Xalqaro moliya bozorlari integratsiyasi mundarija: kirish I bob. Moliya bozori haqida tushuncha


Download 0.82 Mb.
bet7/16
Sana25.09.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1687850
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
XALQARO MOLIYA BOZORLAR

- ikkilamchi bozorlarga;
shaklan esa:
-birjaviy bozorlarga:
-nobirjaviy bozorlarga bo‘linadi.
Qimmatli qog‘ozlarning birlamchi bozori deganda qimmatli qog‘ozlarni dastlabki egalari (investorlar)ga, ya’ni yuridik va jismoniy shaxslarga sotish maqsadida ularni birlamchi va takror (ikkilamchi va h. k. ) emissiya qilish va muomalaga chiqarish tushuniladi. Bu bozor qimmatli qog‘ozlarni joylashtirishni tashkil kiluvchi va ta’minlovchi bozordir. Boshqacha qilib aytganda, birlamchi bozor - bu birlamchi va takror emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlarni dastlabki egalariga joylashtiruvchi bozordir. Bu bozorda davlat va munitsipal obligatsiyalar, shuningdek, turli aksioner jamiyatlarining aksiyalari va obligatsiyalari emissiya qilinadi.
Qimmatli qog‘ozlarning birlamchi bozorga chiqarish va joylashtirish maqsadida quyidagi amallar bajariladi:
- aksionerlik jamiyatlari o‘zining ustav kapitalini, chiqariladigan qimmatli qog‘ozlar turlarini, ularning muomalasi sharoitini aniqlab chiqadi;
- aksionerlik jamiyati chiqaradigan qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish kafilligini oluvchi investitsiya bankini izlaydi;
- investitsiya banki, yuristlar, auditorlar, aksionerlik jamiyatining qimmatli qog‘ozlarni chiqarish bo‘yicha qarorini va uning harakatini baholab chiqadi;
- aksionerlik jamiyati direksiyasi, investitsiya banki, yurist va auditorlar qimmatli qog‘oz va birja bo‘yicha komissiyaga emissiya prospektini qayd qilish arizasini tayyorlaydi;
- qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish kafilligini olgan investitsiya banki emissiya prospektini xomaki nushasini patensial investorlar orasida tarqatadi, savdo agentlari esa, buyurtmalarni yig‘adi.
Birlamchi bozorning eng muhim funksiyasi shundan iboratki, uning emitent xususida tayyorlagan axboroti investor uchun o‘sha emitentni tanlashga to‘la-to‘kis asos bo‘la olishi kerak.
Qimmatli qog‘ozlarning birlamchi bozorida quyidagi muassasalar investorlar bo‘lib hisoblandi:
- investitsiya banklari;
- tijorat banklari;
- investitsiya fondlari;
- investitsiya kompaniyalari va boshqa investitsiya institutlari;
- sug‘urta kompaniyalari, fondlar va boshqa moliya-kredit muassasalari.
Qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi bozori deganda, egasi bor qimmatli qog‘ozlarni talab va taklifdan kelib chiqqan holda qayta oldi-sotdisini tashkil qilib va ta’minlab beruvchi bozor tushiniladi. Uning funksiyasi qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdisini tezkorlik bilan ta’minlashdir. Unda sotuvchi va xaridorni uchrashtirish, bo‘sh kapitalni iqtisodiyotning eng unumli sohasiga zudlik bilan safarbar qilish, tomonlarning o‘zaro manfaatlarini ta’minlash ikkilamchi bozorning asosiy vazifasi bo‘lib hisoblanadi. Ikkilamchi bozor:
- yuqori likvidlikka ega, ya’ni qisqa muddat ichida juda katta miqdordagi qimmatli qog‘ozlarni ular kursining sezilarlisiz o‘zgarishi sharoitida kam xarajat bilan oldi-sotdiga jalb qila oladi. Respublikamizda ikkilamchi bozorga nisbatan birlamchi bozor tezroq rivojlanish tendensiyasiga ega.
Birjaviy qimmatli qog‘ozlar bozori - bu fond birjasi bo‘lib, u belgilangan tartibda qimmatli qog‘ozlarning erkin savdosini brokerlar, maklerlar, dilerlar tomonidan amalga oshirishni ta’minlab beruvchi bozordir.
Nobirjaviy qimmatli qog‘ozlar bozori - bu qimmatli qog‘ozlarning muomalada bo‘lishini ta’minlovchi muhit bo‘lib, unda fond birjalariga sotuvga qo‘yilmagan qimmatli qog‘ozlarning erkin savdosi amalga oshiriladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorining o‘ta murakkabligi va uning tez o‘zgaruvchanligi, ishtirokchilar sonining ko‘pligi va xilma-xilligi, katta hajmlarda shartnomalar va amallarning bajarilishi, har xil turdagi axborotlarning mavjudligi va ularning almashinib turishi va boshqa omillarning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi turli g‘ayriqonuniy ishlarning yuz berishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday hol investorlarning manfaatlari va huquqlarini paymol qilishga, ularning fond bozoriga nisbatan ishonchlarini kamaytirish, pirovard natijada esa, bozorning nufuzini pasaytirishi mumkin.
Shu sababli qimmatli qog‘ozlar bozori davlat boshqaruvi vakolatli organlari tomonidan nazorat qilib turiladi va boshqariladi.
Ikkinchi yo‘l bilan bozorni boshqarishga quyidagilar qo‘llaniladi:
-pul-kredit siyosatini yuritish va shu orqali foiz stavkalariga ta’sir qilish;
- soliq siyosatini o‘tkazish;
- xususiy sektorning depozit kreditlari bo‘yicha kafolatlarni muvofiqlashtirish;
- korporatsiyalar hamkorligida kredit uchun raqobat yo‘lida davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish;
- tashqi iqtisodiy faoliyatdagi holatni inobatga olish.
Qimmatli qog‘ozlar bozorini boshqarish Moliya vazirligi, Markaziy bank yoki boshqa davlat organlariga yuklatilishi mumkin.
Xalqaro valyuta va moliya-kredit bozorlari dunyo xo‘jaligi hamda xalqaro iqtisodiy munosabatlarda asosiy vositalardan biri bo‘lib xizmat qiladi.
So‘nggi yigirma yil ichida moliya bozori taraqqiyotida keskin burilish yili bo‘ldi. 1980 yillardan buyon yalpi ichki mahsulot (YAIM) tayyorlashga nisbatan moliyaviy aktivlar narxining o‘sishi 2,5 barobarga oshdi.
Ob’ektiv munosabatlarga ega moliya bozori taraqqiyoti amaldagi kapitalning oborotini ob’ektiv qonuniyatlarga asosladi. Ayrim joylarda erkin kapitalga ehtiyojni oshirgan bo‘lsa, aksincha boshqa joylarda esa unga nisbatan talab keskin pasaydi. Jahon valyuta, moliya-kredit bozori dunyo xo‘jaligida ish yuritish darajasida bunday tafovutlarga yo‘l ochdi.
Xalqaro iqtisodiy aloqalar, ya’ni jahon bozori, xizmatlar ko‘rsatish, kapitallar harakati jarayonida milliy valyutalarni oldi-sotdi va boshqa valyuta bilan bog‘liq munosabatlardagi aloqalarni tenglashtirdi.
Jahon valyuta bozori, krediti va qimmatli qog‘ozlar bozorining vujudga kelishidagi dastlabki shartlar quyidagilar edi:



  • mahsulot ishlab chiqarilishi uchun zarur kapital va bank ishi bir joyda to‘planishi;

  • xo‘jalik aloqalarida baynalminallikni yuzaga keltirish;

  • xalqaro banklar taraqqiyotini telekommunikatsiyalar va axborot vositalari bilan ta’minlash.


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling