Xalqaro menejment
Download 456.36 Kb.
|
XALQARO MENEJMENT MA'RUZA MAVZULARI O'ZBEK TILIDA
Menejment uslubi
Milliy xususiyatlar, ya’ni madaniyat, psixologiya, temperament, an’analar ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni tushunish va hal qilish, hamda korxonalarning samarali faoliyati uchun zarur tashkiliy sharoitlarni yaratish usuli sifatidagi menejment uslubiga ta’sir ko’rsatadi. Global menejerning faoliyat doirasiga turli mamlakatlarda muloqot ko’rinishi, ishlab chiqarish munosabatlari, muzokaralarda xulq-atvor xususiyatlarini hisobga olgan holda zamonaviy boshqaruv usullari asosida ishni tashkil qilish kiradi. Xalqaro menejer qabul qiluvchi mamlakatda o’z faoliyatining dastlabki qadamlaridanoq menejment uslubi xususiyatlariga duch keladi. Global menejment bo’yicha mutaxassislar tashqi iqtisodiy bitimning xalqaro menejment faoliyatining ilk davrida qiyinchiliklar keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan yettita asosiy elementlarini ajratadilar: 1. Yangi xorijiy sherik bilan muzokaralar muhiti. Bu yerda muzokaralar o’tkazilayotgan mamlakatlik sheriklar ma’naviy ustunlikka ega bo’ladi. Ular muzokaralar davrida kam harajat qiladi va mahalliy bozor ahvoli haqidagi tezkor axborot bilan yaxshiroq ta’minlangan. 2. Qabul qiluvchi mamlakatning madaniy va tarixiy xususiyatlari. Ularni bilish ishbilarmonlik muhitiga tezroq moslashishga, mahalliy iste’molchilar va yetkazib beruvchilar bilan oson til topishga yordam beradi. 3. Qabul qiluvchi mamlakatning mafkurasi (millatchilik, islom fundamentalizmi, xitoy patriotizmi va b.) xorijiy korxona biznesini tashkil qilish va faoliyat yuritishiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. 4. Byurokratik an’analar qabul qiluvchi mamlakatda tadbirkorlik faoliyati o’rnatilishini uzoq muddatga cho’zib yuborishi mumkin. Masalan, Rossiyada “Makdonalds” restoranlarini tashkil qilish haqidagi muzokaralar 10 yil atrofida davom etgan. Ekspertlar baholashicha, 90-yillarda Xitoyda xorijiy va xitoy firmasi o’rtasida qo’shma korxona tashkil qilish to’g’risidagi muzokaralar o’rtacha ikki yil atrofida davom etgan. 5. Qabul qiluvchi mamlakat qonunlari. Ular xalqaro menejer tomonidan o’rganilgan bo’lishi va ularga qat’iy rioya qilinishi kerak. 6. Turli pul tizimlari qabul qiluvchi mamlakatda xalqaro kompaniya xorijiy filialining faoliyatini jiddiy qiyinlashtiradi. 7. Qabul qiluvchi mamlakatda siyosiy va iqtisodiy barqarorsizlik xorijiy filial faoliyatida kutilmagan va keskin salbiy o’zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bryusseldagi YeI shtab-kvartirasida osilgan plakatda YEIga a’zo-mamlakatlar korxonalaridagi ishchi va xizmatchilarning bir-biridan keskin farqlanuvchi milliy xususiyatlariga duch keluvchi xalqaro menejerning qiyinchiliklari yumor yordamida ifoda etilgan. Umumyevropa menejment uslubini yaratishga urinib ko’ring, agar: nemislar yumorni tushunmasa, finlar sukut saqlasa, inglizlarning ovqati anglab bo’lmas aralashmalardan iborat bo’lsa, lyuksemburgliklar yulduz kasalligiga duchor bo’lsa, fransuzlar rulda kutilmagan harakatlar sodir qilsa, ispanlar mag’rur, italyanlar xissiyot og’ushida, gollandiyaliklar ziqna, belgiyaliklar ish joyida o’tirmasa, portugaliyaliklar kuvaldadan murakkabroq texnikani o’zlashtira olmasa, shvedlar o’ta birqarashli, greklar tashkiliy bo’lmasa, irlandiyaliklar ichkilikni xush ko’rsa, avstriyaliklar sabrsiz bo’lsa. Sayyoramizda ikkita asosiy menejment uslubi: g’arbiy va sharqiy menejment uslublari mavjud. Download 456.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling