Xalqaro menejment


Tajriba almashuv kurslari tashkil etib, o‘z xodimlaringizning malakasini oshirib boring


Download 456.36 Kb.
bet82/150
Sana08.01.2022
Hajmi456.36 Kb.
#235590
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   150
Bog'liq
XALQARO MENEJMENT MA'RUZA MAVZULARI O'ZBEK TILIDA

Tajriba almashuv kurslari tashkil etib, o‘z xodimlaringizning malakasini oshirib boring.


  • Odamlarning erkinlik bilan bemalol muloqot qilib borishlari uchun imkon tug‘dirib bering va bunga kishilarni ko‘proq jalb etib boring.


  • Birinchi galda qanday imkoniyatlarni ishga solish kerakligi muhokama qilinadigan uchrashuvlar va shaxsiy suhbatlarni o‘tkazzib turing va bunda yangidan amalga oshirilayotgan aniq g‘oya to‘g‘risida albatta so‘z oching.


  • Bo‘limlar orasidagi to‘siqlar harakatchan va oson engib o‘tiladigan bo‘lishi kerak. Bo‘limlar o‘rtasida raqobat bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi.


  • Garchi “bir bosh yaxshi, ikkitasi esa bundan ham yaxshi” va jamoa hamkorligi ancha samarali bo‘lsa-da, ko‘pchilikning fikriga qarama-qarshi fikr yuritayotgan yakka kishining ishiga to‘sqinlik qilmang.


  • Masalani hal qilishga qo‘shgan hissasi uchun shaxsan odamlarning o‘ziga tashakkur bildirib, mukofotlar bering.


  • G‘oya va fikrlar plyuralizmini, ularning kimdan chiqqanligidan qat’iy naazar, tabriklang va qo‘llab-quvvatlang.


  • Xodimlar ustidan tushgan shikoyayatlar yoki noroziliklar to‘g‘risida xodimlarni xabardor qiling, shunda birgalashib chora topsa bo‘ladi.


  • Jamoada ijodiy vaziyat yuzaga keltirish masalalari bilan bevosita shug‘ullanadigan pixolog, sotsiologlarni, boshqaruvchi mutaxassislarni ular tashkilotingizdagi xodimlar bilan maxsus o‘quv mashg‘ulotlari va ishga doir o‘yinlar o‘tkazib turishlari uchun vaqt-vaqti bilan taklif qilib turing.


  • Rahbarlik lavozimlariga boshqalarning ijodiy qobiliyatlari va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlay oladigan kishilarni tayinlang.


  • O`quv mashg‘ulotlariga qatnashish, maxsus adabiyotni o‘qib turish va ishga doir o‘yinlarda ishtirok etib borish yo‘li bilan o‘zingizning ijodiy qobiliyatlaringizni takomillashtirib boring.


  • Xodimlarning bevosita o‘z vazifalaridan tashqari ancha keng doiradagi masalalarga taaluqli fikrlarni ham bayon qilish istaklarini rag‘batlantirib boring.


  • Tashabbusni paysalga solmay, aniq-tayin g‘oyalarga, takliflarga va ishlarga aylantirish uchun shart-sharoitlarni yaratib bering. Qo‘lni qovushtirib kutib o‘tirish yaramaydi.


  • Yangiliklarni joriy etish g‘oyalarini ishlab chiqish va amalga oshirishning tashkiliy mexanizmini yarating.


  • ¡o‘l ostingizdagi kishilarning yuqori rahbariyatga yuboriladigan tashabbusini o‘z tavsiyanomangiz bilan qo‘llab-quvvatlang. Teskari aloqa bo‘lishini ta’minlang.


  • Yuqori tashkilotning rahbarlari bilan yangi echimlarning mualliflari o‘rtasida o‘ziga xos, g‘ayri rasmiy muunosabatlar o‘rnatilishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlang va bunga yo‘l ochib boring.


  • Tashkilotga yangi kelgan xodimlar, shuningdek uning faxriylari bo‘lmish kishilarning kayfu-ruhiyati bilan qiziqib turing.


  • Tamomi hafsalam pir bo‘ldi debyurgan xodimlarda ishga bo‘lgan qiziqishni qay tariqa yangidan uyg‘otsa bo‘larkin deb o‘ylab ko‘ring.


  • Ijodiy tashabbusni rag‘banlantirishga qo‘shimcha ishlatiladigan bir hiyla deb qaramang, uni umuman boshqaruvga oid siyosatning avjralmas bir qismi deb hisoblang.




      1. Download 456.36 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   150




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling