Xalqaro menejment
Mahalliy muhitning ta’siri
Download 456.36 Kb.
|
XALQARO MENEJMENT MA'RUZA MAVZULARI O'ZBEK TILIDA
Mahalliy muhitning ta’siri. Ekspatriant shaxsiy xususiyatlaridan qat’iy nazar mahalliy muhitning salbiy ta’siriga uchrashi mumkin. Masalan, menejerning obro’si tan olinishi uchun ma’lum vaqt zarur, ekspatriantga esa xizmat safari muddati yetmasligi mumkin. Ko’pincha mahalliy xodimlar xorijliklarga yaxshi lavozim berilgan va ko’proq ish xaqi to’lanadi deb o’ylaydilar. Xorijiy boshqaruvchi firmaning umumiy maqsadlariga erishish uchun notanish qarorni qabul qilishi mumkin. Agar bunga xorijliklarga nisbatan salbiy munosabatlar qo’shilsa, ekspatriantga o’z ishini muvaffaqiyatli bajarish juda qiyin bo’ladi. Shuning uchun ayrim nomzodlar xorijga yuborishda umuman ishtirok etmaydi. Masalan: Janubiy Afrikada qora tanli menejer, Liviyada – yaxudiy, Yaponiyada – juda yosh ayol, Saudiya Arabistonida – boshqaruvchi-ayol, chunki ular o’z ish faoliyatini olib borishida jiddiy muammolarga uchrashi mumkin.
Kompaniyalar xodimlarning xorijga yuborilishida ularni mahalliy aholi tomonidan qanday qabul qilinishiga juda jiddiy qaraydilar deb hisoblash mumkin. Masalan, ayollarga bo’lgan munosabatlar quyidagicha xarakterlanishi mumkin: - ayollar erkaklarga buyruq bermasligi kerak; - ayollar o’ta hissiyotlarga berilgan, ularning o’rni uyda; - buyurtmachilar ular bilan ishlashni xush ko’rmaydilar; - qo’l ostidagilar ularni jiddiy qabul qilishmaydi; - ular og’ir sohalarda ishlay olmaydilar; - ular turmush o’rtog’ining xizmat martabasini buzishni hohlashmaydi. Shularga asoslanib, firmalar juda kam hollarda xorijiy filiallar boshqaruviga ayollarni tayinlaydi. Lekin o’z mamlakatidan tashqarida barcha ishni uddalaydigan ayollar ham mavjud. Ammo, ular sanoat ishlab chiqarishi sohasida emas, balki Yaponiya, Tailand va Hindiston kabi davlatlarda xizmatlar ko’rsatish sohasida ko’p uchraydi. Chunki bu davlatlarda ularni eng avvalo xorijiy fuqaro, keyin esa ayol sifatida qabul qilishadi. Xorijda ayol boshqaruvchilarning mahalliy aholi tomonidan ijobiy qabul qilinishi uchun ba’zi tavsiyanomalar ishlab chiqilgan. Unga ko’ra yoshi katta, oliy toifali, xizmat pog’onasida bir necha marta ko’tarilgan va shular natijasida katta mavqega ega bo’lgan ayollarni tanlash maslahat beriladi. Mahalliy rahbariyatga ayol nomzodning yuqori malakasi to’g’risida oldindan axborot berish va boshqaruvda mahalliy ayollar ishlab turgan joyga tayinlash maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari uning tashqi muhitga moslashib olishi uchun xizmat safari uzunroq muddatga ega bo’lishi kerak.
Download 456.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling