Kelib chiqish va uchinchi mamlakatlarning kadrlari. Texnologiya, mahsulot va jarayonlarni amalga oshirishdagi yangiliklarning ko’pchiligi bosh firmada vujudga keladi va keyinchalik xorijdagi filialga yuboriladi. Ekspatriantlarni xorijiy filiallarda ishlatish ko’pincha ularning yangi uslublarni joriy etish hohishi bilan xarakterlanar ekan, bosh firmada ishlash tajribasiga ega xodimlar (odatda bosh firma joylashgan mamlakat fuqarolari) shu talablarga javob beradi. Biroq, uchinchi mamlakat kadrlari ekspatriantlarga qaraganda ba’zan yuqoriroq texnik va shaxsiy ko’nikmalarga ega. Masalan, AQSh kompaniyalaridan biri Perudagi zavodni boshqarish va loyihalashtirish uchun mahalliy boshqaruvchilar tayyor bo’lguncha amerika mutaxassislaridan foydalangan. Bir necha yildan keyin kompaniya Meksikada o’lchami, mahsulot ko’rsatkichlari va boshqaruv bazasi bo’yicha Perudagi zavodga o’xshash zavodni qurishga qaror qildi va ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish hamda rejalashtirish uchun Meksikaga moslashuvchan va ispan tilida so’zlashadigan perulik mutaxassislarni jo’natdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |