Xalqaro menejment


Download 456.36 Kb.
bet84/150
Sana08.01.2022
Hajmi456.36 Kb.
#235590
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   150
Bog'liq
XALQARO MENEJMENT MA'RUZA MAVZULARI O'ZBEK TILIDA

Xulosalar

1. Xalqaro menejer bosh kompaniya joylashgan mamlakatda o’z darajasidagi rahbardan ko’ra odatda kengroq doiradagi majburiyatlarni bajaradi.

2. Xalqaro menejer o’z vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishi uchun xorijiy davlat sharoitlariga tez moslasha olishi, ish manfaati yo’lida xalqaro tafovutlarni yenga olishi, xorijiy sheriklar bilan muloqotda egiluvchanlik va o’z kompaniyasi qiziqishlarini himoya qilishda qat’iyatlikni ko’rsata olishi va shu kabi bir qator boshqa zaruriy qobiliyatlarga ega bo’lishi kerak.

3. Global menejerning qabul qiluvchi mamlakatda inson resurslarini boshqarishi bosh kompaniya joylashgan mamlakatdagiga qaraganda bir qator farqlarga ega.

4. Har bir xalqaro kompaniya qabul qiluvchi mamlakatda mahalliy personalni TMK filiallarida ishlash uchun o’z o’qitish dasturlari va usullariga ega.

5. Ko’pgina xalqaro kompaniyalar chet elda ishlash uchun xodimlarni tanlashga katta e’tibor beradilar. Buning uchun nomzodlar va ularning oila a’zolari stresslar, muloqot qilish bo’yicha psixologik testlardan o’tadi, kasbiy bilimlarni baholash o’tkaziladi.

6. Xalqaro kompaniyalar xorijiy filiallar rahbariyatini qabul qiluvchi mamlakat fuqarolaridan shakllantirish quyidagi afzalliklarga ega:

- mahalliy xodimlarning xizmati xalqaro kompaniyaga arzonroq tushadi;

- ayrim qabul qiluvchi mamlakatlarda xizmat qilayotgan mamlakat chegarasidan tashqarida kasbiy ma’lumot olgan buxgalterlar va huquqshunoslar xizmatidan foydalanish imkonini bermaydigan talablar mavjud.

- mahalliy kadrlar ishlab chiqarish munosabatlari, milliy iste’molchilar talabi xususiyatlarini yaxshiroq biladi va ba’zan hukumat doiralari bilan bevosita aloqalarga ega bo’ladi.




Tayanch iboralar:

Etnotsentrik yo’nalish, politsentrik yo’nalish, geotsentrik yo’nalish, reintegratsiya, ekspatriantlar, raqobat kartasi.



Download 456.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling