruhi o’zining 40 yillik faoliyati davomida iqtisodiy rivojlanishi, diniy e’tiqodlari, etnik xususiyatlari bo’yicha keskin farqlanuvchi mamlakatlar o’rtasida kelishuvlarga erishish qobiliyatini namoyish etdi va 90-yillar oxirida AQSh, YeI va Yaponiyadan so’ng dunyoda tovar aylanishi bo’yicha to’rtinchi o’rinni egalladi. ASEAN mamlakatlari murakkab va ilmtalab mahsulotlarni ishlab chiqarishni tobora rivojlantirmoqda. ASEAN miqyosida milliy va xorijiy kompaniyalar hamkorligi rivojlanishiga ko’maklashish “ASEANda ishlab chiqarilgan” belgisi bilan mahsulot ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga berilgan imtiyozlarda namoyon bo’ladi. Bunday belgi bilan chiqariladigan mahsulotlarda ASEAN mamlakatlarida ishlab chiqarilgan komponentlar ulushi 40 % dan kam bo’lmasligi kerak. Yaponiya TMKlari samarali, zamonaviy texnologiyaga asoslangan yapon industriyasi bilan bog’langan sanoat tuzilmalarini o’z sheriklari sifatida shakllantirish maqsadida o’zining osiyo filiallari va mahalliy yetkazib beruvchilar ishlab chiqarishini mintaqaviy ko’lamda muvofiqlashtiradilar. Bunday hamkorlikka misol qilib, “TOYOTA” firmasi avtomobillarini ASEANning to’rtta mamlakatida ishlab chiqarilishini keltirish mumkin. Xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida XXI asr boshida ASEAN miqyosida yerga va qator sanoat tarmoqlaridagi korxonalarga yuz foizlik xorijiy mulkchilikka ruxsat etish, erkin investitsiyalar hududini (xorijiy kompaniyalar huquqlari mahalliy sarmoyadorlar huquqlariga tenglashtiriladi) tashkil qilish, valuta chayqovchilariga qarshi keskin cheklovlar kiritish, mintaqa miqyosida ko’pchilik mahsulotlarga boj tariflarini pasaytirish mo’ljallanmoqda. Download 456.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling