Xalqaro menejment


Ekspatriant (emigrant)larga haq to’lash


Download 456.36 Kb.
bet103/150
Sana08.01.2022
Hajmi456.36 Kb.
#235590
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   150
Bog'liq
XALQARO MENEJMENT MA'RUZA MAVZULARI O'ZBEK TILIDA

Ekspatriant (emigrant)larga haq to’lash. Agar Amerikaning biror kompaniyasi Buyuk Britaniyadagi filialidagi yiliga 50 ming AQSh dollari ish xaqi oladigan moliya bo’limi boshlig’ini Italiyaga ishga jo’natsa (u yerda valuta kursi bo’yicha uning ish xaqi yiliga 60 ming AQSh dollariga to’g’ri keladi), unga Italiyada qancha oylik belgilashi kerak bo’ladi? Yoki italiyalik xodim Angliyaga jo’natilsa, unga kancha ish xaqi berish kerak? Qaysi valutada: dollar, funt-sterling yoki liradami? Qaysi davlatning mehnat qonunchiligi bu hollarda amal qiladi? Qanday qo’shimcha imtiyozlar qo’llaniladi? Bu xodimlarni chet elga ishga yuborishdagi muammolardan ayrimlari hisoblanadi. Firma bir tomondan harajatlarni oshirib yubormasligi kerak, ikkinchi tomondan esa xodimni rag’batlantirib turishi kerak.

Xodimning chet elda ishlashi uchun zarur kompensatsiyaning shakli va miqdori xodimning shaxsi va aniq davlat bilan aniqlanadi. Chet elga faqat bitta xodimni yuboradigan kompaniyalar har bir holat uchun alohida kompensatsiya miqdorini belgilashlari kerak. Kompaniya ishlab chiqarish faoliyatini chet elda kengaytirishda har bir ish xaqini alohida belgilay olmaydi. U holda bir xil turdagi ishga turlicha ish xaqi oladigan ikkita xodim to’g’ri kelib qolishi mumkin, bu esa tengsizlikka olib keladi. Xizmat safariga yuborishning kelishilgan shakli ishlab chiqilmas ekan, ba’zi xodimlarga ularni chet elga jo’natishga ko’ndirish uchun ko’proq haq to’lanaveradi.



Yashash harajatlari. Chet elga ketadigan odamlar uchun yashash harajatlari ko’payib ketadi. Bu asosan ularning ma’lum bir hayot tarziga o’rganganligidan kelib chiqadi, ya’ni yangicha sharoitda bunday hayot tarzi qimmatga tushib ketadi va uni o’zgartirish oson bo’lmaydi. Boshqa sabablar esa sport bilan shug’ullanmaslik, ma’lum oziq-ovqatlarni xarid qilishni to’xtatish, ba’zi bayramlarni nishonlamaslik, o’z ona tilidagi teledasturlardan mahrum bo’lish yoki farzandlarining chet elda o’qishga majbur bo’lishidan iborat. Yangi madaniyatga ko’nikish kabi ruhiy muammolar ham mavjud. Bu kabi o’zgarishlarga ko’nikish zarurligini hisobga olgan holda kompaniyalar ko’pgina xodimlarning ish xaqiga ustamalar to’lashadi.

Ba’zi joylarda yashash sharoitlari og’ir bo’lib, masalan, iqlimning yomonligi yoki atrof-muhitning sog’liqqa zararligi, siyosiy ahvolning beqarorligi xodim va uning oilasiga havf tug’diradi. Oxirgi vaqtlarda ba’zi guruhlar turli davlatlarda xizmat safaridagi xodimlarning bolalarini o’g’irlashi va pul talab qilishi ko’p uchramoqda. Pul talab qilish maqsadida bolalarni o’g’irlash va terrorizm kabi illatlar kompaniyalarni nafaqat noqulay yashash sharoitlari uchun ustama haq to’lashga, balki xodimlar bolalarining o’g’irlanishidan sug’urtalashga ham majbur qilib qo’ydi. Bundan tashqari kompaniyalar xodimlar va ularning oila a’zolarini bu tarzdagi havf-xatarlarga tayyor turishini ma’lum qilishdi. Jabrlangan oilalar kompaniyalarning pul to’lab qutqarib olish paytidagi muzokaralarda noto’g’ri yo’l tutganlaridan arz qilishdi, aksiyadorlar esa pulni to’lamaslikni talab qilishdi.



Valutani tanlash. Odatda ekspatriantlarga ish xaqi mahalliy va ma’lum miqdorda o’z davlati valutasida to’lanadi. Bu unga o’z milliy valutasida jamg’arishga imkon beradi, hamda ish xaqining shu qismidan soliq to’lashdan ozod bo’ladi.

Uzoq hududlar. Ko’pchilik yirik xalqaro loyihalar shunchalik uzoq hududlarda amalga oshiriladiki, TMK u yerda qulay sharoitlarni yaratmasdan yoki boshqa rag’batlantirishlarsiz ishlashga tayyor xodimlarni topishi qiyin. Masalan “Lokxid Eyrkroft” kompaniyasi o’zining amerikalik ishchilari uchun Saudiya Arabistonida shaxsiy teleradiostantsiya yaratgan. “INKO” firmasi esa o’zining AQShlik mutaxassislari uchun Indoneziyada maktablar, kasalxonalar, cherkovlar, supermarketlar, golf o’yini uchun maydonlar, yaxt-klub, motellar va restoranlar qurib bergan.

TMKning boshqa joylarga qaraganda uzoq hududlardagi ekspatriant-xodimlarga nisbatan munosabati birmuncha boshqacharoq bo’ladi. Qurilishga va ob’yektlarni ishga tushirishga ko’proq ishchilarni jalb qilish uchun TMK odatda qisqa muddatli shartnomalarni yuqori haq evaziga taklif etadi va zarur bo’lgan ishchi kuchining ko’p qismini chetdan jalb qiladi. Ko’pchilik odamlar bu takliflarga ular uchun noqulay sharoitlar mavjud bo’lsa ham rozi bo’ladilar, chunki bu taklif ular uchun qisqa muddatda pul jamg’arishga imkoniyat yaratadi.




Download 456.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling