O‘ziga xos yangi bir g‘oya batamom barbod bo‘lsa, buning uchun azoblanishdan qo‘rqish odatini yo‘qotib boring.
G‘oya manzur bo‘lmagan yoki ishlab chiqilmaydigan bo‘lsa, bu gap uning batamom barbod bo‘lganini bildiradigan gap emasligini tushunib olishga hamisha imkon bering. Qilingan xatti-harakatlarning hammasi chippakka chiqdi degan gap ijod kishisi uchun hammadan yomon.
Xato qilishga yo‘l qo‘ymaslik uchun tish-tirnog‘i bilan harakat qiladigan rahbarlar ko‘pincha “burgaga achchiq qilib ko‘rpani ham kuydirishadi”. G‘oyaning o‘ziga xos, yangiligiga tan bering. Dastlabki munosabat hamisha ijobiy bo‘lishi kerak. Shuning uchun ham yangi g‘oyani ko‘rib chiqishda avvalo uning barcha ijobiy tomonlari va afzzalliklarini o‘rganib chiqish va shundan keyingina uni qay tariqa amalga oshirsa bo‘larkin va bunda qanday qiyinchiliklar tug‘ilarkin deb o‘ylab ko‘rish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |