Bojxona ittifoqi – ikki yoki bir qancha davlatlarning bojlar bo‘yicha o‘zaro chegaralarni bekor qilish va yagona boj tarifi joriy etish yuzasidan o‘azro kelishuvi. Uchinchi mamlakat uchun joriy etilgan alohida yagona tarif va kvotlar esa ularni erkin savdo hududidagi boj ittifoqidan ajratib turadi. Bojxona itifoqi poshlinasiz ichki integratsiyaviy xizmatlar, tovarlar va ularning hudud ichida to‘liq erkinligini nazorat qilib turadi. Odatda bojxona itifoqi tashqi savdoga kelishilgan markazlashuv joriy qiluvchi davlatlararo organlarning rivojlangan tizimini yaratishni talab qiladi. Hammasidan ham ko‘proq ular hujjatlarga javob beradigan boshqaruv ministlarining yig‘ilishlari davriyligini qabul qiladi. Ular har doim o‘z faoliyatlarida harakat qiluvchi davlatlararo kotibiyatga tayanishadi.
Bojxona ittifoqlari (BI) dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida rivojlangan. Ular quyidagilar: Turkiya bilan YEI assotsiatsiyasi (1963y), uning tarkibiga YEI mamlakatlari va Turkiya kiradi. Arab umumiy bozori (1964y) – Misr, Iroq, Iordaniya, Liviya, Mavritaniya, Suriya va Yaman. Markaziy Amerika umumiy bozori (1961) – Kosta Rika, Salvador, Gvatemala, Gonduras, Nikaragua. Kolumbiya, Ekvador, Venesuela mamlakatlari o‘rtasida tuzilgan erkin savdo hududi (1992 y) – Kolumbiya, Ekvador, Venesuela. Sharqiy Karib havzasi mamlakatlari tashkiloti (1991 y.) – Antigua va Barbuda, Dominika, Grenada, Montserrat, Sent-Kite va Nevis, Sent-Lyusiya, Sent-Vinsenva Grenadinalar.
Umumiy bozor-iqtisodiy integratsiyaning hammadan ko‘proq rivojlangan turi. Integratsiyalashgan mamlakatlar nafaqat tovar va xizmatlar erkin harakati haqida kelishishadi, balki ishlab chiqarish faktorlari-davlatlar o‘rtasida kapital va ishchi kuchlar borasida ham almashuvlar qilishadi. Umumiy bozorning iqtisodiy integratsiyasiga qo‘yidagi dunyo tashkilotlari kiradi: Fors ko‘rfazidagi arab mamlakatlari hamkorligi (1981y) – Bahrayn, Quvayt, Ummon, Qatar, Saudiya Arabistoni, BAA; And umumiy bozori (1990) – Boliviya, Kolumbiya, Ekvador, Peru, Venesuela; Lotin Amerikasi integratsion assotsiatsiyasi – LAIA (1990y) – Argentina, Boliviya, Braziliya, Chili, Kolumbiya, Ekvador, Meksika, Peru, Urugvay, Venesuela; Janubiy konusning MERKOSUR umumiy bozori (1991y) – Argentina, Braziliya, Paragvay, Urugvay; Karib hamjamiyati va KARIKOM bilan Karib mumiy bozori (1993y) – Antigua va Barbuda, Bagam orollari, Barbados, Beliz, Dominika, Grenada, Gayana, Yamayka, Monserrat, Sent-kits va Navis, Sent-Lyusiya, Sent-Vinsent va Grenadinalar, Trinidad va Tobago.
Do'stlaringiz bilan baham: |