Moslashuvchanlik qobiliyatini baholash. Kompaniyalar xodimlarning moslashuvchanlik qobiliyatiga qaraganda texnik qobiliyatlariga ko’proq e’tibor beradilar. Uzoq muddatli xorijiy xizmat safarlari bo’yicha moslashuvchanlik qobiliyatini baholashga ahamiyatni kuchaytirish zarur. Masalan, mamlakat ichida lavozimlarining o’zgarishi oqibatida ko’chishlarga yaxshi moslashgan yoki xalqaro tashkilotlarda ish malakasiga ega bo’lgan xodimlar xorijdagi ish sharoitlariga ham yaxshi moslashadilar. Bundan tashqari ayrim kompaniyalar har xil test usullaridan biri bo’lgan “Boshlang’ich identifikatsiya dasturi”dan foydalanish orqali u yoki bu shaxsning ma’lum bir sharoitga moslashish qobiliyatini baholaydi. Bir nechta boshqa testlar yordamida odamning o’z xulq-atvorini o’zgartirishga tayyorligini ko’rsatuvchi shaxsiy xususiyatlari baholanadi. Bunday testlarga «Minnesota ko’pmartalik shaxsni baholash», «xarakter qirralarini Juilford-Simmerman bo’yicha aniqlash” va “Ell-Port-Vernon qimmatliklarni aniqlash tizimi”ni misol sifatida keltirish mumkin. Juda kam kompaniyalar xizmat safariga ketayotgan xodimlarning turmush o’rtoqlari bilan testlar va suhbatlar o’tkazadilar. Chunki xizmat safariga ketayotgan xodimga nisbatan uning oila a’zolari uchun yangi sharoitlarga va muhitga moslashishi qiyin kechadi. Xodimning boshqa davlatga ishga yuborilishi lavozim ko’tarilishidir, lekin uning ayoli uchun u yerda mehnat faoliyatini yangidan boshlashi kerak bo’ladi. O’z dugonalari va oila a’zolaridan ajralish ayoli uchun yolg’izlikni olib keladi. Ayrim kompaniyalar chet elda mehnat faoliyatini yuritish uchun xodimlarni tanlash va tayyorlashning murakkab tartibidan foydalanadilar. Bu jihatlarning tahlili tanlash tartibining murakkabligi va moslashuvchanlik o’rtasidagi ijobiy bog’liqlikni ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |