Xalqaro moliya bozorining tarkibiy ko’rinishi
Xalqaro moliya bozorining rivojlanish va xalqaro kapital haratining zamonaviy tendentsiyalari
Download 31.32 Kb.
|
Xalqaro moliya bozorining tarkibiy ko’rinishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalqaro moliya bozorining tarkibiy tuzilishi va uning shakllanish bosqichlari
- Xalqaro moliya bozorining tarkibiy tuzilishidagi o’zgarishlar
13.2. Xalqaro moliya bozorining rivojlanish va xalqaro kapital haratining zamonaviy tendentsiyalari
Jahon iqtisodiyotida xalqaro moliya bozorining segmentlari tadrijiy ravishda muayyan bosqichlarda shakllangan. Mazkur bozor taraqqiyotining oxirgi bosqichida fond segmenti va xalqaro derivativlar bozorlari jadal rivojlangan. Xalqaro moliya bozorining tarkibiy tuzilishi va uning shakllanish bosqichlari
Xalqaro kapital harakatining zamonaviy holati bilan bog’liq quyidagi tendentsiyalar jahon iqtisodiyoti amaliyotda kuzatilmoqda: Jahondagi kapitalni eksporti va importida rivojlangan mamlakatlar etakchilik qilmoqda. Xalqaro tadbirkorlik kapitali harakati tarkibida portfel investitsiyalar tomonga siljish tendentsiyasi mavjud. Xalqaro portfel investitsiyalar hajmining oshib borishi bugungi kun jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining kelib chiqishiga asosiy sabablardan bo’lmish “moliyaviy ko’pik”larning paydo bo’lishiga zamin yaratgan. Xalqaro kreditlar va depozitlarning jahon investitsiyalari tarkibidagi ulushi jahon moliyaviy inqirozidan keyingi davrda kamayib bormoqda. Jahon kapital eksportidagi Xitoyning ulushi o’sish tendentsiyasiga ega bo’lgan bir sharoitda, kapital importida AQShning ulushi kamayish tendentsiyasiga ega bo’lmoqda. Shunga qaramay jahon kapital importida AQShning ulushi hali-hamon saqlanib qolmoqda. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda chet el investitsiyalarini joylashtirishning asosiy sohasi bank – moliya sektori, xizmatlar sohasi (buning ichida axborot telekommunikatsiya sohasi eng etakchidir), farmatsevtika, biotexnologiya, elektron sanoat, ilmiy va texnologik mashinalar ishlab chiqarish bo’lsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda avvalgidek to’g’ridan – to’g’ri chet el investitsiyalar neft – gaz qazib chiqarishga, mashinasozlikning alohida sektorlariga, agrosanoat kompleksiga jalb etilmoqda; Tadbirkorlik kapitali migratsiyasida sanoati rivojlangan mamlakatlar orasida ayniqsa “Uchlik” (AQSh, G’arbiy Evropa, Yaponiya) mamlakatlari asosiy salmoqqa ega; Jahon chet el investitsiyalari bozorida asosiy sub’ekt sifatida TMKlarning roli oshmoqda; Xalqaro fond bozori rivojlanishining asosiy tendentsiyalari quyidagilarda o’z aksini topmoqda: fond bozorining tobora kengayib va chuqurlashib borishi; xalqaro fond aktivlari bilan hosila moliyaviy vositalar savdosining o’sishi; jahonning etakchi moliyaviy markazlarida bozorning kontsentratsiyasi; bozorning yangi vositalarni yaratishi; bozorning kompyuterlashuvi; xalqaro fond bozorida rivojlanayotgan mamlakatlar qimmatli qog’ozlarining ahamiyatini ortishi. Download 31.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling