Xalqaro menejment


Xorijiy operatsiyalarda kadrlar joyini o’zgartirish


Download 456.36 Kb.
bet93/150
Sana08.01.2022
Hajmi456.36 Kb.
#235590
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   150
Bog'liq
XALQARO MENEJMENT MA'RUZA MAVZULARI O'ZBEK TILIDA

Xorijiy operatsiyalarda kadrlar joyini o’zgartirish. Xalqaro firmalar boshqaruv xodimlarini odatda mahalliy fuqarolar va ekspatriantlar (xorijdan kelgan kadrlar)ga bo’lishadi. Ekspatriantlar o’z navbatida kelib chiqish mamlakati fuqarolariga va uchinchi davlat fuqarolariga bo’linadi. Bosh kompaniyadagidek, uning xorijiy filiallarida ham boshqarish lavozimlarining katta qismini, xorijdan ko’chib kelganlar emas, balki mahalliy fuqarolar egallaydi. Yuqori malakali mahalliy kadrlar yetishmovchiligi sezilganda ekspatriantlar taklif etiladi. Masalan, Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlarda shunday hol kuzatiladi.

Harakatchanlik. Ko’pchilik odamlar, ayniqsa, ular doimiy yoki juda uzoq muddatga tayinlangan bo’lsa, millatidan qat’iy nazar begona davlatga borib ishlashni hohlamaydi. Ko’pchilik hollarda kompaniyalar xorijga borishni hohlamaydiganlar uchun sharoit yaratish maqsadida ish joylarida yangi bo’linmalar barpo qilishga majbur bo’ladilar. Masalan, mahalliy kadrlarning bosh shtab-kvartira joylashgan davlatga borishni rad etishi, korporatsiyalarni ilmiy-tekshiruv laboratoriya va hududiy idoralarni xorijda qurishiga sabab bo’ladi. Rahbarlar boshqarish lavozimiga xodim tanlaganda ekspatriant mehnatidan foydalanish qiymatini ham hisobga olishi lozim. Odatda firmalarga ekspatriantlarning xizmati, mahalliy boshqarish xodimlariga nisbatan qimmatga tushadi. Mamlakat tashqarisida professional tayyorgarlikni olganlar uchun yurist va buxgalterlik xizmatlaridan foydalanishga yo’l qo’ymaydigan litsenzion talablar kabi huquqiy to’siqlar, shuningdek immigratsion cheklashlar ham mavjud. Hukumatning yo’riqnomalari to’satdan va tez-tez o’zgarib turishi tufayli firmalar yetarlicha aniq bo’lmagan sharoitda ishlaydilar.


Download 456.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling