Xalqaro moliya bozorlari integratsiyasi mundarija: kirish I bob. Moliya bozori haqida tushuncha
Download 0.82 Mb.
|
XALQARO MOLIYA BOZORLAR
Erkin savdo hududi – iqtisodiy integratsiyalarning boshlang‘ich darajasi bo‘lib, u mamlakatlarning soliq to‘lashda maxsus imtiyoz tartibiga amal qiladigan alohida hududidir. Unga kiritilgan tovarlar boj va kvotalar to‘lovidan ozod etiladi va bojxona nazoratidan xoli bo‘ladi. Bunda har bir davlat shaxsiy savdo-iqtisodiy siyosatini uchinchi mamlakat munosabatlariga ham o‘tkazish imkoniyatiga ega. Ko‘p hollarda erkin savdo hududlarida yaratilgan shart-sharoitlar tufayli qariyib barcha mahsulotlar savdosi amalga oshiriladi. Bundan faqatgina qishloq xo‘jalik mahsulotlari mustasno xolos. Savdo hududi unga a’zo mamlakatlardan biriga joylashgan uncha katta bo‘lmagan davlatlararo kotibiyatda markazlashishi mumkin. Ammo, tegishli hujjatlarga doir rahbariyat davriy yig‘ilishlarda o‘z taraqqiyotining asosiy parametrlariga xayrixoh bo‘lib, ularning ba’zilari busiz ham o‘z savdo faoliyatlarini amalga oshirishlari mumkinligi ayon bo‘ladi.
Erkin savdo hududiga asosan 1960 yilda tashkil etilgan Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi (YEAST) kiradi. Uning tarkibida Avstriya, Finlayandiya, Islandiya, Lixtenshteyn, Norvegiya, Shvesiya kabi bir qator mamlakatlar bor. Yevropa iqtisodiy hududi (1994 y) da esa Yevropa Ittifoqi mamlakatlari hamda Islandiya va Lixtenshteynlar mavjud. Boltiq bo‘yi erkin savdo hududi (1993 y) ga Estoniya, Latviya, Litva davlatlari kiradi; Markaziy Yevropa erkin savdo hududi 1992 yilda tuzilgan bo‘lib, uning tarkibiga - Chexiya, Vengriya, Polsha, Slovakiya mamlakatlari kiradi; Shimoliy Amerika erkin savdo hududi (1994 y) a’zolari bo‘lib Kanada, Meksika, AQSH davlatlari hisoblanadi; ASEAN mamlakatlari erkin savdosi haqida kelishuvi (1992 y.) – Bruney, Indoneziya, Malayziya, Filippin, Singapur, Tayland davlatlarini birlashtiradi; Iqtisodiy aloqalarning chuqurlashuvi haqida Avstraliya va Yangi Zelandiya savdo kelishuvi (1983 y) tashkil etilgan; Bangkok kelishuvi (1993y) – Bangladesh, Hindiston, Koreya Respublikasi, Laos, Shri-Lanka davlatlaridan iborat. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling