Xalqaro moliya bozorlari integratsiyasi mundarija: kirish I bob. Moliya bozori haqida tushuncha


III BOB.. O'ZBEKISTON XALQARO MOLIYA BOZORINI O’RNI O'ZBEKISTON XALQARO OBLIGATSIYALARINING JAHON MOLIYAVIY BOZORLARIDA JOYLASHTIRILISHI VA UNING TAHLILI


Download 0.82 Mb.
bet15/16
Sana25.09.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1687850
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
XALQARO MOLIYA BOZORLAR

III BOB.. O'ZBEKISTON XALQARO MOLIYA BOZORINI O’RNI O'ZBEKISTON XALQARO OBLIGATSIYALARINING JAHON MOLIYAVIY BOZORLARIDA JOYLASHTIRILISHI VA UNING TAHLILI
3.1. O'zbekiston xalqaro obligatsiyalarining jahon moliyaviy bozorlarida joylashtirilishi
2019 yilning fevral oyida dunyoning eng obro‘li birjalaridan hisoblangan London fond birjasida O‘zbekiston tarixida birinchi marta yevrobondlar, ya’ni yevroobligatsiyalarni bozorga qo‘ydi. Bunda 5 yillik 500 million dollarlik yevrobondlarni 4,75 foizdan, 10 yillik 500 million dollarlik yevrobondlarni esa 5,375 foizdan joylashtirdi. Qarz obligatsiyalarini qaytarish muddatlari 2024 yil va 2029 yillar belgilandi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini yaqin besh yilda tubdan isloh qilish va chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlanib, uning uchinchi yo‘nalishi iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishni ko‘zda tutadi. Mazkur yo‘nalish quyidagi muhim vazifalarni hal qilishga qaratilgan:
- makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish;
- tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish;
- qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish;
- iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish hamda uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish;
- viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali hamda optimal foydalanish.
Oxirgi yillarda O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tub o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Bunda iqtisodiyotni rivojlantirish, avvalo, aholining hayot darajasi va sifatini oshi­rishga qaratilgan mutlaqo yangi bosqichga o‘tdi. Iqtisodiy sohadagi amalga oshirilayotgan barcha islohotlar pirovard natijada “Inson manfaatlari va farovonligi hamma narsadan ustun” degan tamoyilga asoslandi. Bu borada, eng avvalo, mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash, qat’iy pul-kredit siyosatini yuritish, milliy valyuta va ichki bozordagi narxlar barqarorligini ta’­minlash, soliq-byudjet islohotlarini olib borishga asosiy e’tibor qaratildi.
Shunday muhim islohotlardan biri sifatida respublikamizda qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni keltirish mumkin, bunda ayniqsa mamlakatning 2018 yilda suveren kredit reytingini olinishi va buning natijasida suveren xalqaro obligatsiyalarning jahon moliyaviy bozorlarida joylashtirish imkoniyatini yaratilganligini alohida ta’kidlash mumkin.
2019 yilning fevral oyida dunyoning eng obro‘li birjalaridan hisoblangan London fond birjasida O‘zbekiston tarixida birinchi marta yevrobondlar, ya’ni yevroobligatsiyalarni bozorga qo‘ydi. Bunda 5 yillik 500 million dollarlik yevrobondlarni 4,75 foizdan, 10 yillik 500 million dollarlik yevrobondlarni esa 5,375 foizdan joylashtirdi. Qarz obligatsiyalarini qaytarish muddatlari 2024 yil va 2029 yillar belgilandi.
Avvaliga kuponlarning diapazoni 5,625 - 5,75 foiz hamda 6 foiz miqdorida belgilangan edi, ammo talabning yuqoriligi sababli O‘zbekiston foiz stavkalarini qayta ko‘rib chiqib, ularni 4,75 foiz va 5,375 foizgacha tushirdi. Obligatsiyalarni xarid qilishga taxminan 150 institutsional investorlardan 3,8 milliard dollarlik taklif kelib tushdi. Davlatlar nuqtai nazardan, xarid qilingan 5 yillik va 10 yillik obligatsiyalarning katta qismi Buyuk Britaniya investorlari (tegishincha 39 foiz va 32 foiz), amerikalik investorlar esa 23 va 31 foiz obligatsiyalarni xarid qildi. Yevropalik investorlar 32 foiz va 27 foiz, Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlari investorlari esa 6 va 10 foizni tashkil qildi. Yevrobondlarning aksariyatini - 75 % va 78%ini boshqaruv fondlari, 20% va 16 foizini sug‘urta kompaniyalari va pensiya fondlari, 5% va 6% foizini banklar xarid qildi.
Jami joylashtirilgan 1000,0 mln dollarlik xalqaro obligatsiyalar uchun dastlabki besh yilda to‘lanadigan bir yillik foizli xarajatlar 56,63 mln dollarga teng, keyingi besh yilda faqat 10 yillik muddatli xalqaro obligatsiyalar bo‘yicha foizli to‘lovlar amalga oshirilib, har yillik miqdori 26,88 mln dollarni tashkil etadi. 10 yil davomida ushbu xalqaro obligatsiyalar bo‘yicha to‘lanadigan foizli xarajatlarning umumiy miqdori 387,50 mln dollarga teng.
Ushbu tarixiy amalga oshirilgan yevroobligatsiyalar bo‘yicha operatsiyalar natijasida O‘zbekiston tomonidan yevroobligatsiyalar bozorida juda muvaffaqiyatli kelishuvlarga erishildi, investorlar tomonidan kuchli qo‘llab-quvvatlanishlar natijasida narxni qayta ko‘rib chiqib, maqbul yakuniy narxda joylashtirishga muvaffaq bo‘lindi va oxir oqibatda ushbu natijalar O‘zbekistonning davlat kompaniyalari, korporatsiyalari va boshqa moliya muassasalari tomonidan kelajakda yevroobligatsiyalarni chiqarish uchun bazaviy benchmark yoki boshqacha aytganda andoza, yo‘nalish bo‘lib xizmat qildi. Xususan bunga misol qilib, joriy yilning 25 noyabrida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan chiqarilgan 300 mln dollar miqdoridagi xalqaro obligatsiyalar bo‘yicha London birjasida amalga oshirilgan savdolarda 150dan ortiq investorlardan 1,2 mlrd AQSh dollari miqdorida buyurtmalar kelib tushganligini va xalqaro obligatsiyalar 5,75 foiz kupon stavkasi bilan joylashtirilganligini keltirib o‘tish mumkin. Ta’kidlash joizki, ushbu xalqaro obligatsiyalar Buyuk Britaniya (30 foiz), AQSh (16 foiz), Yevropa (40 foiz) hamda Osiyo va Yaqin Sharq (14 foiz) investorlari orasida joylashtirildi.
Ushbu natijalar xorijiy ommaviy axborot vositalari tomonidan ham yoritilib, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB London Fond birjasida xalqaro obligatsiyalarni chiqardi va bu bilan xalqaro kapital bozori ishtirokchisiga aylandi. 300 million dollarlik yevroobligatsiyalar investorlarning yuqori bahosiga sazovor bo‘lgan”ligi e’tirof etildi.
Suveren xalqaro obligatsiyalarni joylashtirishdan tushgan mablag‘lardan samarali foydalanish maqsadida mazkur mablag‘larni bozor mexanizmlari asosida joylashtirilishiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish jarayonida tijorat banklari uchun uzoq muddatli moliyaviy resurslar kerakligini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 apreldagi PQ-4258-sonli qaroriga muvofiq, suveren xalqaro obligatsiyalarining joylashtirilishdan tushgan mablag‘larning 889,2 million AQSh dollari tijorat banklari orasida auksion o‘tkazish orqali, ya’ni samarali bozor mexanizmlari asosida, depozitga joylashtirish belgilandi. Tijorat banklari orasida o‘tkazilgan auksion natijasida mablag‘lar quyidagi depozitga joylashtirildi:
Xalqaro obligatsiyalarining joylashtirilishdan tushgan mablag‘lar eng katta ulush (24,3%) bilan TIF Milliy bankka depozit qo‘yildi, eng kichik ulush (1,7%) Mikrokredit bankka tegishli bo‘lgan. Ushbu mablag‘lar tijorat banklariga xalqaro obligatsiyalar bo‘yicha boshlang‘ich olingan foizdan (4,75 % va 5,375 %) + 0,5 % marja qo‘shilib depozitga qo‘yilgan.
Bundan tashqari, “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankiga 20 million AQSh dollari (5,875 % bo‘yicha) miqdorida loyihalarni moliyalashtirish uchun subordinar qarz shaklidagi kredit liniyasi hamda 89,9 million AQSh dollari (39,95 mln dollar 5,75 % bo‘yicha, 49,95 mln dollar 6,375% bo‘yicha) miqdorida Navoiy kon-metallurgiya kombinatining strategik ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarini moliyalashtirish uchun ssuda ajratishga yo‘naltirildi.
O‘zbekiston kapital bozoriga depozit shaklida joylashtirilgan va ssuda sifatida ajratilgan jami 999,1 mln dollarlik mablag‘lardan 10 yil davomida jami 428,1 mln dollar foizli daromad olinishi va 387,55 mln dollar foizli xarajatlar sarflanishi hamda dastlabki besh yilda 5,4 mln dollar, keyingi besh yilda 2,72 mln har yili foizli foydaga ega bo‘lish ko‘zda tutilgan. Umumiy xulosa qilganda, 5 va 10 yillik muddatlarga joylashtirilgan xalqaro obligatsiyalar bo‘yicha yig‘ilib boriladigan foyda muntazam o‘sib boradi va bu ko‘rsatkich 10 yildan so‘ng 40,6 mln. AQSh dollarini tashkil etadi.
Ta’kidlash joizki, suveren xalqaro obligatsiyalarining joylashtirilishdan tushgan mablag‘larning asosiy qismi tijorat banklari depozitlariga joylashtirilishi davlat byudjeti xarajatlarini oshirmasligi va byudjetdan qo‘shimcha xarajat qilinmasligi bilan ham ahamiyatlidir.

XULOSA
2021 yilning birinchi yarim yilligida ichki valyuta bozoridagi holat xorijiy valyutaga bo'lgan taklif va talab hajmining o'sishi sharoitida shakllandi.
Ichki valyuta bozorida xorijiy valyutadagi umumiy taklif hajmi 2021 yilning I yarim yilligida 9,8 mlrd. AQSh dollarini (Markaziy bank interventsiyalarini hisobga olmagan holda) tashkil etib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 barobarga o'sdi (2020 yilda - 6,0 mlrd. AQSh doll., 2019 yilda - 5,1 mlrd. AQSh dollar).
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida ichki valyuta bozori operatsiyalarida talabning umumiy hajmi 11,3 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, 2019 va 2020 yillarning tegishli davrlariga nisbatan 1,7 va 1,4 barobarga o'sdi. Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning umumiy talabdagi ulushi 2021 yilda 18 va 82 foizlarni tashkil etgan bo'lsa, 2020 yilning tegishli davrida bu ko'rsatkich mos ravishda 21 va 79 foiz nisbatida bo'lgan.
Foydalanishi ko'lami bo'yicha keyingi o'rinlarni Avstraliya dollari, Kanada dollari, Shveytsariya franki va Xitoy yuani egallagan.
Umuman olganda, yaqin istiqbolda rivojlanayotgan mamlakatlarning milliy valyutalari global valyuta operatsiyalarida etakchilik qilish imkoniyatiga ega emas. Ayni paytda rivojlangan mamlakatlar orasida ham AQSh valyutasining yuqori likvidlilikka ega ekanligi va valyutalar juftliklarida va kross kurslarda ishtirok etishi bois hali-hanuz etakchilikni boy bermasligini ko'rish mumkin.
O'zbekistonda ham birja va birjadan tashqari valyuta bozorlarida asosan AQSh dollari bilan spot valyuta operatsiyalari rivojlangan. Evro bilan savdo instrumenti valyuta birjasi savdo tizimiga qo'yilgan bo'lsa-da, uning ko'lami sezilarli emas. Ayni paytda, Markaziy bank va tijorat banklari valyutaviy svop operatsiyalarini amalgat oshirishlari uchun barcha huquqiy asoslar etarli. Biroq valyuta bilan forvard, fyuchers va optsion bitimlari milliy valyuta bozorida rivojlanmasdan qolmoqda.
Milliy valyuta kursining faqat bir tomonga o'zgarishi, ya'ni qadrsizlanishi sharoitida muddatli valyuta operatsiyalari rivojlanmaydi. Buning boisi shundaki, valyuta kursi o'zgarishidagi noaniqlikdan bitim tuzuvchi tomonlar qarama-qarshi manfaat ko'rishlari kerak. Boshqacha aytganda, kimdir o'zini valyuta kursi oshib ketishidan sug'urtalasa, ikkinchi tomon aksincha kurs tushib ketishidan himoyalanish payida bo'ladi.
Bundan ko'rinadiki, Markaziy bank valyuta bozoridagi interventsiya orqali valyuta kursining muttasil o'sishiga barham berishi kerak. Talab va taklif asosida kurs shakllanishi tabiiyki ham pasayish va o'sishni qayd etadi. Bu esa, valyuta bo'yicha svop, forvard, fyuchers va optsionlar bilan operatsiyalarni rivojlantirishga zamin yaratadi. Muddatli valyuta operatsiyalari rivojlanishining dastlabki sharoitlarida Markaziy bank likvidlilikni ta'minlovchi sifatida ishtirok etishi kerak, ya'ni muddatli valyuta bozorida ham interventsiya o'tkazishi lozim.



Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling