Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash – ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o’z ichiga oluvchi jarayon.
Kadrlar rotatsiyasi (lot. Rotatio - doiraviy harakat) – «kerakli ishchiga zarur joyni topish kerak tamoyilliga asosan kadrlarning ish o’rnini doimiy o’zgartirib turish hisoblanadi.
Kadrlar tizimi - tashkilotning markaziy va eng murakkab tashkiliy kichik tizimi bo’lib, uning mehnat salohiyatini (uning miqdoriy, sifat va tarkibiy ko’rsatkichlari), uning turli qismlari – kadrlarni, shuningdek, maqsadlar, qoidalar, ularni ishlashi va rivojlanishining mexanizmini qamrab oladi.
Kommunikatsiya – bu ikki va undan ortiq shaxslar o’rtasida axborot almashish jarayoni
Do'stlaringiz bilan baham: |